Boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
31010501 - Oshpaz-qandolatchi33
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar
- Dasturning maqsadi
Tuzuvchilar: Ustababayeva Xafiza Artikovna Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining bosh mutaxassisi. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi metodik bo’limi boshlig’i. Taqrizchilar: Umarov Akbar Xamdamovich. O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi raisi 1. O‘quv dasturi umumiy talablari Dastur nomi Kasb etikasi va psixologiyasi Ajratilgan soat 40 Mavzular soni 19 Dasturning maqsadi Professional ta’lim tizimida kasb –hunar ta’limida “Kasb etkasi va psixologiyasi” dasturi odob-ahloq va insonlarni fe’l-atvori va oshpaz kasbida , shuningdek xizmat ko‘rsatishdagi tajribalariga asoslangan holda tuzilgan bo‘lib, yangi pedagogik tafakkur asosida o‘quvchilarga ta’lim berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Uning negizida asosan inson va uning kamoli yotadi. Shu asoslardan kelib chiqib tuzilgan “Kasb etkasi va psixologiyasi” fani dasturining maqsad va vazifasi o‘quvchilarning ongi, dunyoqarashi, ma’naviy dunyosini boyitish, ularga o‘zligini anglatish, jamiyatning ongli a’zosi bo‘lishlariga zamin yaratishdir. O‘quvchilarda o‘rganiladigan xatti- harakatiga o‘z munosabatini bildira oladigan darajada kasbiy tafakkurni o‘stirishga, shuningdek, ularda burch, mas’uliyat, sha’n, qadr-qimmat, kasbga muhabbat hissini, zavqlana olish xususiyatini uyg‘otish ko‘zda tutilgan. Millat-elatlarning etikasi, madaniyatini, e’tiqodini hurmat qilish, o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish, o‘zgalar fikrini hurmat qilish, muhokama, munozara qila olish madaniyatini rivojlantirish, umuman olganda, o‘quvchilarda odamlar bilan muloqat qila olishdagi hissiy kechinmalarini yuksaltirish, ularning kasbidagi ko‘nikma va malakalarini boyitish orqali kasbga bo‘lgan qiziqish va insonsevarlik tuyg‘ularini singdirishni ko‘zda tutadi.Dasturning asosiy talablaridan biri talabalarni bir “qolip”ga solmay, ularning fikrlash doiralarini kengaytirish, o‘z nuqtai nazarini erkin ifodalay olishga imkon berish va mustaqil fikrlashga, tafakkur qilishga yo‘naltirishdir. Unda egallaydigan kasbi bo‘yicha , talabalarning har birini o‘z fikri, o‘z qarashlari bo‘lishiga erishish ko‘zda tutiladi. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling