Boshqaruv personali mexanizimi tashkil etish


Download 105.55 Kb.
bet11/26
Sana20.11.2023
Hajmi105.55 Kb.
#1788774
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
BOSHQARUV PERSONALI MEXANIZIMI TASHKIL ETISH

Ishchi kuchi sifati iqtisodiy kategoriya sifatida insonning
mehnatga layoqatini shakllantirish va rivojlantirish yuzasidan 
shaxs va jamiyat, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi
munosabatlarni hamda ushbu munosabatlarning ishlab chiqarish 
faoliyatida namoyon etish darajasini ifoda etadi.

1.17-chizma. Ishchi kuchi sifat tarkibining o‘zaro bog‘liqligi
Mehnat jarayonida namoyon bo‘ladigan inson xususiyatlari 
muayyan tarkibni tashkil etadi. Quyidagilar bu tarkib 

bo‘laklaridir:

qiziqish (motivatsiya)

1
xususiyatlari;



kasbiy-malaka xususiyatlari;


aqliy (intellektual) xususiyatlar;



nufus (demografik) xususiyatlari, salomatlik. Ushbu 

xususiyatlar o‘zaro bog‘liq bo‘lib (1.16-chizma), bevosita ishchi


kuchiga, sifatiga ta’sir ko‘rsatadi.
1
Мотivatsiya hоzirgi davr boshqаruv nazariyasida kishilarning korxonа 

(tashkilоt) tashkil etish uchun qiziqish jarayoni, ya’ni o‘z mаqsadlariga


da’vat etishi deb talqin etiladi.

94
Bugungi kunda taraqqiy etgan barcha kompaniya va 


firmalarda ishchi kuchi sifatini oshirishga nihoyatda katta e’tibor
berilmoqda. Jumladan, AQSHning «Motogolla» korporatsiyasi 
mutaxassislar va menejerlar tayyorlash hamda malakasini
oshirish uchun o‘quv markazlari keng tarmog‘i bilan birgalikda 
o‘z texnika universitetiga ham ega. So‘nggi o‘n yil ichida
korporatsiyaning kadrlar tayyorlash uchun sarf xarajatlari 7 
milliondan 120 million dollarga yetdi.
Germaniyada ishlab chiqarishda band bo‘lgan har 
bir ishchi va mutaxassis kamida ikki yilda bir marta turli
kurslarda o‘z malakasini oshiradi. Ushbu jarayonning asosiy 
tashkilotchilari korxonalardir. Ular xodimlar malakasini oshirish
uchun xarajatlarning yarmidan ko‘prog‘ini o‘z mablag‘lari 
hisobidan qoplaydilar. Buning uchun ular o‘zlarining o‘quv
markazlaridan, shuningdek, boshqa kompaniya va firmalar bilan 
birgalikda tashkil etilgan o‘quv markazlaridan foydalanadilar.
Germaniyaning «Siemens» elektrotexnika konserni 82 ming 
nafar xodimni jalb etish qobiliyatiga ega bo‘lgan 8 mingta
malaka oshirish dasturlariga ega.
Fransiyada 1984-yildayoq, «Davlat va firmalar o‘zidagi
kadrlar tayyorlash markazlari faoliyatini muvofiqlashtirish 
to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilingan. Bu yerda personalni
tayyorlash strategiyasini ishlab chiqishda firmalarning ishlab 
chiqarish kengashlari va kasaba uyushmalar jalb etilgan.
AQSHda ham, 1982-yilda «Kadrlarni o‘qitish va qayta 
tayyorlashni tashkil etishda mahalliy hokimiyat organlarining
korporatsiyalar bilan sherikligi to‘g‘risida»gi qonuni qabul 
qilingan.
Umuman, hozirgi vaqtda ishchi kuchi sifati nihoyatda dolzarb 
ahamiyatga ega bo‘lmoqda. Globallashuv, jahon bozoridagi o‘ta
keskin raqobat personalning yuqori malakaga ega bo‘lishini 

95
talab etmoqda. Masalan, hozirgi vaqtda yuqori malakaga ega 


ishchilar AQSHda jami ishchilarning 45, Germaniyada esa 55
foizini tashkil etmoqda.



Download 105.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling