Boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti
Download 3.63 Mb. Pdf ko'rish
|
31010501 - Oshpaz-qandolatchi33
- Bu sahifa navigatsiya:
- Taqrizchilar
- Ajratilgan soat 40 Mavzular soni 20 Dasturning maqsadi
qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti “Xizmat ko’rsatish texnikasi va texnologiyasi “ O’quv metodik birlashmasining 2022 yil 25 - avgustdagi 6-sonli majlis bayoni bilan ma’qullangan. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy va o’rta maxsus ,kasb-hunar ta’limi yo’nalishlari bo’yicha o’quv uslubiy birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashning 2022 yil 29 - avgustdagi 5-son yig‘ilishida ma’qullangan va Vazirlikning 2022 yil 30 - avgustdagi 295-son buyrug‘i bilan TASDIQLANDI VA JORIY ETILDI. Tuzuvchilar: Ustababayeva Xafiza Artikovna Pedagogik innovatsiyalar, professional ta’lim boshqaruvi hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining bosh mutaxassisi. Toshkent turizm va mehmonxona menejmenti texnikumi metodik bo’limi boshlig’i. Taqrizchilar: Umarov Akbar Xamdamovich. O‘zbekiston Respublikasi Oshpazlar uyushmasi raisi 1. O‘quv dasturi umumiy talablari Dastur nomi Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya , gigiena va ovqatlanish fiziologiyasi. Ajratilgan soat 40 Mavzular soni 20 Dasturning maqsadi Professional ta’lim tizimida kasb –hunar ta’limi “Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya , gigiena va ovqatlanish fiziologiyasi ” dasturi milliy va xorijiy taom tayyorlash sohasida sanitariya va gigiena talablari va qoidalaridagi tajribalariga asoslangan holda tuzilgan bo‘lib, yangi pedagogik tafakkur asosida o‘quvchilarga ta’lim berishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan. Tuzilgan “Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya , gigiena va ovqatlanish fiziologiyasi” fani «Oshpaz» kasbi bo‘yicha ta’lim oluvchi talabalarga mo‘ljallangan. “Umumiy ovqatlanish korxonalarida sanitariya va gigiena” fani dasturining maqsad va vazifasi o‘quvchilarning sifatli pazandachilik mahsulotlari tayyorlash texnologiyasi jarayonlalarni o‘rgatishda sanitariya va gigiena talablari va qoidalaridagi .Davlat standartlariga ko‘ra pazandachilik mahsulotlarining sifati uning ishlov berishga va ovqat sifatiga iste’mol qilishga yaroqliligi , iste’molchining salomatligi uchun xavfsiz, mazali taom tayyorlashni o‘rgatishdan iborat. Dasturning ovqatlanish fiziologiyasi asoslari bo’limi fiziologiya fanining bir qismi bo‘lib, inson organizmining oziqa moddalarga bo‘lgan ehtiyojini va ovqatning hazm bo‘lishi, organizmga singishini optimal shart-sharoitlarini o‘rganishdan iborat. Ovqatlanish fiziologiyasi pazandalik bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, o‘z o‘rnida taomlarni tayyorlash jarayonida ularning ozuqaviy qiymatini oshirish vazifasini qo‘yadi. Kishilarning ovqatlanish fiziologiyasi ularning dasturxon atrofida o‘zini qanday tutishi, iste’mol vositalardan qanday foydalanishigagina emas, balki qancha, qanday va qachon ovqatlanishi yoki oqilona ovqatlanish qoidalariga qanchalik darajada rioya qilishiga tegishli ko‘rsatmalar berish kasbiy fazilatlarni shakllantirish iborat. Download 3.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling