Boshqaruvchilar innovatsion


-  Mavzu: “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanining mazmuni


Download 198.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana01.03.2023
Hajmi198.16 Kb.
#1241577
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment-3

1- 
Mavzu: “Soha iqtisodiyoti va menejmenti” fanining mazmuni
predmeti va metodi
  


Reja:  
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarining holati va 
kelajak istiqbollari, milliy iqtisodiyotning rivojlanishidagi roli va o‘rni.
2. O‘zbekiston
Respublikasi
iqtisodiy
siyosatining 
ustuvor yo‘nalishlari.
3. Respublikadagi iqtisodiy o‘zgarishlar va munosabatlar.
4. Menejment tushunchasi. Menejmentning rivojlanish bosqichlari.
1. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarining holati 
va kelajak istiqbollari, milliy iqtisodiyotning rivojlanishidagi roli va o‘rni.  
Bugungi kunda har qanday davlatning barqaror taraqqiyoti asosini innovatsion 
faoliyat tashkil etadi. Jahon tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, har tomonlama 
rivojlangan innovatsion tizimga ega mamlakatlardagina innovatsiya jarayonlari 
samarali amalga oshirilib, texnologiyalar va boshqa ilm talab mahsulotlar 
tijoratlashtirilmoqda.
Bu jarayonda davlatning ishtiroki, iqtisodiyotning real sektori va yetakchi 
kompaniyalarning innovatsiya faoliyatini qo‘llab-quvvatlashi muhim ahamiyatga 
egadir. Zero, ilm-fan davlatning texnik taraqqiyoti va jamiyatning ijtimoiy-
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlaydigan ushbu integratsiya mexanizmining asosini 
tashkil qiladi. O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillaridan mamlakatimiz 
ilm-fani, yetakchi ilmiy maktablar, birinchi navbatda, eng yirik va muhim 
ahamiyatga ega tashkilot – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasini 
yanada rivojlantirish uchun mustahkam poydevor yaratishga alohida e’tibor 
qaratildi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan qabul qilingan farmon 
va qarorlar yangi tarixiy voqeliklarga mos keladigan fantexnika va 280 
innovatsiya sohasida davlat siyosatini izchil amalga oshirish uchun o‘ziga xos 
rag‘bat bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev 
ta’kidlagan: “Innovatsiya – bu kelajak degani. Biz buyuk kelajagimizni barpo 
etishni bugundan boshlaydigan bo‘lsak, uni aynan innovatsion g‘oyalar, 
innovatsion yondashuv asosida boshlashimiz kerak. Shuning uchun biz 
Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil etdik va uning oldiga aniq vazifalarni 
qo‘ydik. Bu vazirlik nafaqat iqtisodiyot sohasida, balki butun jamiyat hayotida eng 
muhim loyihalarni amalga oshirishda o‘ziga xos lokomotiv rolini bajaradi, deb 
ishonamiz”. Shunday ekan, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab chiqarishni 
diversifikatsiya qilish sharoitida respublikamiz iqtisodiyotining muhim qismi 
bo‘lgan ishlab chiqarish korxonalarida innovatsiyalarni tatbiq etish va 
samaradorligini oshirishning ahamiyati, uning o‘ziga xos xususiyatlarini 
o‘rganish, korxonalarda strategik ko‘rinishni shakllantirish va kompaniyaning 


maqsadlarini to‘g‘ri belgilash, korxona raqobatbardoshligini oshirish 
yo‘nalishlarini tadqiq qilish hamda strategik maqsadlarni amalga oshirish 
jarayonini takomillashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.
Chunki bozor munosabatlari sharoitida innovatsiya qo‘yilmalarining erkin 
harakati natijasida iqtisodiy sub’ektlar o‘rtasida erkin raqobatning darajasi oshib 
boradi.
Boshqaruvning iqtisodiy usullari iqtisodiy manfaatlardan foydalanishga 
asoslanadi. Zero, har bir muayyan jamiyatning iqtisodiy munosabatlari, eng 
avvalo, manfaatlar tarzida namoyon bo‘ladi. Manfaatlar uch xilda bo‘lishi 
mumkin:

umumjamiyat manfaatlari; - jamoa manfaatlari; - shaxsiy manfaatlar.
Bu manfaatlarni uyg‘unlashtirish muammosi bir qator vazifalarni hal 
etishni, xar bir davr sharoitlariga muvofiq keladigan munosabatlar o‘rnatishni 
talab etadi. Iqtisodiyotni
modernizatsiyalash
sharoitida quyidagi 
iqtisodiy usullardan keng foydalanishga e’tibor beriladi: - tarmoqlar va ularning 
bo‘linmalariga faoliyat yuritishlarida erkinlik va mustaqillik berishga;

barcha
sohalarni pirovard
natijalarga binoan 
moddiy
rag‘batlantirish, soliq imtiyozlarini berishga;

korxona va xo‘jaliklar o‘rtasidagi o‘zaro shartnomalarning bajarilish 
intizomini mustahkamlash va ularning rolini oshirishga; - moliya-kredit 
munosabatlarini takomillashtirishga;

bozor munosabatlari mexanizmlari: baho va foyda, soliq va boj 
to‘lovlari, kredit va rentabellik, raqobat va hokazolarga.
Bu usulda xodimlarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarini yuzaga chiqarish orqali 
ularning samarali ishlashi ta’minlanadi. Shu maqsadda ko‘pincha ish haqi to‘lash, 
mukofotlar berish, bir yo‘la katta mablag‘ bilan takdirlash kabilar muhim ahamiyat 
kasb etadi.
Iqtisodiy usullar boshqarishning barcha usullari orasida yetakchi o‘rin egallaydi. 
Bu usuldan oqilona foydalanish jiddiy rejalar qabul qilishga, barcha resurslardan 
yanada unumliroq foydalanishga, yangi texnologiyalarni joriy etishga, 
raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishga va foydani maksimallashtirishga, 
natijada ishlab chiqarishning samaradorligini oshirishga keng imkoniyatlar 
yaratadi. Boshqaruv usullari qo‘yilgan maqsadlarga erishish uchun boshqaruvchi 
tizimcha – boshqaruv sub’ektini boshqariluvchi tizimcha – boshqaruv ob’ekti 
(xodim, jamoa, boshqaruvning ijtimoiy-iqtisodiy ob’ekti)ga ta’sir ko‘rsatish 
usullaridir. Boshqaruv usullari va boshqaruv jarayoni usullari ajratiladi. 
Boshqaruv usullari boshqaruv ob’ektiga ta’sir ko‘rsatishning yakunlangan 
jarayonini ta’riflaydi. Boshqaruv jarayoni usullari bilan faqat ayrim ishlar 
bajariladi. Boshqaruv usullari tizimida umumiy usullar ajratiladi. Ularga 


an’anaviy ravishda iqtisodiy, ma’muriy (ba’zida ular tashkiliy deb ataladi) va 
ijtimoiy-psixologik usullar kiradi. Shunday qilib, innovatsion faoliyat makon va 
zamonda yuz bergan va berayotgan, o‘zining moddiy va nomoddiy ko‘rinishdagi 
hamda pulda baholanadigan mulk shaklidagi pirovard mahsuliga ega bo‘lgan, 
bunga erishish uchun ma’lum sarf-xarajatlarni talab qiladigan xo‘jalik 
faoliyatining bir turi hisoblanadi. Innovatsion faoliyat sharoitida menejerning roli 
keskin o‘sadi, uning shaxsi, qobiliyati, malakasi va kasbiy ko‘nikmalari esa 
haqiqatda ham kompaniya taqdirini belgilab beradi.
Jumladan, yengil sanoat 
sohalarida xam jiddiy islohotlar amal oshirilishi natijasida, yangi qo‘shma 
korxonalar tashkil etilishi, eskirigan past rentaballik korxonalar esa tubdan 
modernizatsiya qilish davom etmoqda. Davlatimiz, tumanlaridagi paxta 
yetishtirayotgan hududlarda, milliy paxtamizni yetishtirilgan tumanlarni o‘zida 
klaster usulida, qayta ishlash, yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilganligi, 
paxtadan olinayotgan daromadlarni o‘sishiga olib kelmoqda. 
Bugungi kunga barcha turdagi tadbirkorlik sub’ektlarni rivojlantirish, davlat 
siyosati darajasiga chiqarilishida, Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan 
islohotlar samarasi deb tushunishimiz lozim. Tadbirkorlarga berilayotgan 
imtiyozlar, banklar tomonidan ajratilayotgan kredit mablag‘lari, tadbirkorlik 
faoliyatini kengaytirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, mahsulotlar ishlab chiqarish 
sarfini oshirishi bilan birga, mahalliy byudjetlarga to‘lanayotgan soliq va majburiy 
to‘lovlarni yildan-yilga o‘sib borishiga erishilmoqda. 
Ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish, chet el investorlariga ishonchli 
faoliyat yuritishlari uchun kenga imkoniyat, sharroitlar yaratish bo‘yicha ijobiy 
ishlar bajarilmoqda. Xar bir sohadagi islohotlarni amalga oshirishda, aniq va puxta 
ishlab chiqilgan strategiya asosidan bosqichmabosqich amalga olishi talab etiladi. 
Ishlab chiqarish koxonalarini, bugungi kun zamon talablariga to‘liq javob 
beraoladigan, dasgox, asbob-uskunalar bilan ta’minlash, ularga servis sohasini 
ko‘rsatish va boshqarishda, yosh ixtidorli kadrlar talab etiladi, kardlarni 
rivojlargan mamlakatlar tajribasini amaliyotda qo‘llashda, ularni malakasini, 
tajribasini muntazam oshirib borish zarur masalalardan bir hisoblanadi. 

Download 198.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling