Bosim orttiruvchi nasos uskunasi


Havoalmashuvinitashkiletishsxemalari


Download 1.6 Mb.
bet56/94
Sana17.06.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1531109
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94
Bog'liq
Binnnooooooo

.Havoalmashuvinitashkiletishsxemalari
Tayanch so‘z iboralar:havo almashinuv sxemalari, so‘rish vahaydash tizimi, mahalliy va markazlashgan tizimlar, havoalmashuvi miqdori

Ventilatsiya deganda binolarni toza havo bilan ta'minlash, havo


almashtirish va talab qilinadigan havo muxitini yaratish tizimlari
tushuniladi. Ventilatsiya orqali xonalardan gazlar va zararli moddalar
bug'lari, changlar, ortiqcha suv bug'lari, issiqIik chiqarib yuboriladi va
tashqaridan toza havo beriladi.
Ventilatsiya tizimlari quyidagi asosiy konstruktiv belgilari va
parametrlari bo'yicha tasniflanadi:
1. Bajaradigan vazifasiga ko'ra ventilatsiya - oqib kelish va so'rib
chiqarish turlariga bo'linadi.
Oqib kelish tizimlari deb, xonalarga toza havo uzatadigan ventilatsiya
tizimlariga aytiladi. So'rib chiqarish tizimlari esa xonalardan ifloslangan
havoni tashqariga chiqarib yuborishga xizmat qiladi.
2. Xonaga oqib keluvchi va xonadan so'rib chiqarib yuboriladigan
havoni harakatga keltirish usuliga ko'ra tabiiy (tashkil etilgan va tashkil
etilmagan) va mexanik (sun'iy) ventilatsiyaga bo'linadi.
Tashkil etilmagan tabiiy ventilatsiyada xona ichida havo
almashinuvi ichki va tashqi havoning bosimlar farqi natijasida ro'y
beradi. Bunda shamol ta'siri, tashqi to'siq konstruksiyalarining zich
bo'lmasligi, eshik, dyeraza, fortochka, framuga ochilishlari katta
ahamiyatga egadir. Tashkil etilgan tabiiy ventilatsiyada xona ichida
havo almashinuvi ichki va tashqi havoning bosimlar farqi va shamol
ta'sirida ro'y beradi, ammo bu holda havoning asosiy qismi tashqi
to'siqlarda maxsus o'rnati!gan v~ o~hili~h darajasi ro~tlanadi~an
framugalar orqali almashadl. Ventdatslyanmg bunday tun ayeratslya
deb aytiladi.
Sun'iy ya'ni mexanik, ventilatsiya tizimlarida havo xonalarga
ventilatorl~r yordamida ham uzatilib, ham tashqariga so'rib chiqarib
yuboriladi.
3. Xonalarda havo almashinuvini tashkil etilishiga ko'ra - ventilatsiya
umumiy havo almashinuvi (o6meo6MeHHaH) (3.1-rasm), mahalliy
(JIOKaJIH3YlOmaH, MeCTHaH), aralash (cMemaHHaH), avariyali va tutunga
qarshi ventilatsiyaga bo'linadi.
Umumalmashinuv ventilatsiya butun havo bo'yicha bir xiI havo
muhitini ta'minlashga xizmat qiladi. Bunday ventilatsiya oqib kelish,
so'rib chiqarish yoki bir paytda oqib kelish va so'rib chiqarish
ventiIatsiyasini o'z ichiga olishi mumkin.
Mahalliy so'rib chiqarish ventilatsiya tizimlarida zararli moddalar
bug'lari va gazlar to'g'ridan-to'g'ri paydo bo'lganjoylaridan tashqariga
chiqarib yuboriladi. Mahalliy oqib kelish ventilatsiyasi faqat toza havo
berish kerak bo'lgan ma'lumjoylarga beriladi. Bunday ventilatsiya havo
dushlari kabi havoning yerkin oqimlarini ish joyiga yuboradi.
Aralash ventilatsiya tizimlari, asosan, san oat ishlab chiqarish
xonalarida ishlatiladi, ular mahalIiy va umumiy havo almashinuvli
tizim1arini o'z ichiga oladilar.
Avariyali ventilatsiya uskunalari faqat to'satdan ko'p miqdorda
zararli moddalar bug'lari va gazlar ajrab chiqish mumkin bo'Igan
xonalarda ishlatiladi. Bu uskunalar tezda zararli moddalar bug'larini
va gazlami chiqarib yuborish kerak bo'lgan paytda ishga tushiriladi.
Tutunga qarshi ventilatsiya yong'inning boshlang'ich bosqichida
odamlarni xonalardan evakuasiya qilinishini ta'm'inlash uchun
ishlatiladi.
Ventilatsiya tizimlarining effektiv ishlashi xonalarga havoni to'g'ri
uzatish va ulardan so'rib chiqarish chizmalarga bog'liqdir. Havo
parametrlarini xona hajmida taqsimlanishi, birinchi navbatda, havo
taqsimlovchi uskunalarining konstruktiv yechimlari bilan aniqlanadi.

Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling