Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Izotermik namlanish jarayoni


Download 1.6 Mb.
bet33/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

Izotermik namlanish jarayoni. Agar havoga, u quruq termometr bo‘yicha ega bo‘lgan haroratiga teng haroratli bug‘ berilsa, unda havo o‘zining haroratini o‘zgartirmasdan turib, namlanadi. Havoni bug‘ bilan izotermik namlanish jarayonini I-d-diagrammasida t=const chiziqlar bo‘yicha kuzatish mumkin. Parametrlari 1-nuqta bilan aniqlangan havoga bug‘ berilsa (3.5 – rasmga qarang), havoning holati t1=const chizig‘i bo‘yicha o‘zgaradi (chapdan o‘ngga). Namlanishdan so‘ng bu izoterma bo‘yicha havoning holati ixtiyoriy nuqtaga mos bo‘lishi mumkin, masalan, d2 namlik assimilyasiyasida 4- nuqta. Mazkur jarayonda havoning oxirgi holati t1 chizig‘ining va =100 chizig‘ining kesishish nuqtasi 5 dir.
Issiqlik va namlik almashinuvidagi politropik jarayoni. Konditsiyalashda havo holatining o‘zgarishlari ko‘p jarayonlarda havoga bir vaqtning o‘zida issiqlik va namlikning berilishi yoki olinishi bilan bog‘liqdir. havo holatining bunday o‘zgarishlari, masalan, xonalarda sodir bo‘ladi, bu erda bir vaqtning o‘zida oshkora issiqlik va suvning bug‘lari ajralib chiqadi yoki bir vaqtning o‘zida havo sovitiladi va quritiladi. Havoda assimilyasiyalangan issiqlik va namlik miqdorlarning ixtiyoriy nisbatida, havo holatining o‘zgarishini I-d-diagrammada har xil yo‘nalishga ega bo‘lgan chiziqlar bilan ko‘rsatish mumkin (3.6-rasm).


3.6-rasm. Nam havo holatining harakterli o‘zgarishlari
1-2-quruq isish; 1-3-namlanib isish; 1-4-adiabatali namlanish; 1-5-quruq sovush; 1-6-qurutilib sovush

Agar havo quruq qismining sarfi G kg/soat bo‘lgan havo oqimiga, Q kj/soat issiqlik va W kg/soat namlik berilsa, unda uning entalpiyasi I kJ/kg ga:


Q= GI, (3.20)
tarkibiy namligi esa- d’ kg/kg ga o‘zgaradi:
W= Gd’ (3.21)
(3.21) va (3.22) tenglamalarning o‘ng va chap tomonlarining nisbati, I-d-diagrammasida havo holati o‘zgarishi jarayon nuri yo‘nalishining ko‘rsatkichi bo‘lib, burchak koeffitsienti ga tengdir.
= Q/W=I/d’ (3.22)
Xonalarda yoki kameralarda ishlov berilganda havo holatining o‘zgarishi uning entalpiyasi va tarkibiy namligi o‘zgarishiga olib keladi. Havoning boshlang‘ich holatini va sarfi G ni, to‘liq issiqlik kirishi Q ni va havoga namlik berilishi W ni bilib turib, ko‘rsatkichi va I-d-diagrammasidan foydalanib, havoning oxirgi parametrlarini aniqlash mumkin. Boshqa hollarda, qolgan kattaliklar berilgan bo‘lib, noma’lumlar qatorida: havoning sarfi G, issiqlik Q va namli W bo‘lishi mumkin.
Ixtiyoriy ko‘rsatkichi politropik jarayon, o‘z ichiga havo holatining hamma mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarini oladi (3.7-rasmga qarang).
Misol: 1-havoning boshlang‘ich holati; 1-2 o‘zgarmas namlik miqdorida havoning isitish jarayoni ; bu jarayon isitgichlarda oqib o‘tadi (kaloriferlarda)
;
1-3-havoni isitish va namlash jarayoni
;
1-4-havoni adiabatali namlash jarayoni (adiabatik deb nam havoning o‘zgarmas entalpiyasi bilan oqib o‘tadigan jarayoniga aytiladi, ya’ni havoga issiqlik berishsiz yoki olishsiz amalga oshirilgan jarayonga).
;
1-5-o‘zgarmas namlik miqdorida havoni sovitish jarayoni (quruq sovitish):
;
1-6-havoni sovitish va quritish jarayoni:
.
I-d-diagrammasida chiziqlarni qurish uchun burchak masshtabi quriladi. Bir xil burchak koeffitsientiga ega bo‘lgan jarayonlar parallel chiziqlar bilan quriladi.
Konditsiyalashda ba’zi bir hollarda, xonaga beriladigan tashqi havoni ichki havo bilan aralashtirishadi (ichki havoning retsirkulyasiyasi, ya’ni qayta aylanish). Har xil holatlardagi havo massalarini aralashtirishning boshqa hollari ham bo‘lishi mumkin. I-d-diagrammasida havoning aralashish jarayoni, aralashayotgan havo massalarining holatini aniqlovchi nuqtalarini birlashtiruvchi to‘g‘ri chiziq bilan ko‘rsatiladi. Agar 1 holatida bo‘lgan (4.7-rasm) G miqdordagi havoni, 2 holatida bo‘lgan nG miqdordagi havo bilan aralashtirilsa, unda 3 aralashma nuqtasi 1-2 kesmani yoki t1-2 va d1-2 bo‘lgan uning proeksiyalarini 1-2, 3-2 qismlarga yoki t1-3, t3-2 va d1-3, d3-2 ga bo‘ladi:
. (3.23)
SHunday qilib, aralashma nuqtasini topish uchun, 1-2 to‘g‘ri chiziqni yoki uning proeksiyalarini n+1 qismiga bo‘lib, 1-nuqtadan bir qism, qolgan n qismlarni 2- nuqtagacha o‘lchab qo‘yish lozim. Bunday chizish aralashma nuqtasining joylashishini aniqlaydi. Aralashma 3’ nuqtasi =100% chizig‘idan pastroq bo‘lishi ham mumkin. Aralashish natijasida tuman hosil bo‘lganini (havodagi suv bug‘laridan tomchilar hosil bo‘lishini, kondensatsiyalanishini) ko‘rsatadi.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling