Bosim orttiruvchi nasos uskunasi
Download 1.6 Mb.
|
Binnnooooooo
Xavoni qayta ishlash.
Tayanch so‘z va iboralar:I-d diagramma, isitish, sovutish, namlash, quritish jarayonlari. Bu diagramma havoning hamma parametrlarini bir – biri bilan bog‘laydi. Diagrammani 1918 yilda prof. L.K. Ramzin taklif etgan. Qiya burchak koordinat tizimida quriladi, abssissa va ordinata o‘qlari orasidagi burchak 135ga teng (3.1-rasm). Abssissa o‘qi bo‘ylab havoning tarkibiy namligi miqdori d qo‘yiladi, ordinata o‘qiga esa uning entalpiyasi I. Bundan tashqari diagrammada bir xil haroratlar t (izotermalar), nisbiy namlik , zichlik , suv bug‘larining parsial bosimi Rs.b. chiziqlari o‘tkazilgan. Diagramma konkret atmosfera bosimi uchun quriladi. Qurish paytida nam havoning termodinamik tenglamalaridan foydalaniladi. Masalan: Izotermalar t= const qurish paytida entalpiya uchun bo‘lgan I = 1,005t + (2500 + 1,8t) d/1000tenglamadan foydalanamiz. t=const bo‘lganda I = a + vd , bu erda a va v – o‘zgarmas sonlar. Bu to‘g‘ri chiziq tenglamasi, demak izotermalar ham to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi. Har bir chiziqni ko‘rish uchun 2 – ta nuqtani bilish etarli. t= 0S chiziqni ko‘ramiz. Birinchi nuqtamiz koordinata boshida bo‘ladi, ya’ni: t = 0C da d= 0 g/kg, I= 0 kJ/kg t = 0C da d= 4 g/kg, I= 1,005 · 0+(2500+1,8 · 0) 4/1000 =10 kJ/kg Diagramma havo holatining faqat parametrlarini aniqlashda emas, balki uning holatini istalgan ketma – ketlikka va har xil jarayonlarda: qizdirilganda, sovitilganda, namlanganda, quritilganda, aralashtirilganda, o‘zgarishini qurish uchun juda qulaydir. Isitish eng oddiy jarayon bo‘lib, unda quruq issiq sirtdan havoga konvektiv issiqlik almashinish orqali oshkora issiqlik beriladi. Bu jarayonda havoning tarkibiy namligi o‘zgarmaydi, shuning uchun I-d-diagrammasida isitish jarayoni d=const chizig‘i bo‘yicha pastdan yuqoriga yo‘nalgan bo‘ladi. Agar havoni 1 nuqtadagi (t1, 1, 3.4-rasm) parametrlari bilan kaloriferda qizdirsak, unda bu jarayon 1 nuqtadan d1=const chizig‘i bo‘yicha tik yuqoriga yo‘nalgan to‘g‘ri chiziq bilan ifodalanadi. 3.4-rasm. Isitish va sovitish jarayonlari ko‘rsatilgan I-d – diagrammasi Havoga qanchalik ko‘p issiqlik berilsa, u shunchalik ko‘p qiziydi va d1=const chizig‘i bo‘yicha isitilgan havoning holatiga mos bo‘lgan nuqtasi yuqoriroq joylashadi. 3.4-rasmda u 2-nuqtaga mosdir, bunda har 1 kg havoning quruq qismiga I1 kJ issiqlik berilgan bo‘ladi. Sovuq quruq sirt bilan konvektiv issiqlik almashinish natijasida havo sovish jarayonida faqat oshkora issiqlikni beradi. I-d-diagrammasida bu jarayon d=const chizig‘i bo‘yicha yuqoridan pastga bo‘lgan yo‘nalishga mosdir; masalan, 1-holatdan 3-holatgacha havo soviganda (3.4-rasm. qarang) 1kg. havoning quruq qismidan I2 kJ issiqlik olingan bo‘ladi. Faqat oshkora issiqlikni berish bilan oqib o‘tadigan havoning sovitish jarayoni, 4-nuqtagacha (3.4-rasm. qarang), ya’ni d1= const nurning = 100chizig‘i bilan kesishguncha sodir bo‘lishi mumkin. Bu nuqta havoning shudring nuqtasiga mosdir. Sovitish davom etilsa, havodagi suvning bug‘lari kondensatsiyalanadi va havoning issiqlik namlik holatining o‘zgarishi = 100 chizig‘i bo‘yicha pastga chap tomonga yo‘nalgan bo‘ladi, masalan 5-nuqtagacha = 100 chizig‘i bo‘yicha sovitish faqatgina oshkora issiqlikni berish bilan bog‘liqdir, shuning uchun bu jarayon murakkabroq bo‘lgan issiqlik va namlik almashish jarayoniga kiradi. Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling