Boshqaruv shakliga ko‘ra, davlatlar


Har qanday davlatning eng asosiy talabi


Download 129.28 Kb.
bet47/50
Sana04.01.2023
Hajmi129.28 Kb.
#1078412
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50
Bog'liq
DHN savollar javobi

Har qanday davlatning eng asosiy talabi — qonunlarni amalga oshirishga, qonunchilikni ta’minlashga mutasaddi bo‘lgan idora va shaxslarning qonunlarni aniq va og‘ishmay ijro etishlaridan iborat.
Tabiatni muhofaza qilish funksiyasi — insoniyatni o‘sib borayotgan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardan yovuzlarcha foydalanish, odamlar istiqomat qiladigan joylar hayot uchun xavfli falokat mintaqalariga aylanib ketishi natijasida tabiat bilan inson o‘rtasidagi muvozanat buzildi. Masalan, O‘zbekistonda Orolning qurib borayotganligi, qishloq xo‘jaligida ekologik zararli moddalarni ishlatish, aholi yashaydigan hududlarda zararli ishlab chiqarish korxonalarini joylashtirish, yerdan oqilona foydalanish qonunlarini buzish tabiiy ekologik vaziyatni izdan chiqardi. Shu
munosabat bilan davlatning ekologik funksiyasi alohida e’tibor kasb etmoqda. Davlatning tabiatni muhofaza qilishga oid funksiyasi quyidagi vazifalardan iborat. Jumladan, tabiiy resurslaridan oqilona foydalanishga, atrof-muhitga zarar yetkazishga va ekologik vaziyatni yomonlashuviga yo‘l qo‘ymaslik. Ikkinchidan, jahon hamjamiyati davlatlari ishtirokida ekologik sharoitlarini sog‘lomlashtirish, iqtisodiy va ijtimoiy sohalardagi ekologik nomaqbul oqibatlarni bartaraf etish. Uchinchidan, samarali ekologik qonunchilik tizimini shakllantirish va tegishli davlat organlarini tuzish.
Davlatning tashqi funksiyasi – uning xalqaro maydondagi faoliyatining asosiy yo‘nalishlaridir. Davlatni tashqi funksiyasiga quyidagilar kiradi. Turli davlatlar bilan tinch-totuv yashash, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik qilish, tashqi iqtisodiy faoliyat yuritish, mamlakatni boshqa davlatlar hujumidan mudofaa etish va jahonda
tinchlikni mustahkamlash ishlarida faol qatnashish kabilar. Jamiyatning hozirgi zamon taraqqiyot darajasi barcha davlatlarning xo‘jalik, siyosiy, madaniy hayot sohalarida hamkorlik qilishni talab qiladi. Iqtisodiy hamkorlikda eng muhim o‘rinni xalqaro mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish, eng yangi texnologiyalari bilan almashish, kredit-moliya aloqalarini rivojlantirish va tovar aylanmasini muvofiqlashtirib turish kabilar egallaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarni Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari: Iqtisodiy va Ijtimoiy Kengashi, Xalqaro mehnat tashkiloti, Xalqaro Valyuta jamg‘armasi, Xalqaro taraqqiyot banki va boshqalar olib boradi.

Download 129.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling