Botanika faniga kirish
Download 0.8 Mb.
|
O’SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI kurs ishi Durdonaga
- Bu sahifa navigatsiya:
- KURS ISHI MAVZU: O’SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI Reja: I.KIRISH:………………………………………………………….………………3 II. ASOSIY QISM
- II BOB. Hujayraning bo`linish hodisasi………………………………………….
- XULOSA………………………………………………..…………………….33-35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….36 KIRISH
O ’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TABIIY FANLAR FAKULTETI BIOLOGIYA VA GEOGRAFIYA YO’NALISHI 303 - GURUH TALABASI ABDURAXMONOVA DURDONANING ________________________________fanidan KURS ISHI MAVZU: O’SIMLIK HUJAYRASINING TUZILISHI Reja: I.KIRISH:………………………………………………………….………………3 II. ASOSIY QISM: I BOB. O’simlik hujayrasining tuzilishi………………………………………….. 1.1 O’simlik hujayra haqidagi ta`limot asoslari………………….…………….......4 1.2 O’simlik Hujayrasi va uning qismlari. ………………………………………..7 II BOB. Hujayraning bo`linish hodisasi…………………………………………. 2.2 Hujayraning bo`linish hodisasi…………………………………………...10-14 2.3 Fermentlar, vitaminlar, antibiotik va fitonsidlar……………...…………...15-17 2.4 Hujayraning kimyoviy tarkibi…………………………………………......18-32 XULOSA………………………………………………..…………………….33-35 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR…………………………………….36 KIRISH Angiliyalik fizik Robet Guk o`zi takomilashtirgan mikroskop bilan 1665 - yilda o`simlik hujayradan iborat ekanligini kashf etdi. XIX asrning birinchi yarimidagina hujayrada yadro, protoplazma borligi aniqlandi. XIX asrning oxirida S.G. Navashin gulli o`simliklarda qo`sh urug`lanish hodisasi borligini kashf etdi. Biz endi yuksak va tuban o`smiliklar organlarining hujayralardan iborat ekanligini, ya`ni ichi yarim suyuq modda bilan to`lgan, bir - biridan pishiq to`siq bilan ajralgan, ko`pi o`z to`sig`i orqali suyuqlikni o`tkazadigan juda mayda alohida pufakchalar yoki hujayralardan iborat ekanligini bilamiz. Bu hujayralarni ko`rishda mikroskopdan foydalaniladi. Yirik hujayralarni masalan: pishgan olma, tarvuz, ildiz tukchalari, paxta tolasi hujayralarini ko`z bilan ko`rsa bo`ladi. Yorug`lik mikroskopida 2000 marta kattalashtirib ko`rsatsa, elektron mikroskopida 200000 marta kattalashtirib ko`rish mumkin. Yorug`lik mikroskopida hujayraning quyidagi qismlari 1. Sitoplazma. 2. Hujayra shirasi - vakuola. 3. Po`sti. 4. Yadrosi ko`rinadi. Elektron mikroskopda esa membrana, teshikcha (porasi), yadrocha, mitoxondriya, endoplazmatik to`r, plastidalar, vaukola, Gol`dji apparati, ribosomalar ko`rinadi. O`simlik hujayrasi o`z ichidagi suyuqlikni o`rab olgan po`stiga ko`ra, ma`lum shaklda bo`ladi, shakli jihatidan hujayra parenxima va prozenxima hujayralariga bo`linadi. Parenxima hujayra uzunligi, kengligi, balandligi taxminan bir xil. Prozenximali hujayralar ikki tomoni uchlangan uzunasiga cho`zilgan bo`ladi. Sitoplazma va yadro hujayraning asosiy elementlaridir. O`simlik hujayrasidan bundan tashqari plastidalar, mitoxondriya, ribosoma va boshqa elementlar bor. Bu organoidlarning yig`indisi protoplast deyiladi. Yadrosiz ko`k yashil suv o`tlari va bakteriyalar. Yadro o`rnida uning vazifasini bajaruvchi DNK (dizeksiribonuklein kislota) uchraydi. Hujayra organelalaridan tashqari sitoplazmada hujayraning umumiy modda almashuvida qatnashadigan turli qo`shimchalar moy tomchilari, kraxmal, kristallar va boshqalar bor. Bular zahira oziqlantiruvchi moddalardir. Yorug`lik mikroskopi yordamida gialoplazma deb ataluvchi bir tarkibli suyuq modda unga yopishgan donachali zarrachalar granulalar ajratiladi. Demak, giaplazma bu sitoplazmaning matriksidir. Sitoplazmada bir qancha organellar mavjud, endoplazmatik to`r, ribosoma, Gol`dji apparati, sferasoma. Sitoplazmaning kimyoviy tarkibi organik moddalar SO2, O2, H, N, Ca, K, P, Cu, rux, kobal`t va boshqalar bor. Oddiy oqsillar sitoplazmada giston, protamin, al`bulin va globulinlar bor. Murakkab oqsillar oddiy oqsil birikmalar - lipidlar, uglevodlar, hamda nuklein kislotalardan tashkil topgan. Hujayra 3 qavatdan tashkil topgan. 1) Tashqi qavat - plazmallema. 2) O`rta qavat - mezoplazma. 3) Ichki qavat - tonoplast deb yuritiladi. Plazmollema - hujayra po`sti bilan hujayraning ichki qismini bog`lab turadigan yupqa membriana. U silliq tuzilgan bo`lsada granula tuzilishga ega, o`tkazuvchanlik jarayonida hujayra po`stini hosil qilishda ishtirok etadigan moddalarning shilimshiqlanishini tartibga solib turadi. Tarkibi - 2 ta oqsil va 1 ta lipid qavatdan iborat. Tonoplast - lotincha "tonus" - "taranglashish" so`zidan olingan. Hujayradagi vakuolani tashqi tomondan o`rab turadi. Enodoplazmatik to`r- yadro qobig`i enoplazmatik to`rning bir qismi qo`sh membriana hujayra ichidagi moddalar harakati taqsimoti. Hujayradagi moddalar almashuvida muhim rol o`ynaydi. Goldji apparati - suv ballansini tartibga solishda, hujayradagi chiqindi va zahira moddalarni chiqarishda, hujayra vakuolasi hosil qilishda Gol`dji apparatining xizmati kattadir. Ribosoma- 50% oqsil, 50 % ribonuklein kislotadan (RNK)dan iborat. Oqsillar biosintezida muhim organella hisoblanadi, ya`ni aminokislotalardan oqsillarni sintezlaydi. Download 0.8 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling