Boshqaruv qarorlari: boshqaruv qarorlarining tabiati, tasnifi, omillari va bosqichlari


Download 43.89 Kb.
bet8/9
Sana23.04.2023
Hajmi43.89 Kb.
#1390867
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Jaloldinov.I

3. Rahbar madaniyati. Rahbar madaniyati tarkibiga boshqaruv xodimlari madaniyati, boshqaruv jarayonlari madaniyati , mehnat sharoiti madaniyati va hujjatlar yuritish madaniyati kiradi.

Menejment madaniyatining barcha unsurlari o‘zaro bog‘liq va o‘zaro ta’sir etuvchidir. SHu bilan birga ular orasida boshqaruv xodimlari madaniyati etakchi axamiyatga ega. Menejer boshqaruv jarayoni madaniyatining yuqori darajasiga erishish va o‘z mehnatini tashkil etishni takomillashtirib borishi kerak.Buning uchun Rahbar o‘z faoliyatini doimo tanqidiy taxlil qilib borishi va Rahbarlik madaniyatini uzluksiz takomillashtirib borishi lozim.


XULOSA
Rahbarlik, boshqaruvning muhim bir qismini tashkil etadi va tizimli boshqaruv faoliyatining asosiy muhim ahamiyatli jihatlaridan biridir. Rahbarlar, organizatsiyalarni o'zlarini o'zgartirishga olib kelish, xodimlarni motivatsiyalash, xodimlar o'rtasidagi munosabatlarni rivojlantirish, tahlil va innovatsiyalarni yaxshilash, xizmat ko'rsatishni yanada yaxshilash, organizatsiyalarning maqsadlariga erishishni ta'minlash va ko'p boshqa vazifalarni bajargan holda organizatsiyalarning rivojlanishida aham rol o'ynaydi.
Rahabrning eng yaxshi sifatlari:
1. Gapirishdan ko‘ra ko‘proq tinglashadi
Inson haddan tashqari ko‘p gapirsa, bu uning o‘ziga ishonmasligidan dalolat berishi ham mumkin. Yaxshi rahbar o‘z xodimining fikrini bayon qilishiga imkon beradi, chunki u uchun xodimlarining fikrlari haqiqatda qiziq. Rahbar ularni o‘ylashga undaydigan va ishning mohiyatini chuqurroq anglab yetishga yordam beradigan qiziq savollar beradi. Bu qanday tuzilgan? Sizga uning nimasi yoqdi? Bundan qanday saboq oldingiz? Bu ishni yanada yaxshi bajarishingiz uchun nima kerak bo‘ladi?
Shu tariqa rahbar ularning har biri kompaniya faoliyatida muhim o‘rin tutishini namoyish qiladi. Bundan tashqari, u o‘zi uchun yangi foydali ma'lumot oladi.
2. O‘z ishlari haqida boshqalarning fikriga quloq tutishadi
Haqiqiy yetakchi jamoaning o‘z rahbarlik usullari haqidagi fikrini bilmay turib, undagi ishchi muhitni boshqara olmaydi. Rahbar uning boshqaruv uslubi xodimlarni qoniqtiryaptimi yoki yo‘q, jamoada qanday o‘zgarishlar bo‘lishini istashlariga - doimo qiziqish bildirishi kerak. Bu uning barqaror va samarali faoliyati uchun zarur ekanini yaxshi anglaydi.

Download 43.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling