Boshqaruvchilar innovatsion
Download 198.16 Kb. Pdf ko'rish
|
1- Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejment-3
2.
O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiy siyosatining ustuvor yo‘nalishlari. Iqtisodiyotimiz tayanchi hisoblanib kelayotgan, tadbirkorlik sub’ektlarni, xar-bir sohalarda davlatimiz tomonidan qo‘llabquvvatlanishida, ularni ertangi kunga bo‘lgan ishonchini oshirishga, o‘z ustida ishlashga, import o‘rnini bosuvchi yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarishga, mamlakatimizdagi import mahsulotlarga bo‘lgan, ehtiyojlarini qondirish maqsadida, import o‘rnini mahsulotlarni yaratishga erishish talab etilmoqda. Lekin hozirgi kunga kelib, iste’molichilarimiz importga bo‘lgan talab qondirilmayotganligi sababli bazi turdagi mahsulotlarni import qilishinining o‘zi mamlakatimiz iqtisodiyotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Importga bo‘lgan talablarning yuqoriligidan, mamlakatimizdan chet el valyutasi sarfini oshishiga, mahalliy korxonalarimizni raqobat bozorida o‘z o‘rnini topishda bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ishlab chiqarish korxonalarida, ijobiy natijalarga erishishda, rivojlagan mamlakatlar tajribasini amalyotda tatbiq etish, zamonaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, mahsulotlar sifatini oshirishda, yangi texnologiyalarni olib kelish, zamonaviy labaratoriyalarni ishlab chiqarish korxonalarida joriy etish bilan, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni sifatini muntazam nazorat qilish imkonini yaratadi. Sifatli mahsulot ishlab chiqarishda, zamonaviy texnologiyalar asosidan ishlab chiqarish uskunalari, sifatli xomashyo va zamonaviy texnologiyalarni boshqara oladigan mutaxasislarga bo‘lgan talab yuqoriligicha qolmoqda. Zamonaviy kadrlarga bo‘lgan talablar asosida, oliy o‘quv yurtlaridagi ixtidorli talabalar orasidan tanlab olinib, ularni rivojlangan mamlakatlar tajribasini, texnologiyalarni o‘rganish va mamalakamizga olib, kelib ishlab chiqarish korxonalar amaliyotida tatbiq etish lozim bo‘ladi. Milliy berndimizni yaratishda, talabalarni o‘qitish, yangi zamonaviy texnologiyalar bilan tanishtirish, ularni vatanimiz iqtisodiyotiga hissa qo‘shishlaridagi ko‘nikmalarni hosil qilish zarur hisoblanadi. Agar import o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni ishlab chiqarishga jiddiy e’tibor bermasak, mamalakamiz ichki bozorlaridagi talab va takliflarni chuqur o‘rganmasak, judo og‘ir oqibatlarga olib kelishi, iqtisodiyotimizga juda katta miqdorda sabiy ta’sir ko‘rsatish hech gap emas. Improt mahsulotlar mamalakamiz bozoriga kirib kelar ekan, bu nafaqat bizning iqtisodiyotimizga zarar keltiradi, balki ushbu mahsulotlarni bizga eksport qilgan mamlakatlar iqtisodiyotiga beixtiyor hissa qo‘shishimiz demakdir. Davlatimiz, geografik joylashuvi jixatidan juda qulay hududda joylashgan bo‘lishiga qaramasdan, tabiy boyliklar resurslari to‘liq o‘zlashtirilmaganligi albatta achinarli holat deyish mumkin. Ko‘p millatli xalqimizni yaxshi yashashi, turmush sharoitlarni yuqori darajaga olib chiqishda, xar-bir berilgan imkoniyatlardan keng unumli foydalanishimiz, to‘g‘ri hulosa chiqarishimiz, o‘z ustimizda ishlashimiz bilan davlatimiz iqtisodiyotiga o‘z hissamizni qo‘shishimiz kerak bo‘ladi. Ishlab chiqarish korxonalarida ijbiy natijalar, yuqori samaralarga erishish yo‘lida, mahalliy xomashyo bazalaridan unumli foydalanish, yangi texnologiyalar amalyotga tatbiq etish, boshqarish bilan birga doimo izlanish talab etiladi. Mamalakamizda, hozirda to‘g‘ri o‘rnak bo‘lsa arziydigan, ishlab chiqarish korxonalari faoliyat olib bormoqda, ammo bunday korxonalarni bugungi kunga kelib, milliy brendlarimizni to‘liq shakillanishiga erishiga kamlik qiladi. Yoshlardan, o‘z maqsadlarini aniq belgilash, berilgan ishonchlarni sirtqi dildan bajarishda, o‘z ustida tinimsiz ishlashni talab etadi, lekin xamma yoshlarimiz xam buni uddasidan chiqmasdan, bo‘sh vaqtlaridan samarasiz foydalanib kelayotganlari uchrab turadi. Biz yoshlar, dalatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, sharoitlardan unumli foydalanishimiz, berilgan ishonchni oqlashimiz vatanimiz oldidagi burchimiz deb tushunmog‘imiz lozim. Davlatimiz kelajagi bizning qo‘limizga ishonib topshirilgan ekan bundan to‘g‘ri hulosa chiqarib, yetuk mutaxasislar bo‘lib yetishishimiz uchun albatta o‘z ustimizda ishlashimiz, izlanishmiz talab etiladi. To‘g‘ri, davlatimiz tomonidan chet el investorlariga mamalakamizga sarmoya kiritishga, ularni faoliyatini kafolatlash to‘g‘risida prezidentmiz Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan, farmon va qarorlar ishlab chiqilmoqda, bizlardan esa investorlar bilan ishonchli xamkorlikni yo‘lga qo‘yish, biznes muxitini yaratish xam talab etiladi. Download 198.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling