Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
3.3-rasm. I-d-diagrammasida havoning holatini o‘zgarishi jarayonlarini aniqlash
1 – havoning boshlang‘ich holati; 2 – havoning oxirgi holati; 1-2 – havoning holati o‘zgarish jarayoni (3.15) ifodaning surati va maxrajini jarayonda ishtirok etayotgan havoning sarfi G ga, kg/soat, ko‘paytirib, quyidagini topish mumkin: (3.16) bu erda QT– havoning holati o‘zgarishi jarayonida almashinilgan to‘liq issiqlik oqimi, kJ/soat; Wort– havoning holati o‘zgarishi jarayonida almashinilgan namlik sarfi, kg/soat. Jarayon chiziqlari I-d – diagrammaga bir nechta usul orqali chizib tushuriladi: hisoblar asosida bevosita chizib tushurish; I-d – diagrammasidagi burchakli masshtabdan foydalanib tushirish; burchakli masshtab transportidan foydalanib tushirish. Havoni qizdirish va sovutish jarayonlari. Isitish eng oddiy jarayon bo‘lib, unda quruq issiq sirtdan havoga konvektiv issiqlik almashinish orqali oshkora issiqlik beriladi. Bu jarayonda havoning tarkibiy namligi o‘zgarmaydi, shuning uchun I-d-diagrammasida isitish jarayoni d=const chizig‘i bo‘yicha pastdan yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Agar havoni 1 nuqtadagi (t1, 1, 3.4-rasm) parametrlari bilan kaloriferda qizdirsak, unda bu jarayon 1 nuqtadan d1=const chizig‘i bo‘yicha tik yuqoriga yo‘nalgan to‘g‘ri chiziq bilan ifodalanadi. 3.4-rasm. Isitish va sovitish jarayonlari ko‘rsatilgan I-d – diagrammasi Havoga qanchalik ko‘p issiqlik berilsa, u shunchalik ko‘p qiziydi va d1=const chizig‘i bo‘yicha isitilgan havoning holatiga mos bo‘lgan nuqtasi yuqoriroq joylashadi. 3.4-rasmda u 2-nuqtaga mosdir, bunda har 1 kg havoning quruq qismiga I1 kJ issiqlik berilgan bo‘ladi. Sovuq quruq sirt bilan konvektiv issiqlik almashinish natijasida havo sovish jarayonida faqat oshkora issiqlikni beradi. I-d-diagrammasida bu jarayon d=const chizig‘i bo‘yicha yuqoridan pastga bo‘lgan yo‘nalishga mosdir; masalan, 1-holatdan 3-holatgacha havo soviganda (3.4-rasm. qarang) 1kg. havoning quruq qismidan I2 kJ issiqlik olingan bo‘ladi. Faqat oshkora issiqlikni berish bilan oqib o‘tadigan havoning sovitish jarayoni, 4-nuqtagacha (3.4-rasm. qarang), ya’ni d1= const nurning = 100chizig‘i bilan kesishguncha sodir bo‘lishi mumkin. Bu nuqta havoning shudring nuqtasiga mosdir. Sovitish davom etilsa, havodagi suvning bug‘lari kondensatsiyalanadi va havoning issiqlik namlik holatining o‘zgarishi = 100 chizig‘i bo‘yicha pastga chap tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, masalan 5-nuqtagacha = 100 chizig‘i bo‘yicha sovitish faqatgina oshkora issiqlikni berish bilan bog‘liqdir, shuning uchun bu jarayon murakkabroq bo‘lgan issiqlik va namlik almashish jarayoniga kiradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling