Botanika indd


KSANTOMONADSIMONLAR SINFI — XANTHOMONADOPHYCEAE


Download 1.37 Mb.
bet4/12
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1208376
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
SUV O\'TLARINING TARQALISHI VA XUSUSIYATLARI

KSANTOMONADSIMONLAR SINFI — XANTHOMONADOPHYCEAE
Bu sinf faqat bitta geteroxloridlilar tartibidan Hete-rochloridales iborat. Bu tartibning vakillari bir hujayrali bo‘lib, sho‘r va chuchuk suvlarda usadi.
Hujayrasi dorzoventral ko‘rinishda bo‘lib, mustahkam pe-riplast bilan qoplangan. Vegetativ tana bir-biriga teng bo‘l-magan ikkita xivchinlar yordamida harakatlanadi. Ba’zan xiv-chinlarining bittasi reduksiyaga uchrashi mumkin.
Bu tartibning tipik vakiliga geteroxloris (Heterochloris 141-rayem, A) misol bo‘lishi mumkin. Rasmdan ko‘rinib turib-diki, u soxta oyoqlarini chiqarib, o‘z shaklini o‘zgartirishi mumkin (141-rayem, A, 2). Bu xususiyat tartibning ko‘pchilik vakillariga xos bo‘lib, hayvonlarga o‘xshab oziqlanadi. Gete­roxloris hujayrasida bir necha xromatofora, qisqaruvchan vokuola, bitta yadro, yog‘ tomchilari hamda fotosintez mahsuloti xrizolaminarin bo‘ladi. Vegetativ ko‘payishi hujayraning teng ikkiga bo‘linishi vositasida sodir bo‘ladi.



Heterochloris:
G‘—tashqi ko‘rinishi; 2 — psevdopodiy hosil qilishi. B. Rhirochloris (hujayrasida kristallar bor), V, Myxochloris sphagnicola: G‘ — sfagnum bargi hujayrasida ikki­ta kichkina plazmodiyning joylashishi; 2 — yadro, xromatofor va harakatchan vakuo-laga ega bulgan yirik plazmodiy.
KSANTOPODSIMONLAR SINFI — XANTHOPODOPHYCEAE
Bu sinf bitta rizoxloridlar — Rhizochloridales tartibi­dan iborat. Bu tartibning vakillari bir hujayrali va kolo-nial organizmlar bo‘lib, erkin va ipsimon suvo‘tlar tallomiga yopishib usadi. Asosan, chuchuk suvlarda tarqalgan. Ularning eng xarakterli belgilari Soxta oyoqlar chiqarib, qattiq jism-larni ushlab oziqlanishidir. Ba’zi turlarida bir necha hu4 jayralar bir-biri bilan sitoplazmatik tortmalar yordamida birikib, murakkab tuzilishga zga bo‘lgan to‘r hosil qiladi. Boshqa turlari mayda 'amyobasimon tanachalarni qo‘shib, shilim-shiqlilarga o‘xshab plazmodiy hosil qiladi.
Toza suv havzalarida rizoxloris (Rhizochloris, 141- rayem, b) turkumi vakillari uchraydi. Ular ipsimon soxta oyoqlar chiqarib harakat qiladi. Ko‘payish vaqtida hujayra uzunasig'a teng ikkiga bo‘linadi, bo‘lingan.qiz hujayralar ajralmasdan, soxta oyoqlar vositasida birikib, soxta oyoqlilar guruhini hosil qiladi.
Torf hosil qiluvchi yo‘sinlarni barg hujayralari or'asi-da mikroxloris (Myxochloris, 141-rayem, V) yashab, ko‘p yadroli plazmodiy hosil qiladi. Sista kuz faslida vujudga kelib, bahorda taraqqiy etadi va yo‘sin bargining hujayra oralig‘i-da o‘rnashib plazmodiyga aylanadi.

Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling