Elektrodvigatellardan ajraladigan issiqlik oqimi.
Elektrodvigatellardan ajralib chiqadigan umumiy issiqlik oqimi quyidagicha aniqlanadi:
Q el.dv.=No‘r K foy Kyuk Kbir (1- +Kfoy ), Vt (4.11)
bu erda: No‘r-o‘rnatilgan elektrodvigatelning quvvati, Vt; Kfoy=0,7-0,9-o‘rnatilgan quvvatidan foydalanish koeffitsienti; Kyuk=0,5-0,8 - yuklanish koeffitsienti; Kbir=0,5-1-elektrodvigatelning birdaniga ishlash koeffitsienti; Kfoy=0,1-1-mexanik energiyasi issiqlik energiyasiga o‘tish koeffitsienti.
Pechlardan va boshqa jihozlardan chiqadigan issiqlik oqimi
Q=yuz F (tyuz - tx), Vt (4.12)
bu erda: -issiqlik berish koeffitsienti; Vt/m2 0S; F-jihozning yuzasi, m2; tyuz-tashqi yuzaning harorati, 0S; tx-xonadagi havoning harorati, 0S.
Materiallar sovushida ajraladigan issiqlik oqimi
Qmat=0,278Ms(tb - tox),Vt (4.13)
bu erda: M–materiallar massasi, kg; s–materialning o‘rtacha issiqlik sig‘imi, kJ/kg0S; tb -materialning boshlang‘ich harorati, 0S; tox-materialning oxirgi harorati, 0S; -issiqlik berishni vaqt bo‘yicha o‘zgarishini hisobga oluvchi o‘lchamsiz koeffitsient.
Quyosh radiatsiyasining issiqlik oqimini aniqlash
Quyosh radiatsiyasining issiqligi tashqi to‘siqlar: deraza, devor, shift orqali xonaga kiradi.
Derazadan quyosh radiatsiyasi orqali kiradigan issiqlik oqimini aniqlash
Deraza orqali xonaga kirayotgan issiqlik oqimini qo‘yidagi formula yordamida topish mumkin
Qmax =(qyor Fyor +qs Fs)Kn.o‘. , Vt (4.14)
bu erda: qyor ,qc - mos ravshida quyoshdan yoritilgan va soyada bo‘lgan 1 m2, bir qavatli, oddiy, qalinligi =2,43,2 mm oyna orqali xonaga kirayotgan issiqlik oqimi, Vt/m2; Fyor, Fs- mos ravishda quyoshdan yoritilgan va soyada bo‘lgan oynaning yuzasi, m2; Kn.o‘ - oynadan quyosh radiatsiyasi nisbiy kirish koeffitsienti.
Qurilish joyining jo‘g‘rofiy kengligi va bino oynalarining orientatsiyasiga qarab maksimal yoki belgilangan hisobiy soat uchun qyor, qc qiymatlari aniqlanadi.
Oynani quyosh azimuti Ao,q<900 bo‘lganda. ya’ni tik oyna ayrim yoki to‘liq quyosh nuri bilan yoritilgan bo‘lganda
qyor=( qto‘g‘r+ qtarq ) k1k2 (4.15)
Agarda tik oyna soyada joylashgan bo‘lsa, ya’ni Ao,q900 bo‘lganda, yoki oynaning tashqarisidan quyoshdan ximoya qiluvchi qurilmalardan soya tushsa
qs = qtarq k1k2 (4.16)
Bu formulalarda qto‘g‘r , qtarq mos ravishda to‘g‘ri va tarqoq quyosh radiatsiyasining issiqlik oqimini eng katta qiymati 4.4-jadvaldan olinadi; k1-atmosfera iflosligini va deraza panjarasidan tushgan soyani e’tiborga oluvchi tuzatish koeffitsienti, 4.5-jadvaldan qabul qilinadi; k2–oynani iflosligini hisobga oluvchi tuzatish koeffitsienti, 4.6-jadvaldan olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |