Botanika indd


Vosheriyalilar tartibi]— Vaucheriales


Download 1.37 Mb.
bet8/12
Sana17.02.2023
Hajmi1.37 Mb.
#1208376
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
SUV O\'TLARINING TARQALISHI VA XUSUSIYATLARI

Vosheriyalilar tartibi]— Vaucheriales
Vosheriya (Vaucheria)1 turkumi vakillari chuchuk suvlarda, dengizlarda yoki sernam tuproqlarda tarqalgan bo‘lib, ba’zan moxlarning protonemasi orasida usadi va baxmalsimon chim qatlamlari hosil qiladi. Ularning ayrimlari haqiqiy galo-fit {galo — tuz, fit — o‘simlik) bo‘lib, suv tarkibidagi tuz-iing miqdorini aniqlashda indikator sifatida foydalani-1 ladi.

Vaucheria. A anteridiy va oogoniyali ip; B — zoospo-rangiidan zoosporaning chiqishi; S-chapda qairilgan anteridii va oogoniy.


Vosheriyaning yo‘g‘on ipsimon tallomi uzunligi bir necha santimetr, shoxlangan va rangsiz rizoidlari yordamida subst-ratga birikkan xolda usadi. Ipsimon tallomi hujayrasining sitoplazma devori atrofida ko‘p miqdorda do-nasimon yoki duksimon, pirenoidsiz xromatoforalar va yog tom-chilari bo‘ladi. Sitoplazma ko‘p yadroli, unda bir qancha may­da yadrolar xromatofora ostida joylashgan.
Vosheriya jinssiz va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Jinssiz ko‘payishi ipining yon shoxchalari uchidagi to‘siqlar bilan ajralgan zoosporangiylarda hosil bo‘ladigan bitta yirik zoo­spora vositasida boradi. Zoospora vujudga kelishidan oldin, zoosporangiy ichidagi xromatofor va yadrolar protoplazma bi­lan aralashadi, so‘ng yadro hujayra devori atrofida va xroma­tofora esa hujayraning ichki qismida joylashadi. Zoospora yirik oval shaklda bo‘lib, ko‘p xivchinli. Har qaysi juft xiv-chin tagida sitoplazma, bitta yadro, uning ostida donador xro­matofor joylashadi. Zoosporalar yetylganidan keyin zoospo­rangiy ustida asta-sekin teshikcha hosil bo‘ladi. Zoospora ana shu teshikcha orqali tashqariga chiqadi. Suvda xivchinlari yordamida harakat qilib, bironta substratga o‘rna-shadi, xivchinlarini tashlab, harakatdan to‘xtaydi va o‘sib yangi o‘simlikka aylanadi.
YEr ustida o‘sadigan ba’zi turlarida, zoosporalar bilan bir qatorda qalin po‘stli harakatsiz aplonosporalar va aki-netsporalar vujudga keladi.
Vosheriyaning chuchuk suvlarda tarqalgan turlari bir uyli bo‘lib, dengizlarda tarqalganlari ham bir uyli, ham ikki uylidir.
Vosheriyaning jinsiy ko‘payishi oogamiya. Uni ipida oogoniya va anteridiyalari bir-biriga yaqin joylashadi. Oogoniya tagi-dagi ko‘ndalang to‘siq bilan ipidan ajralib turadi, ichida bitta tuxumhujayra bo‘ladi. Bir uyli turlarida oogoniya yoni-da erkak jinsiy hujayra—anteridiy joylashadi. Anteridiy ilmoqsimon, qayrilgan silindrsimon, yon o‘simta ko‘rinishida bo‘lib, bukilgan joyidan ko‘ndalang to‘siq bilan ajraladi. To‘siqning yuqori qismida anteridiy bo‘lib, un­da xromatoforalari bir-biriga teng bo‘lmagan ikki xivchinli spermatozoidlar vujudga keladi. Oogoniya ichidagi tuxum-hujayraning urug‘lanishi ancha masofada joylashgan anteri-diydan hosil bo‘ladigan spermatozoidlar yordamida sodir bo‘-lishi sababli, jinsiy organlar bir vaqtda taiyor bo‘lmaydi. Tuxumhujayra yetilgandan so‘ng, oogoniya yorilib, yoriqcha hosil bo‘ladi, undan rangsiz modda ajraladi, bu modda spermatozo-idni o‘ziga jalb etadi. Spermatozoidlardan faqat bittasi oogoniya burunchasidagi yoriqcha orqali ichkariga o‘tib, tuxum-hujayrani urug‘lantiradi. Urug‘lanish natijasida hosil bo‘l-gan zigota qalin pust bilan o‘ralib, moy tomchilari va gema-toxrom bilan to‘ladi. Tinim davrini o‘tab bo‘lgandan so‘ng, gap­loid naslli ip o‘sadi. Vosheriyaning ba’zi turlarida oogoniya va anteridiy tal-lomining pastki o‘siqlaridan taraqqiy etadi.



Download 1.37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling