Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi


Download 129.28 Kb.
bet22/50
Sana04.01.2023
Hajmi129.28 Kb.
#1078412
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50
Bog'liq
DHN savollar javobi

4. Fuqarolarning qonun oldida tengligi prinsipi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 18-moddasiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqeidan qat’i nazar, qonun oldida tengdirlar. Imtiyozlar faqat qonun bilan belgilab qo‘yiladi hamda ijtimoiy adolat prinsiplariga mos bo‘lishi shart. Mazkur prinsip quyidagi jihatlar bilan tavsiflanadi. Birinchidan, davlatda barcha fuqarolar teng holat va maqomga egaligi. Davlat o‘z qonunlari bilan fuqarolarga bir xildagi sharoit va teng imkoniyatlar yaratib beradi. Hamma bir xildagi huquq va majburiyatlarga ega. Biroq ulardan foydalanish amalda turlicha bo‘ladi. Masalan, birov oliy o‘quv yurtiga kiradi, boshqa fuqaro esa bu huquqdan foydalanmaydi. Ikkinchidan, bu prinsip umumfuqaroviy huquqlarning tengligida ifodalanadi. Bu huquqlar, avvalo, Konstitutsiyada va boshqa qonunlarda mustahkamlanadi. Bular fuqarolarning saylash huquqi va saylanish huquqi, mehnat
qilish huquqi, bilim olish huquqi, meditsina yordamidan foydalanish huquqi, turar joyga, xususiy mulkka ega bo‘lish huquqi va hokazolardir. Uchinchidan, bu prinsip fuqarolarning qonun oldida birdek mas’ulligida ifodalanadi. Qonunni buzgan har bir fuqaro, har bir mansabdor shaxs (shu jumladan, yuridik shaxs) beistisno o‘z qilmishi uchun qonunda belgilangan tartibda javob berishi shart.
5. Davlat va shaxsning o‘zaro mas’ulligi prinsipi. Davlat bilan shaxs bir-birlari bilan muayyan huquq va majburiyatlar orqali bog‘liq bo‘lishlari lozim. Bu demokratik siyosiy tizim va adolatli davlat boshqaruvining muhim talablaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ana shu talab o‘z ifodasini topgan: «O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi va davlat bir-biriga nisbatan bo‘lgan huquqlari va burchlari bilan o‘zaro bog‘liqdirlar. Fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlab qo‘yilgan huquq va erkinliklari daxlsizdir, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qo‘yishga hech kim haqli emas» (19-modda). Ayni vaqtda, davlat idoralari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. O‘z navbatida, fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga qat’iy itoat etishlari, jamiyat manfaatlariga muvofiq ish tutishlari, boshqa kishilarning huquqlari, erkinliklari, sha’ni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari, qonun bilan belgilangan soliqlarni to‘lashlari lozim. Fuqarolar o‘z huquq va erkinliklarini amalga oshirishda boshqa shaxslarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlari, huquqlari va erkinliklariga putur yetkazmasliklari shart (Konstitutsiyaning 20-moddasi). Basharti, bir tomondan, davlat, davlat idoralari va mansabdor shaxslar, ikkinchi tomondan, fuqarolar o‘z zimmalaridagi qonuniy majburiyatlarini buzsalar, tegishli yuridik javobgarlik kelib chiqadi. Bunday hollarda fuqaro davlat oldida, 121
davlat esa (o‘z mansabdor shaxslari va idoralari orqali) fuqaro oldida qonunda belgilangan majburiyatlarni o‘taydi. Mazkur yuridik munosabat hamda aloqadorlik huquqiy davlat barpo etishning zaruriy shartidir. Ta’bir joiz bo‘lsa, bu yerda gap «davlat suvereniteti» va «shaxs suvereniteti»ning o‘zaro dialektik aloqadorligi, bog‘liqligi xususida bormoqda. Umumiy huquqiy prinsiplar qatoriga, shuningdek, ijtimoiy adolat, teng huquqlilik, huquq va majburiyatlar birligi, huquqning ustuvorligi kabilar kiradi. Maxsus-yuridik prinsiplar aslida huquqiy tilda ifodalangan
ijtimoiy prinsiplardir. Odatda, ilmiy adabiyotlarda maxsus-yuridik prinsiplar toifasiga quyidagilar kiritiladi:
1) huquq normalarining butun mamlakat aholisi uchun umumiymajburiyligi hamda ularning boshqa ijtimoiy normalardan ustuvorligi;
2) amaldagi obyektiv huquqni tashkil etuvchi normalarning ziddiyatsizligi va qonunning boshqa normativ-huquqiy aktlardan ustunligi;
3) huquqning ommaviy va xususiy huquqqa, nisbatan mustaqil huquq sohalari hamda institutlariga bo‘linishi;
4) obyektiv va subyektiv huquq o‘rtasida, huquq normasi va huquqiy munosabat o‘rtasida, huquq bilan huquqning qo‘llanishi o‘rtasida mutanosiblik nisbatining mavjudligi prinsipi;
5) ijtimoiy erkinlik, qonun va sud oldida tenglik, teng huquqlilik prinsipi;
6) qonunda mustahkamlangan huquq va erkinliklarning yuridik kafolatlanganligi;
7) teng yuridik mezon (miqyos)larda ifodalangan xulq-atvorning adolatliligi hamda yuridik javobgarlikning sodir etilgan huquq buzilishiga mos bo‘lishligi;
8) yuridik javobgarlikning faqat aybli, huquqqa xilof xatti-harakat (yoki harakatsizlik) uchungina qo‘llanishi va ayblanayotgan har bir shaxsning ishi sudda ko‘rilib, uning aybi isbotlanmaguncha u aybdor hisoblanmasligi – aybsizlik prezumpsiyasi prinsipi (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 26-moddasi);
9) yangi yoki nisbatan og‘irroq yuridik javobgarlikni o‘rnatayotgan qonunning orqaga qaytish kuchiga ega emasligi prinsipi; jazolash tizimini insonparvarlashtirish, liberallashtirish.8

Download 129.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling