Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Hisobiy suv sarfi va erkin bosimini aniqlash
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
Hisobiy suv sarfi va erkin bosimini aniqlash.
Tayanch so‘z va iboralar: sutkalik suv sarfi, soatbay suv sarfi, bino va inshootlarga bog‘liqlik, yashash binolari, sutkalik va kunlik notekislik koeffitsienti, erkin suv bosimi, geodezik balandlik, bosimni yo‘qolishi, ishchi bosim. Hisoblanadigan suv tizimlaridagi umumiy kunlik suv sarfi suv iste’molchilari toifasi va soniga qarab aniqlanadi. Ko‘pincha suv ta’minoti obyektlarida bitta suv ta’minoti tizimi quriladi, ular turar-joylarga va ma’muriy binolarga xo‘jalik-ichimlik; sanoat korxonalari ishchilariga xo‘jalikichimlik va sanitariya ehtiyojlari uchun; texnologik jarayon (ichimlik suv talab qiladigan sanoat korxonalari) uchun suv uzatadi. Ba’zi bir korxonalarga texnologik jarayon uchun tozalanmagan suvni yuborish mumkin. Umumiy suv ta’minoti tizimi tanlanganda, ular aholi va sanoat korxonalariga ichimlik suv yetkazib berish bilan birga ko‘katlarni sug‘orish, yo‘lkalarga suv sepish, shahar va sanoat korxonalaridagi yong‘inni o‘chirish uchun ham suv bilan ta’minlay olishini e’tiborga olish lozim. Ma’lum sharoitlarda shaharda joylashgan sanoat korxonalarining suv sifatiga qo‘yadigan talablariga ko‘ra, bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan bir nechta suv ta’minoti tizimi qurilishi mumkin. Shunday qilib, xo‘jalik-ichimlik va maishiy-ichimlikka sarflanadigan umumiy o‘rtacha kunlik suv miqdori quyidagi ifoda orqali aniqlanadi: Qkunlik o‘rtacha = (q1 + q2 )•N/1000 bu yerda: q1 va q2 — solishtirma suv iste’moli, l/kun; N — obodonlashtirish darajasi har xil turarjoydagi aholi soni. Suv ta’minoti tizimida kunlik o‘rtacha suv sarfi to‘g‘risidagi ma’lumot yetarli emas, chunki suv ta’minoti tizimi aholini har xil sharoitda suv bilan ta’minlashi shart. Shaharda yil davomida har kuni sarflanadigan suv miqdorining o‘rtacha suv sarfini aniqlash uchun bir kunlik suv iste’molining notekislik koeffitsiyentini Kkun bilish kerak. Suv iste’molining bir kundagi notekis koeffitsiyenti aholi turmush sharoitini, sanoat korxonalarining ish rejasini, binolarning obodonlik darajasini, yil davomida, fasl va hafta davomida suv iste’molining o‘zgarishini inobatga oluvchi koeffitsiyentdir, bu qiymat KMK—204.02.97 dan. Kkun.maks. = 1.1—1.3; Kkun min. = 0.7—0.9 qiymatlarga teng. Bir kecha-kunduzdagi maksimal suv sarfi va minimal suv sarfi quyidagi ifodada aniqlanadi: Qkun maks. = Kkun maks. •Qkun o‘rtacha, m3 /kun; Qkun min. = Kkun min. •Qkun o‘rtacha, m3 /kun. Bir soatlik hisobli suv sarfi quyidagi ifodada aniqlanadi: qsoat maks. = Ksoat maks.•Qkun maks./ 24, m3 / soat; qsoat min. = Ksoat min.•Qkun min./ 24, m3 / soat. bu yerda: Ksoat maks., Ksoat min. — bir soatdagi maksimal va minimal suv iste’mol qilishning notekis koeffitsiyenti. Bir soatdagi suv iste’molining notekis koeffitsiyenti quyidagi ifodada aniqlanadi: Ksoat maks = amaks•bmaks Ksoat min = amin•bmin bu yerda: a — binolarning obodonlik darajasi, sanoat korxonalarining ish rejimi va boshqa mahalliy sharoitlarni inobatga oluvchi koeffitsiyent, bu qiymat KMK-2 04.02.97. amaks = 1.2 - 1.4 : amin = 0.4 - 0.6 oralig‘ida qabul qilingan. b — aholi turar-joyidagi aholi sonini inobatga oluvchi koeffitsiyent va KMK-2 04.02.97. 1.8 jadvaldan olinadi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling