Boshqaruvda miqdoriy usull
Download 106.7 Kb.
|
BOSHQARUVDA MIQDORIY USULL
- Bu sahifa navigatsiya:
- Innovatsion menejment
- Savdo menejmenti
Moliyaviy menejment-bu moliyalarni boshqarishning barqarorligi, ishonchliligi va samaradorligini ta'minlashning majmuaviy tizimidir. U o'z ichiga moliyaviy ko'rsatkichlarni menejmentga ilmiy yondashuvlar va tamoyillar, daro- madlar va xarajatlar balansi, resurslardan foydalanishning samaradorligi ko'rsat- kichlari, ishlar va tovarlar rentabelligiga rioya qilish bilan shakllantirish va rejalashtirishni oladi.
Innovatsion menejment - bu mulk egasi tomonidan innovatsiyalarning barcha turlarini rivojlantirishga kiritiladigan investitsiyalarni boshqarishning majmuaviy usuli. U o'z ichiga tashkiliy tuzilmalarni qurish, innovatsiyalarning yo'nalishlarini tanlash, innovatsiyalar, xodimlarni boshqarishning har xil jihatlarini muvofiqlashtirishni oladi. Savdo menejmenti- savdo korxonasi faoliyatining barcha asosiy jihatlarini boshqarish jarayonidan iborat bo'ladi. U aniq savdo korxonasini rivojlantirish masalalari bo'yicha ratsionalroq boshqaruv qarorlarini shakllantirish, uning faoliyati har xil yo'nalishlarini muvofiqlashtirish va bu faoliyatning yakuniy natijalari yuqori samaradorligini ta'minlashga qaratilgan. 1.2.Maxsus menejmentning yuqorida keltirilgan turlaridan tashqari hozirgi vaqtda quyidagi boshqa turlari ham ishlab chiqilmoqda: ijtimoiy soha, bank, soliq, tashkiliy, xalqaro menejment va boshqalar. Ijtimoiy rivojlanishning davriy xarakteri, inqiroz sharoitlarida qarorlar qabul qilish zaruriyati menejmentning nazariyasi va amaliyotini rivojlanishiga jiddiy motivatsiya bo'lgan. G'arbning ilg'or mamlakatlari tajribasi shuni ko'rsatadiki, menejment oldiga qo'yilgan vazifalarni bajarmoqda va uning samaradorligini oshishida juda katta rol ilmiy-texnik taraqqiyot yutuqlaridan foydalanishga tegishlidir. Bunda shuni ta'kidlash kerakki, keyingi yillarda boshqaruv tizimlarini rivojlantirish markazlari zamonaviy darajada takomillashyapti. Eng rivojlangan mamlakatlar guruhida Yaponiya, Germaniya va Shvetsariya yetakchilik qilmoqda. Boshqaruvning zamonaviy talablariga muvofiq AQSh - 9, Fransiya - 12, Italiya - 14, Buyuk Britaniya - 16 o'rinda turibdi. Keyingi 10-15 yillar ichida iqtisodiyotida keskin ko'tarilish xos bo'lgan mamlakatlar orasida Singapur, Gonkong va Tayvan yetakchilik qilmoqdalar. Bizning mamlakatimizda ham menejment G'arbdagi firmalarni boshqarishning tamoyillari, usullari, vositalari va shakllari majmuasi sifatida tanilmoqda. Ammo 20 yillar oldin, uning asosiy maqsadlari imperalizmning o'rnini mustahkamlash va ijtimoiyistik davlatlarga karshi iqtisodiy kurash olib borish manfaatlari yo'lida katta foyda olish va ijtimoiyizm mamlakatlaridan mehnat unumdorligi bo'yicha o'zib ketish deb hisoblangan. Bunday qarash ho'jalik yuritishning ma'muriy-buyruqbozlik tizimi doirasiga ma'lum darajada mos kelgan, chunki rejalashtirishning markazlashtirilgan tartibi va bozorni boshqarish tajribasini yo'qligi sharoitlarida bozor mexanimizmi harakatini bizning iqtisodimizga to'liq ko'chirishning iloji bo'lmagan. Shunga qaramasdan, o'sha sharoitlarda ham bizda menejmentning ko'pgina elementlaridan foydalanish mumkin bo'lgan. Mamlakat ijtimoiy hayotini demokratlashuvi aholining keng qatlamlari, amaliy xodimlarga menejment nazariyasi va amaliyotining jamlangan boy jahon tajribasi bilan tanishish imkoniyatini bergan, O'zbekiston iqtisodiyotini bozor munosabatlariga qaratilishi esa ilg'or davlatlar tajribasini o'rganish va undan foydalanishni zarur qilib qo'ygan. Shuning munosabati bilan O'zbekistonda menejmentga munosabatlar keyingi yillarda ancha o'zgargan. Menejmentning ko'zga ko'ringan nazariyachilari va amaliyotchilarning asarlari nashr qilingan. Zamonaviy boshqaruvchi-menejerlarni faol tayyorlash boshlangan. 2.Menejment usullarini iqtisodiyotning ma’lum aniq sohalarida amal qilishning turli yo'llari orasidagi umumiy hodisa sifatida ajratish mumkin. Masalan , menejment darajalari bo'yicha menejment usullari (davlat sektorini boshqarish usullari, sex, korxona, birlashma, mintaqani boshqarish usullari) yoki tarmoqlarni boshqarish usullari (sanoat, transport, qishloq xo'jaligini boshqarish usullari) haqida so'z yuritish mumkin. Shuningdek, turli subyektlar tomonidan qo'llaniladigan menejment usullarini ajratib ko'rsatish mumkin. Davlat boshqaruvi usullari jamoat tashkilotlarini boshqarish usullari yoki iqtisodiyotning ayrim sohalarida qo'llaniladigan menejment usullari (ishlab chiqarishni, moliyaviy sohani, fan va maorifni boshqarish usullari)ni ham ko'zda tutish lozim . Boshqaruv tashkilotlari tizimi bilan turli-tumanligi bu tashkilotlar faoliyati usullarini ajratish uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Bu yerda so'z vazirliklar, assotsatsiyalar, aksiyadorlik jamiyati, davlat qo'mitalarini boshqarish usullari haqida bormoqda. Vanihoyat, turli turkumga kiruvchi ishlovchilar boshqaruv faoliyatida menejerlar, direktorlar, bo'limlar boshliqlari tomonidan qo'llaniladigan menejment usullarini ajratib ko'rsatish mumkin. Demak, menejment nazariyasi va amaliyotida turli menejment usullari mavjuddir. Ular menejment usullarining har bir guruhi o'z xususiyatlariga ega bo'lgan tizimni tashkil etgan. Milliy xo'jalikni boshqarishda quyidagi usullardan foydalaniladi: iqtisodiy, tashkiliy , ijtimoiy, psixologik va huquqiy. Menejmentning bu usullari o'zaro uzviy bog'liqdir, shu sababli ularning birortasiga ortiqcha ahamiyat berish butun ishlab chiqarishning me`yorda borishi buzilishiga olib keladi. 2.1. Hozirgi davrda bozor iqtisodiyotini boshqarishning iqtisodiy usullari muhim ahamiyat kasb etmoqda. Menejmentning iqtisodiy usullari kishilarga iqtisodiy manfaatlar orqali ta’sir ko'rsatadi. Iqtisodiy usullarning mohiyati xodimlar va ishlab chiqarish jamoasiga ular manfaatli bo'lishini ta’minlovchi iqtisodiy sharoit yaratishdan iboratdir. Menejment usullari tizimida iqtisodiy usullar yetakchi o'rinni egallaydi. Iqtisodiy usullar iqtisodiy ta’sir vositalri yig‘indisidan (narx, kredit, biznes-reja, foyda, soliqlar, ish haqi, iqtisodiy rag'batlantirish va h .k .), ya’ni xo‘jalik faoliyatiga ta’sir etishning har bir jamoa mos xo'jalik bo‘g‘ini bilan o'zviy aloqada amal qilishini ta’minlovchi tadbirlardan iboratdir. Bozor mexanizmining muhim vazifalaridan biri biznes-reja va bozorning uzviy bog'liq bo'lishiga imkon yaratuvchi pul va tovar resurslari to'g'ri nisbatini ta’minlashdir. Bozor - bu tovar-pul munosabatlarining doimo saqlanuvchi balansidir. Bozor munosabatlari sharoitida rejali iqtisodiyotga nisbatan qat’iy menejment tizimi o'rnatiladi. Bozor tamoyillari xo'jalik rahbarlaridan tashabbuskorlik , korxona faoliyati masalalari bo'yicha yuqori natijalarga erishish maqsadida qayishqoqlik, tavakkalchilikni talab etadi. Bozor iqtisodiyoti ma’muriy-buyruqbozlik tizimiga nisbatan qarama-qarshi tizim bo'lib, bozorda narx, soliq, kredit vositasida tartibga solish, eng avvalo, ijtimoiy maqsadda amalga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida narx va ish haqi o'zgarishini qat’iy tartibga solmay, barqarorlikka erishib bo'lmaydi. Shunday qilib, menejmentning iqtisodiy usullari juda keng imkoniyatlarga ega bo'lib, ular mohirona va o'z vaqtida tashkiliy farmoyish, ijtimoiy-psixologik va huquqiy usullar bilan qo'shib olib borilgan taqdirda yaxshi natijalarga erishish mumkin. Korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari, firmalarda muhim menejment usullaridan biri - biznes-rejalardir. U iqtisodiy jarayonlarni umum milliy manfaatlarni ko'zlab, xo'jalik amaliyotida obyektiv iqtisodiyot. Menejmentning iqtisodiy usullari 88sodiy qonunlardan foydalanish asosida, ongli ravishda, bir maqsadga intilgan holda menejmentning o‘zaro uzviy bog'liq tizimidan iboratdir. Biznes-reja vositasida hal etiladigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat: iqtisodiyot rivojlanish yo'nalishlari va maqsadlarini amalga oshirish yo'llarini ko'rsatish , iqtisodiyotning barqaror, mutanosib o'sishini ta’minlash, moddiy, mehnat va moliyaviy resurslarni tarmoqlar va ishlab chiqarishlar o'rtasida taqsimlash va qayta taqsimlash, fan-texnika taraqqiyoti yutuqlarini joriy etishni ta’minlash; tarmoqlararo integratsiya, tarmoq ichida ixtisoslashuv va sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish , xo'jalik yurituvchi subyektlar faoliyatini tezkor tartibga solish va koordinatsiya qilish. Biznes-reja korxona, aksiyadorlik jamiyati, konsernlar faoliyatining hamma tomonlarini: mahsulot ishlab chiqarish va sotish, moddiy-texnikaviy ta’minot va ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, mehnat va ish haqi, jamoada ijtimoiy jarayonlar va h.k.larni qamrab oladi. Bozor munosabatlari sharoitida ularga rejalashtirish borasida keng huquqlar beriladi. 2.2. Xo'jalik tashkilotlarining ishlab chiqarishni boshqarish bo'yicha faoliyati menejmentning turli tashkiliy-farmoyish usullarini qo'llash bilan bog'liqdir. Menejmentning tashkiliy –farmoyish usullari boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar samarali faoliyat yuritushuni ta’minlovchi ta’sir etish tizimidan iboratdir. Menejmentning tashkiliy-farmoyish usullari iqtisodiy usullarni to'ldirib, bozor iqtisodiyoti qonunlari, huquqiy aktlarni hisobga olish va bajarishga asoslanadi. Davlat maxsus tuzilgan boshqaruv tashkilotlari vositasida boshqariladigan tizimga ma’muriy va tashkiliy jihatdan ta’sir o'tkazadi. Menejment tizimida tashkiliy usullar umumiy maqsadga erishish uchun ishlab chiqaruvchilarning hamkorlikdagi harakati tartibga solinadigan ma’muriy hujjatlar asosida amalga oshadi. Tashkiliy-farmoyish usulini qo'llash asosini menejmentning barcha tamoyillariga rioya qilish tashkil etadi. Nima sababdan menejmentning ma’muriy-farm oyish usullari ma’muriy shakllar bilan qo'shib olib boriladi? Bu ko'p hollarda tashkiliy ta ’sir ma’muriy huquqni qo'llash, ya’ni qaror va farmoyishlarni amalga oshirishga asoslanadi. Lekin, «menejmentning tashkiliy-farmoyish usuli» tushunchasi «ma’muriy boshqaruv usuli» tushun - chasidan bir muncha kengdir, chunki tashkiliy-farm oyish usullari menejmentning turli darajalariga turli kolamda va shaklda tashkiliy ta ’sir etishni o'rganish masalalarini ham qamrab oladi. Tashkiliy farmoyish usullari tashkiliy aniqlikni ta ’minlaydi, tashkiliy tizim , menejmentning har bir bo‘g ‘ini vazifalarini belgilab beradi, boshqaruv apparati intizom i va faoliyati sam aradorligini ta ’minlaydi, ishda tartib o‘rnatadi, qaror va farmoyishlarni bajaradi, kadrlarni tanlaydi, joy-joyiga qo'yadi va h.k. Menejmentning tashkiliy farmoyish usullari ularning ishlab chiqaruvchilarga ta’sir etish manbalari va yo'nalishlari bo'yicha turlarga ajratiladi. Bunga bog'liq qolda ta ’sir etishning tashkiliy-farmoyish usullari uch guruhga bo'linadi: tashkiliy-barqarorlashtiruvchi, farmoyish va intizom. Ta’sir etishning tashkiliy-barqarorlashtirish usullarining asosiy maqsadi ham korlikda ishlash uchun tashkiliy asos yaratishdir, ya’ni vazifa, majburiyat, javobgarlik va vakolatlarni taqsimlash, tartib o'rnatish va h.k. Ma’muriy ta’sir tashkiliy shakllarining ikki: tashkiliy reglam entlash va tashkiliy me’yorlash turi mavjud. Tashkiliy reglam entlash vositasida davlat boshqaruvchi va boshqariladigan tizimga ularning maqbul nisbatini, tashkiliy tizimini va har bir darajada menejment chegaralarini aniqlash maqsadida ta’sir etadi. Tashkiliy reglam entlashga misol qilib lavozimlar haqida nizomni ko'rsatish mumkin. Tashkiliy me’yorlash hujjatlari vositasida xomashyo, materiallar sarfini me’yorlash, mahsulotlar ishlab chiqarishga mehnat sarfi, ishlab chiqarish fondlaridan foydalanish, texnikaviy va texnologik me’yorlar (standartlar, me’yorlar, qayta ishlov berish usuli, tartibi va h.k.), ishlab chiqarishni tashkil etish me’yorlari (maqbul ishlanma ko'lami) yaratiladi. Ta’sir etishning farm oyish usullari cheklovchi hujjatlarda ko'zda tutilmagan mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda kundalik jadal boshqarish maqsadida qo'llaniladi. Farmoyish ta’sirining asosiy maqsadi boshqaruv apparatining aniq harakati, boshqaruvning barcha bo'linma va xizmatlari barqaror ishlashini ta’minlab berishdari iborat. Ta’sir etishning farmoyish usullari buyruq , farmoyish , ko‘rsatma va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. Buyruq – bu rahbarning qo‘l ostidagi xodimlardan ma ’lum vazifani bajarishni yozma yoki o‘zakiravishda talab qilishidir. Buyruq faqat chiziqli menejment tizimi rahbari tomonidan beriladi. Farmoyish - xodimlardan ayrim ishlab chiqarish va xo'jalik masalalarini hal etishni talab qilishdir. Farmoyish boshliq o'rinbosarlari, xizmatlar boshliqlari tomonidan ular ega bo'lgan vakolatiar doirasida beriladi. Menejment amaliyotida qo'llaniladigan ta’sir qilish usullaridan biri - og'zaki ko‘rsatmadir. Ta’sir etishning bunday shaklini barcha darajadagi rahbarlar, lekin ko'pincha quyi darajadagi komandirlar, brigada boshliqlari, ustalar qo'llaydilar. Farmoyish vositasida ta ’sir etish bajarish muddatlari bilan farq qiladi. Buyruq va farmoyishlar uzoq yoki qisqa muddatga mo'ljallangan bo'ladi. Har bir buyruq yoki farmoyishda qanday vazifa bajarilishi, qachon bajarilishi kerakligi belgilanadi. Ta ’sir etishning farmoyish usuli tashkiliy ta 'sirga nisbatan uning bajarilishini nazorat qilishni ko'proq talab etadi. Ijro etishning borishi nazorat qilingandan so'ng yana farmoyish bilan ta ’sir etishga ehtiyoj tug'iladi. Farmoyish usulining qo'llanish ko'lami boshqaruv kadrlari malakasi, tashabbuskorligi va qobiliyatiga bog'liqdir. Korxonani boshqarishda farmoyish bilan ta ’sir etish faqat qonunga zid bo'lmagan holdagina bajarilishi qat’iy bo'lgan huquqiy kuchga ega bo'ladi. Shu sababli barcha tizimdagi tashkiliy-farmoyish faoliyati mavjud qonunchilikka bo'ysungan holda amalga oshishi lozim. Intizomiy ta ’sir usullari tashkiliy barqarorlashtiruvchi va farmoyish vositasida ta ’sir etish usullarini to'ldirib, intizomiy talablar va majburiyatlar tizimi vositasida tashkiliy aloqalar barqarorligini ta’m inlashga qaratilgandir. 3. Menejment, iqtisodiy va samarali rejalashtirish va belgilangan maqsadlarga erishish uchun korxona faoliyatini tartibga solish uchun javobgarlikni o'z ichiga olgan ijtimoiy jarayon sifatida tavsiflangan. Bu turli elementlar va faoliyatlardan tashkil topgan dinamik jarayondir. Bu faoliyatlar marketing, moliya, xarid va hokazolar kabi operativ funktsiyalardan farq qiladi. Aksincha, bu faoliyatlar darajasi yoki holatidan qat'i nazar, har bir boshqaruvchi uchun umumiydir. Turli mutaxassislar menejment funktsiyalarini tasniflagan. Jorj va Jerrining fikriga ko'ra, "Menejmentning to'rtta asosiy funktsiyasi mavjud: rejalashtirish, tashkil etish, harakatga keltirish va nazorat qilish". Genri Fayolning so'zlariga ko'ra, "Menejment - bu bashorat qilish va rejalashtirish, tashkil etish, buyruq berish va nazorat qilishdir". Lyuter Gullik "POSDCORB" kalit so'zini bergan bo'lsa, bu erda P - rejalashtirish, O - tashkil etish, S - xodimlar, D - yo'nalish, koordinatsiya, R - hisobot va B - byudjetlashtirish. Ammo eng ko'p qabul qilinganlar KOONTZ va O'DONNEL tomonidan berilgan boshqaruv funktsiyalari: rejalashtirish, tashkil etish, kadrlar bilan ta'minlash, boshqarish va nazorat qilish Nazariy maqsadlar uchun menejment funktsiyasini ajratish qulay bo'lishi mumkin, ammo amalda bu funktsiyalar tabiatan bir-biriga mos keladi: ular juda ajralmasdir. Har bir funktsiya bir-biriga aralashadi va har biri boshqalarning ishlashiga ta'sir qiladi. Bu boshqaruvning asosiy funktsiyasidir. U kelajakdagi harakatlar yo'nalishini belgilash va oldindan belgilangan maqsadlarga erishish uchun eng maqbul harakatlar yo'nalishini oldindan belgilash bilan shug'ullanadi. KOONTZ ma'lumotlariga ko'ra, "Rejalashtirish - bu nima qilish, qachon va qanday qilish kerakligini oldindan hal qilishdir. Bu biz turgan joy va qayerda bo'lishni xohlayotganimiz orasidagi bo'shliqni yo'q qiladi ". Reja - bu kelajakdagi harakatlar yo'nalishi. Bu muammoni hal qilish va qaror qabul qilishda mashqdir. Rejalashtirish - bu ko'zlangan maqsadlarga erishish uchun harakat yo'nalishlarini aniqlash. Shunday qilib, rejalashtirish - bu oldindan belgilangan maqsadlarga erishish yo'llari va vositalari haqida tizimli fikrlash. Rejalashtirish inson va insoniy bo'lmagan resurslardan to'g'ri foydalanishni ta'minlash uchun zarur. Bularning barchasi keng tarqalgan, bu intellektual faoliyat va u chalkashliklardan, noaniqliklardan, xavflardan, isrofgarchiliklardan qochishga yordam beradi. 3.1.Bu tashkiliy maqsadlarga erishish uchun jismoniy, moliyaviy va insoniy resurslarni birlashtirish va ular o'rtasida samarali munosabatlarni rivojlantirish jarayonidir. Genri Fayolning so'zlariga ko'ra, "Biznesni tashkil qilish - uni barcha foydali yoki uning ishlashini, ya'ni xom ashyo, asbob-uskunalar, kapital va xodimlar bilan ta'minlashdir". Biznesni tashkil etish inson va insoniy bo'lmagan resurslarni aniqlash va tashkiliy tuzilmani ta'minlashni o'z ichiga oladi. Jarayon sifatida tashkil etish quyidagilarni o'z ichiga oladi: Faoliyatlarni aniqlash. Faoliyatni guruhlashning tasnifi. Vazifalarni belgilash. Vakolatlarni topshirish va javobgarlikni yaratish. Vakolat va mas'uliyat munosabatlarini muvofiqlashtirish. 3.2.Bu tashkilot tuzilmasini boshqarish va uni xodimlar bilan ta'minlash funktsiyasidir. So'nggi yillarda texnologiyaning rivojlanishi, biznes hajmining o'sishi, inson xatti-harakatlarining murakkabligi va hokazolar tufayli kadrlar bilan ta'minlash katta ahamiyatga ega bo'ldi. Kadrlarning asosiy maqsadi to'g'ri odamni to'g'ri ishga qo'yishdir, ya'ni kvadrat teshiklarga kvadrat qoziqlar va dumaloq qoziqlar. dumaloq teshiklar. Kootz va O'Donellning fikriga ko'ra, "Kadrlar bilan ishlashning boshqaruv funktsiyasi tuzilmada ishlab chiqilgan rollarni bajarish uchun xodimlarni to'g'ri va samarali tanlash, baholash va rivojlantirish orqali tashkilot tuzilmasini boshqarishni o'z ichiga oladi". Kadrlar tarkibi quyidagilarni o'z ichiga oladi: Inson kuchini rejalashtirish (inson kuchini qidirish, odamni tanlash va kerakli joyni berish nuqtai nazaridan baholash). Ishga qabul qilish, tanlash va joylashtirish. Trening va rivojlanish. Ish haqi. Ishlash baholash. Aksiya va transfer. Bu tashkiliy maqsadlarga erishish uchun samarali ishlash uchun tashkiliy usullarni harakatga keltiradigan boshqaruv funktsiyasining bir qismidir. Bu korxonaning hayotiy uchquni hisoblanib, uni odamlarning harakatiga qo'yadi, chunki rejalashtirish, tashkil etish va kadrlar bilan ta'minlash ishni bajarishga tayyorgarlikdir. Yo'nalish - bu tashkilot maqsadlariga erishish uchun bo'ysunuvchiga bevosita ta'sir ko'rsatish, yo'naltirish, nazorat qilish, rag'batlantirish bilan shug'ullanadigan boshqaruvning inert-kadrlar tomoni. Yo'nalish quyidagi elementlardan iborat: Nazorat Motivatsiya Etakchilik Aloqa Nazorat - qo'l ostidagilarning ishini ularning boshliqlari tomonidan nazorat qilishni nazarda tutadi. Bu ish va ishchilarni kuzatish va boshqarish harakatidir. Download 106.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling