Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
3.7-rasm. Har xil holatidagi ikki massa havoning aralashish rejimi tasvirlangan I-d-diagrammasi
Ishlab chiqarish korxonalarida zararli moddalarning turlari va ularni olib tashlash usullari. Tayanch so‘z va iboralar:zararli gaz, chang, bug‘lar, siklon, filtr, xavoni olib keluvchi va olib ketuvchi ventilyatsiya, mahalliy ventilyatsiya Sanoat binolarda ulardan tashqari xonaga gazlar, zararli moddalar bug‘lari, changlar, ortiqcha suv bug‘lari ro‘y beradi. Ishlab chiqarish jarayonida odatda ishchi xonalarni havosiga, odam sog‘lig‘iga zararli bo‘lgan gazlar va zararli moddalar bug‘lari ajralib chiqadi. Bundan tashqari, ishlab chiqarish xonalarni havosiga katta miqdorda issiqlik, namlik va chang kirishi mumkin. Ularni ta’sirida xonalarni havosini harorati, namligi va changlanish ko‘payadi. Xonadagi odamlardan ham xonani havosiga issiqlik, namlik, SO2 va boshqa gazlar ajraladi. Xonalarning havosiga zararli gazlar, bug‘lar, issiqlik, namlik va changlar kirishi natijasida xonadagi havoning kimyoviy tarkibi va fizik holati o‘zgaradi, bu esa odam o‘zini yaxshi xis etishiga, uning sog‘lig‘iga ta’sir etadi va ishlash sharoitini yomonlashtiradi. Zararli moddalar deganda odam organizmiga tushib unda zaharlanish yoki har xil kasalliklarga olib keladigai moddalar tushuniladi. Asosiy zararliklar: issiqlik, namlik, gaz va zararli moddalarni bug‘lari, chang. Xonaga kirayotgan issiqlik bu odamlardan va texnik jihozlardan ajraladigan issiqliklar odamlardan ajraladigan issiqlik miqdori ularni harakatiga va xonaning haroratiga bog‘liq. Ularning sonini belgilangan adabiyotlardagi jadvallardan olish mumkin. Kimyoviy ta’siri bo‘yicha gaz va zararli moddalar bug‘lari ikki turga bo‘linadi: Odam organizmiga kimyoviy ta’sir ko‘rsatadigan moddalar Kimyoviy ta’sir ko‘rsatmaydigan moddalar Moddalarning zaharlilik darajasi (toksichnost) ularning kimyoviy strukturasiga, fizik xususiyatlariga va agregat holatiga bog‘liqdir. CHanglar ikki turga bo‘linadn: Zaharli (ko‘rg‘oshin, simob va boshqalar) Zaharli bo‘lmagan (qum, asbest va boshqalar) Zaharli bo‘lmagan changlar odam organizmiga uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatsa u har xil o‘pka kasalliklarga olib keladi (silikoz, asbestioz va boshqalar). Organiq va organiq bo‘lmagan, yonadigan moddalarni maydalash jarayonida hosil bo‘lgan changlar ko‘pincha portlashga xavfli bo‘ladi. Buning sababi chang holatida bu moddalarning yoqilg‘i yuzasi keskin ortib ketadi va yonish tezligi ko‘payib portlashga olib keladi. Bunday changlarga un, ko‘mir, tamaki, shakar changlari kiradi. turlariga, ularni tashqi yuzasining haroratiga va hokazolarga karab topiladi. Namlik (suv bug‘lari) odamlardan va texnologik jihozlardan ajraladi. Namlikning miqdorini issiqlik miqdoriga o‘xshash usuli bilan topiladi. Gazlar va zararli moddalar bug‘lari texnologik jarayonda ajraladi va sanitar – gigienik me’yorlarda ularning chegaraviy ruxsat etilgan konsentratsiyasi (PDK) belgilanadi. Mahalliy otsoslar ifloslangan havoni zararli moddalar ajrab chiqqan joydan so‘rab chiqarishga imkoniyat tug‘diradi. Bu esa zararli moddalarning so‘rib chiqariyotgan havoda konsentratsiyasini umum almashuv ventilyasiyaga nisbatan yuqoriroq olishga sharoitlar yaratadi va toza havo sarfini kamaytirshga imkoniyat yaratadi. Demak, havoga ishlov berish jarayonida sarflanadigan harajatlar kamayishiga olib keladi. Mahalliy otsoslarning sanitar – gigienik ahamiyati ularni zararli moddalarni ishlash zonasiga tarqalishini oldini olishdan iboratdir. Sanitar – gigienik talablaridan tashqari mahalliy otsoslarga quyidagi texnologik talablari qo‘yiladi: Zararli moddalar paydo bo‘ladigan joylar texnologiya yo‘l qo‘yish darajada yopilish kerak, texnologik jarayon bo‘yicha ochiq bo‘lishi talab etilgan joylarni o‘lchamlari minimal olinishi lozim; Mahalliy otsoslar ishlarga va ish unumdorligini kamayishiga olib kelishi mumkin emas. Zararli moddalar tabiiy yo‘nalishi bo‘yicha so‘rib chiqarilishi lozim, ya’ni issiq gazlar va bug‘lar yuqoridan, sovuq vya og‘ir gazlar va changlar pastki qismlardan. Mahalliy otsosni to‘zilishi oddiy bo‘lib kam gidravlik qarshilikka ega bo‘lishi lozim. Ular engil echilib va joyig‘a ko‘yilish kerak. Mahalliy otsoslar yarim ochiq, ochiq va to‘la berk bo‘lishi mumkin. YArim ochiq otsoslarda zararli moddalarning manbai ichki qismidan joylashgan. Misol tariqasida surma shkaflarni, shamollatish kameralarni va kabinalarni keltirish mumkin, bundan tashqari ularga vitrinali otsoslari, dastgohlar ustidagi otsoslari kiradi. Butunlay berk otsoslar odatda mashina yoki apparatlarning kojuxini qismi bo‘lib, mayda tirqishlar va tirqishlarga ega bo‘ladi. Bu tirqishlardan otsosga tashqi muhitdan toza havo kiradi. Misol tariqasida elevatorlarni, tegirmonlarni, va boshqalarni keltirish mumkin. Surma shkaflar. Tabiiy ventilyasiyani surma shkaflarining oldi qismi ochiq bo‘lib, qolgan tamonlari yopiq bo‘ladi. Ochiq joydan bajariladigan jarayon ko‘zatiladi. SHkaf ichida paydo bo‘ladigan zararli moddalar havo bilan tashqi muhitga surilib chiqariladi. Mahalliy shamollatish tizimlari toza havo to'g'ridan-to'g'ri ish joyiga yoki dam olish joyiga etkazib beradi. Tizimning qamrov zonasida, butun xonadagi sharoitdan farq qiladigan va o'rnatilgan talablarga javob beradigan sharoitlar yaratiladi. Mahalliy ta'minot shamollatish havoning dushlari va vohalarini o'z ichiga oladi. Havo dush - bu mahalliy, odamga yo'naltirilgan, havo oqimi. Havo dush zonasida xonaning butun hajmidagi sharoitdan farq qiladigan sharoitlar yaratiladi. Havo dushining yordami bilan quyidagi parametrlar mavjud: insonning harakatchanligi o'zgarishi mumkin; harorat namlik ma'lum bir xavfning konsentratsiyasi. Ko'pincha issiq dush do'konlarda, issiqlik nurlanishiga duchor bo'lgan ish joylarida havo dushidan foydalaniladi. Mahalliy ravishda katta shamollatiladigan shamollatishga havo oazlari kiradi - xonaning qolgan qismidan 2–5 metr balandlikdagi harakatlanuvchi bo'linmalar bilan o'ralgan xonalar, past haroratli havo quyiladi. Mahalliy shamollatish umumiy shamollatishdan kamroq. Gazlarvazararlimoddalarbug‘laritexnologikjarayondaajraladivasanitar – gigienikme’yorlardaularningchegaraviyruxsatetilgankonsentratsiyasi (PDK) belgilanadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling