Boshqaruvchilar innovatsion


Download 198.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana01.03.2023
Hajmi198.16 Kb.
#1241577
1   2   3   4   5
Bog'liq
1- Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment-3

Moliyaviy menejment – bu moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi 
va samaradorligini ta’minlashning majmuaviy tizimidir. U o‘z ichiga moliyaviy 
ko‘rsatkichlarni menejmentga ilmiy ѐndashuvlar va tamoyillar, daromadlar va 
xarajatlar balansi, resurslardan foydala- nishning samaradorligi ko‘rsatkichlari, 


ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni 
oladi.
Innovatsion menejment – bu mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha 
turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy 
usuli. U o‘z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo‘nalishlarini 
tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini 
muvofiqlashtirishni oladi.
Savdo menejmenti – savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini 
boshqarish jaraѐnidan iborat bo‘ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish 
masalalari bo‘yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning 
faoliyati har xil yo‘nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy 
natijalari yuqori samaradorligini ta’minlashga qaratilgan.
Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda 
quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, 
tashkiliy, xalqaro menejment va boshqalar.
Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul 
qilish zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliѐtini rivojlanishiga jiddiy 
motivatsiya bo‘lgan. G‘arbning ilg‘or mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, 
menejment oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligini 
oshishida juda katta rol ilmiytexnik taraqqiѐt yutuqlaridan foydalanishga 
tegishlidir.
  
  
Nazorat savollari
1. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida sanoat tarmoqlarining urni?
2. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida qaysi iqtisodiy usullardan keng 
foydalanishga e’tibor beriladi?
3. “Menejment” atamasi nimani bildiradi?
4. Boshqaruv nima?
3. Tashkilot menejmenti tizimining tuzilishi qanday?

Download 198.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling