Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi fakulteti
Download 55.08 Kb.
|
Shahrizoda
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy qismda
1.2 Maqola yozish usullari
Maqola , odatda , kirish, asosiy qism va xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Kirish - mazkur ishda o'rganilayotgan muammolar bo'yicha ilmiy adabiyotning obzoridir, kitobxon masalaning qaysi tomonlari tadqiq etilganligi, qay jabhalari o'rganilganligi, nima o'rganilmay qolganligi- ni va bu o'rganilmagandan mazkur tadqiqotchi nimani o'rganmoqchi bo'lganligi va nima sababdan aynan shu savollarni hozirda o'rganishga qaror qilib, zarur deb topganini aniqlay oladigan tarzda tuziladi. Bu savollarga javoblar mavzuni tanlashni asoslab beradi va shu bilan bir qatorda uning dolzarbligini ham isbotlaydi. Kirishda tadqiqotning maqsad va vazifalari aniqlanadi, material tahlilda tadqiq etilgan uslubni ko'rsatish ham maqsadga muvofiq. Bundan tashqari til materialining umumiy xarakteri - uning manbalari, tanlash tamoyillari, o'rganilganlik darajasini ko'rsatish ham maqsadga muvofiq bo'ladi. So‘zboshi ham kirish, muqaddima bo‘lib, u, odatda, o‘quv-uslubiy ishlarda yoziladi. Unda darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanma, risolaning yozilish maqsadi va tuzilish tartibi haqida qisqa ma’lumot beriladi, materialning asosiy mazmuni va boshqa turdosh adabiyotlardan farqli jihatlari ifodalanadi. So‘zboshida o‘quv fanining ahamiyati, uning boshqa fanlar orasidagi o‘rni haqidagi ma’lumotlar ham berilishi mumkin. Asosiy qismda nazariy ma’lumotlar, o‘rganilayotgan masalalarga muallif nuqtai nazari beriladi. Tadqiqot predmeti maksimal darajadagi to‘liq tavsiflanadi. Tadqiqot ishida ilgari surilatgan fikr, mulohaza, dalillar orqali taqdim etilgan nazariya muallif nuqtai nazari, til materiallarini taqdim qilish uslubi, tahlil orqali talqin etiladi. Asosiy qismda nazariy asoslarni bayon etish va isbotlash qoida va ta’riflar, misollar va dalillar vositasida beriladi. O‘rganilayotgan masalaning asosiy jihatlari boblar va bo‘limlarga bo‘lingan holda bayon etiladi, bunda har bir bob va bo‘limlarning ichki qismlari mazmun izchilligi va o‘zaro uzviylik asosida bog‘lanib, yaxlit tugallangan ishni tashkil etadi. Download 55.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling