Bosma ommaviy axborot vositalari jurnalistikasi fakulteti


Download 55.08 Kb.
bet4/6
Sana07.04.2023
Hajmi55.08 Kb.
#1339018
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Shahrizoda

Xulosalarni ifodalash - bu natijalarni ifodalashdir. Bundan tashqari xulosalar bu asosiy qismga taqqoslagan holdagi natijalarni tavsiflashdagi yangi nuqtai nazardir. Ular bir-birlari bilan o`zaro taosirda umumlashtirilib anglaniladi. Bundan tashqari fanda olingan boshqa natijalar bilan ham taqqoslanadi. Bu xulosalarni ifodalashda asosiy qismda taqdim etilmagan yangi material birdaniga paydo bo`lib qoladi degani emas. Aksincha, xulosalar mazkur tadqiqotda mazkur muallif tomonidan topilgan barcha yangiliklar mujassamlashgan holda aks etadi va bu mujassamlikda ilmiy tadqiqot ishining zaruriy tuzilmaviy komponenti sifatidagi xulosalarning mohiyati mavjuddir.
Natijalardan tashqari xulosada mazkur ishda erishilgan yutuqlar tufayli keyingi tadqiqotlarning aspekt va yo`nalishlari ko`rsatilgan bo`lishi mumkin. YAoni amalga oshirilgan tadqiqotlarning istiqbollari aniqlanishi, olingan natijalarni qo`llanish sohasi tavsiflanishi mumkin.


2.1 Tahliliy jurnalistikada maqola


Tahliliy publitsistikaning markaziy janri - maqoladir. Maqola so‘zi arabcha bo‘lib, aytilgan so‘z degan ma’noni bildiradi. Maqola deb jamiyat hayotining biror sohasi bo‘yicha ma’lum bir masala, muammo ko‘tarib chiqilgan publitsistik materialga aytiladi. Maqolada muayyan mavzu yuzasidan hayotdan olingan fakt, voqea va hodisalarni umumlashtirish asosida ma’lum bir fikrlar, taklif va mulohazalar oldinga suriladi, ilmiy, nazariy, amaliy va publitsistik — ijtimoiy-siyosiy xulosalar chiqariladi. Publitsistikaning bu janri insonning tashqi dunyoni bilishdagi eng muhim nazariy uslubi - deduksiya, tahlil, tadqiqotga asoslanadi. Agarda axboriy janrlar jamiyat hayotining ko‘zga ko‘rinib turgan tashqi jihatlari - yuz bergan voqea va hodisa, faktlami aks ettirish, tahliliy publitsistikaning boshlang‘ich janri bo‘lgan korrespondensiya esa bu fakt voqea va hodisalarning sababi va oqibati, ya’ni mohiyatini bilish uchun olib borilgan dastlabki urinish, hayotning chuqur qatlamlariga kirib borish uchun qo‘yilgan dastlabki qadamdan iborat bo‘Isa, maqolani ana shu fakt, voqea va hodisalarning mohiyatini to‘la ochib berish, hayotning eng chuqur qatlamlariga keragicha, lozim darajagacha kirib borish, maqsadga imkon darajasida to‘la enshishga qiyos qilish mumkin. Ya’ni, maqola janrining asosiy xususiyati hayot voqea, hodisalari, faktlar majmuasini chuqur tahlil va tadqiq etish, ulardan zarur nazariy, arnaliy va publitsistik xulbsalar chiqarishdir. Boshqacha qilib aytganda maqola insonning dunyoni anglashdagi muhim quroli, bemisl vositasidir. Maqola janri jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab oladi. Unda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish, madaniy-ma’naviy hayotning barcha muhim masalalari o‘z ifodasini topadi. Mazkur janrda jamiyatning shu kundagi, ayni zamondagi hayoti borasidagi fakt, voqea va hodisalar shu kun, ayni zamon uchun yoritiladi, boshqacha qilib aytganda maqola uchun eng muhim talab uning shu kun uchun zarurligi, publitsistikligidir. Maqola ijtimoiy hayotning barcha sohalarini aks ettirar ekan, u o‘z navbatida mavzu jihatidan turli xillarga boiinadi. Bular — ijtimoiy- siyosiy mavzulardagi maqolalar, iqtisodiy-ishlab chiqarishga bag‘ishlangan maqolalar va madaniy-ma’naviy mavzularga tegishli maqolalardir. Ijtimoiy-siyosiy mavzulardagi maqolalar o‘z navbatida ichki va tashqi mavzulardagi maqolalarga boiinadi. Ichki mavzudagi maqolalar mamlakat ichki hayotini o‘zida aks ettirsa, tashqi mavzulardagi maqolalar xalqaro hayot va boshqa mamlakatlarda yuz bergan voqealarga baglshlanadi. Maqolalar yana yozilish nuqtai nazaridan nazariy va amaliy maqolalarga boiinadi. Nazariy maqolalar har bir soha, mavzu yoki masalanmg eng chuqur asosiy-nazariy masalalarini o‘zida aks ettirsa, amaliy tarzdagi maqolalar ana shu nazariy masalalami hayotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Maqola uchun mavzu qilib olingan masalaga qarash, jurnalistning hayotdagi fakt, voqea va hodisalarga munosabati nuqtai nazaridan maqolalar ijobiy yoki tanqidiy boiishi mumkin. Yozilish uslubi bo‘yicha esa maqolalar ilmiy, adabiy-badiiy, publitsistik, hajviy va boshqa xillarga boiinadi. Bu maqolalarning har biri o‘z navbatida yuqorida zikr etilgan maqolalar xillariga taalluqli boiishi mumkin. Maqolalar hajmiga qarab kichik yoki yirik maqola tarzida boiishi mumkin. Ma’lum mavzuga baglshlangan va bir paytda yozilgan maqolalarga esa maqolalar turkumi deyiladi. Maqolalarning bunday xilma-xilligi publitsistikaning muhim qismi boigan tahliliy publitsistikaning o‘zida ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab olishi va ilmiy-adabiy-publitsistik ijodning xilma-xil usullaridan keng foydalanishini ko‘rsatadi. Binobarin, maqolada fanning, dunyoni bilishning umumlashtirish, tadqiqot kabi yollari bilan bir qatorda adabiyot va san’atning obraz va obrazlilik, syujet, kompozitsiya va boshqa tasviriy vositalari ham o‘z ifodasini topadi. Ammo uning eng muhim va birinchi o‘rinda turuvchi uslubiy-ijodiy vositasi bu - publitsistik tadqiqot hisoblanadi. Maqola asosan ommaviy axborot vositalarining gazeta va jumal kabi kolmishlarida, shuningdek almanax, to‘plam va kitoblarda asosiy o‘rin oladi. Nazariy turdagi ilmiy, adabiy-badiiy va boshqa maqolalar asosan jurnallardan joy oladi. Gazetalarda ko‘proq publitsistik maqolalar bosiladi. Ommaviy axborot vositalarining radio va televideniye kabi ko‘rinishlarida maqola janri radio chiqishlar va televizion ko‘rsatuvlar degan nom bilan o‘z aksini topadi. Axboriy agentliklar ham ayrim hollarda maqola janridan foydalanadilar. Internetda ham maqola beriladi, u sayt degan nom oladi. Maqola qaysi xil va turda bolmasin ma’lum bir umumiy tuzilishga, kompozitsiyaga ega boiadi. Maqolada birinchi olinda unda oldinga surilayotgan fikr, aytilmoqchi boigan ma’no turadi. Ya’ni, jurnalist hayotning ma’lum bir sohasi, malum bir mavzu bo‘yicha olib borgan kuzatishlari, topgan fakt va yangiliklari, boiib olgan voqea va hodisalar asosida o‘quvchiga yangi bir fikr, yangi gap aytishi lozim. Bu esa muallifning bu sohani qanchalik yaxshi bilishi, uning barcha tomonlaridan xabardor boiishi, o‘sha soha uchun qanday yangiliklar, yangi yechimlar taklif qila olishidan kelib chiqadi. Bu esa jurnalistdan o‘sha soha bo‘yicha chuqur ixtisoslikka ega bolishini talab qiladi. Masalan, sanoat haqida maqola yozish uchun shu sohaning yetuk mutaxassisi darajasida bilish, iqtisod sohasida yozish uchun esa iqtisodchi, huquq sohasida yozish uchun esa huquqshunos, san’atga oid maqola yozish uchun san’atshunos bolish, yoki bu sohani chuqur bilib olish shart. Bu talab hayotning barcha sohalari uchun ham taalluqlidir. Ammo bu yetarli emas. Maqola yozuvchi jurnalist o‘sha sohaning mutaxassisi darajasida bilimga ega bolish bilan birgalikda mazkur masala hozirgi davr uchun, shu kun uchun nechoglik ahamiyatli ekanligini, uning yechimi hayot uchun, taraqqiyot uchun qanchalik zarur ekanligini ham chuqur tushunishi, bilishi, his qilishi lozim. Bu esa - publitsistikaning bosh talabi, shuning uchun ham maqola tahliliy publitsistikaning asosiy janri hisoblanadi. Maqola uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo'lgan fikr, mulohaza esa hayotdagi fakt, voqea va hodisalarni umumlashtirish, tahlil va tadqiq qilish natijasida vujudga keladi. Fakt, voqea va hodisalarning tahlili esa maqolaning mavzusi, qaysi sohaga bag‘ishlanganligi ya’ni tur va xiliga bogliq. Chunonchi, ilmiy maqolada asosan ilmiy tadqiqot, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi maqolada esa ijtimoiy-siyosiy tadqiqot, adabiy-badiiy maqolada adabiy-badiiy tadqiqot va hokazo olib boriladi. Yuqoridagi tadqiqot turlari orasida publitsistik tadqiqot asosiy o‘rin tutadi. Ko‘rinib turibdiki, axboriy publitsistikada markaziy o‘rm tutuvchi fakt, voqea va hodisalar tafsiloti maqolada ma’lum bir fikr, g‘oyani tasdiqlash uchungina xizmat qiladi. Maqolaninig asosiy maqsadi ijtimoiy hayotning u yoki bu muammolarini aks ettirish va jamoatchilik fikriga havola etishdir.

Download 55.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling