Boshqaruv tahlili fanidan mustaqil ish topshirdi
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta‘minlanish darajasi tahlili
Download 165.44 Kb.
|
Tahlil3
Korxonaning asosiy vositalar bilan ta‘minlanish darajasi tahlili
Asosiy vositalar sanoat korxonalarining moddiy-texnika bazasi hisoblanadi. Texnik qurollanishning oshishi, asosiy vositalardan samarali foydalanish mahsulot ishlab chiqarish hajmiga, mehnat unumdorligining oshishiga, mahsulot tannarxining kamayishiga olib keladi. Doimiy harakatdagi asosiy vositalarni modernizatsiya qilish muhim ahamiyatga ega bo‗lib, modernizatsiya hisobiga jihozlardan foydalanishning yaxshilanishi va asosiy vositalar yemirilishi hamda to‘zishini kamayishiga erishish mumkin. Mashina va jihozlar asosiy vositalarning faol qismi bolib hisoblanadi, ular mahsulot tayyorlash texnologik jarayonida bevosita qatnashadi va ularning kopayishi bilan mahsulot hajmi ham kopayadi. Asosiy vositalardan foydalanishni tahlil qilishdan maqsad bo‘ltib qo‘yidagilar hisoblanadi: 1.Korxonaning asosiy vositalar bilan ta‘minlanganlik darajasi va asosiy vositalar tarkibi, foydalanish darajasi korsatkichlarini umumlashgan holda o‘rganish. 2. O`sish darajasining ozgarish sabablarini aniqlash. 3.Asosiy vositalardan foydalanish darajasining mahsulot ishlab chiqarish hajmiga va boshqa ko‘rsatkichlarga ta‘sirini o‘rganish. 4.Asosiy vositalardan samarali foydalanishning oshishi yonalishlarini, imkoniyatlarni belgilash va ulardan to'laroq foydalanish choratadbirlarini ishlab chiqish. Jihozlardan va asosiy vositalardan foydalanishni ifodalovchi ko‘rsatkichlarga quyidagilarni kiritish mumkin: A) Ishlab chiqarishни asosiy vositalar bilan ta‘minlanishi,ulardan foydalanish, ilmiy-texnika darajasi va ishlab chiqarishni avtomatizatsiyalash ko‗rsatkichlari. B) Texnologik jarayonlarni mahsulot konstruksiyasiga mosligi va yangi texnikani progressivlik korsatkichlari. D) Yangi texnikani joriy qilish va ularni ozlashtirish holati
Xulosa: ma‘lumotlardan ko‘rinib turibdiki, jami asosiy ishlab chiqarish vositalari 274612ming so‘mga oshgan. Asosiy ishlab chiqarish vositalari qiymatining oshishi asosan binolar hisobiga ro‘y bergan. Aktiv fond hisoblangan mashina va jihozlar qiymati esa 110000 ming so‘mga ko`paygan. Ushbu holat asosiy vositalar tuzilmasida noaktiv vositalar ulushining ko`payishiga olib kelgan va korxonada jihozlarni modernizatsiya qilish yoki yangi jihozlarni joriy etish bilan bog‘liq tadbirlarning amalga oshirilayotyotganligidan dalolat beradi. Mashina va uskunalar tarkibida ishlab chiqarilgan muddati 3 yildan ko‘p bo‘lmagan jihozlar ulushi o‘tgan yilda 30%ni (254684/825 609) tashkil etgan bo‘lsa hisobot yilida bu ko‘rsatkich 25%ga teng bo‘lgan (236753/935 609). Bunday holat ishlab chiqarishga nisbatan ilg‘or texnika vositalari kiritilayotganligini ko‘rsatadi. Lekin bu ko‘rsatkich juda past hisoblanadi. Shu sababdan tahlil asosiy vositalarning texnik holatini o‘rganishda davom ettiriladi |
ma'muriyatiga murojaat qiling