Botanika indd
Tribonemalilar tartibi — Tribonematales
Download 1.37 Mb.
|
SUV O\'TLARINING TARQALISHI VA XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KSANTOSIFONSIMONLAR SINFI — XANTHOSIPHONOPHYCEAE
- Botridililar tartibi — Botrydiales
Tribonemalilar tartibi — Tribonematales
Bu tartibning tipik vakili yashil tribonema (T. viridis) dir. Dastlab shoxlangan tallomi bazal hujayralar yordamida biror substratga yopishgan holda o‘sadi. Keyinchalik bazal hu-jayralarining o‘lishi natijasida suvning betiga ko‘tariladi va yorug‘lik kam tushadigan soya joyga siljib, erkin holda usadi. Ipi silindrsimon yoki bochk'aga o‘xshash hujayralardan tashkil topgan. Har qaysi hujayra sitoplazmasida bitta yadro va bir necha sariq-yashil xromatofora bo‘lib, hujayra devori atrofida. Hujayra devori ikki qismdan iborat bo‘lib, hujayraning o‘rta qismidagi halqalar bilan birikadi. Agar hujayraga kuchli xrom kislota ta’sir etilsa, o‘rtadagi halqa erib keta-di va hujayra po‘sti N shaklda ajralib qoladi. Tribonema-ning hujayra po‘sti mustahkam N ko‘rinishda bo‘lib, ip uzil-ganda o‘simtalar oralig‘idagi sitoplazma yo‘qolib, po‘stning bir.qisMi ochilib qoladi. N shakldagi po‘stda ikkita hujay-raning yarimtadan po‘sti saqlanib qoladi. Buning asosiy sa-babi hujayralar vegetativ bo‘linganda ularning o‘rtasida halqalar «belbog‘» hosil qilishidandir. Bu halqalarning ajralishi matijasida ikkita yosh hujayra ho-sil bo‘ladi, yosh hujayralarni po‘st himoya qiladi. Jinssiz ko‘payganda hujayra ichida bir yoki ikkita har xil xivchinli zoospora hosil bo‘ladi. Bu zo-osporalarning hujayradan tashqariga chiqishi natijasida hu-jayra N ko‘rinishini oladi. Noqulay sharoitda kalin pust avtospora va akinetspora hosil bo‘ladi. Plastinkasimon shakldagi vakillariga nam tuproqda o‘sa-digan geteropediya (Heteropedia) misol bo‘li oladi. Bu suvo‘t zoospora yoki aplonospora vositasida ko‘payadi. KSANTOSIFONSIMONLAR SINFI — XANTHOSIPHONOPHYCEAE Bu sinfga sifonsimon, tallomi hujayrasiz, tashqi ko‘rini-shi murakkab, yirik, ko‘p yadroli va sariq-yashil xromatoforaga zga bo‘lgan suvo‘tlar kiradi. Ular quyidagi tartiblarga bo‘li-nadi: 1) botridililar — Botrydiales; 2) vosheriyalilar — Va-ucheriales. Botridililar tartibi — Botrydiales Bu tartib vakillarining tallomi pufaksimon, xaltasimon yoki ipsimon, sellyulozali va pektinli pust bilan qoplangan, hujayrasida ko‘p sonli xromatofora va yadrolari bo‘ladi. Yoz faslida nam tuproq, ko‘l va boshqa suv havzalarining qirg‘oqlarida, yo‘l yoqalarida, paxta maydonl'arida ham qoram-tir-yashil dog‘larni uchratish mumkin. Qoramtir-yashil dog‘lar mikroskopda qaralsa, diametri 1 mm, balandligi 2 mm kela-digan pufaksimon botridium (Botrydium) ni ko‘rish mumkin. Uning pastki qismi ingichkalashib tuproqqa yopishgan joyi shoxlanib rangeiz rizoid hosil qiladi. Hujayra sitoplazmasida ko‘p sonli disksimon xromatofora, mayda yadro va yog‘ tomchilari uchraydi. Pufakcha mar-kazini hujayra shirasi bilan to‘lgan yirik vokuola egallay-di. Yomg‘ir yog‘ib, botridiumni qoplaganda, pufakcha ichidagi protoplast bir qancha bo‘laklarga bo‘linib, ko‘p sonli zoospora vujudga keladi va ular tepa qismidagi teshikchalardan tash-qariga — suvga chiqadi. Zoosporalarda uzun-qisqa ikkita xiv-chin, yadro va xromatoforalari bo‘ladi. Zoospora suvga chiqqandan keyin ma’lum vaqt harakatlanib, suvi qurigan tuiroqqa o‘rnashadi, xivchinlarini tashlab, qalin pust bilan o‘raladi, rivojlanadi va yangi o‘simlikka aylanadi. Agar uzoq muddat davomida yog‘ingarchilik bo‘lmasa, u ustki qismida aplonospora hosil qiladi yoki protoplasti rizoidga oqib o‘tady va sistaga yoki gipposporaga aylanadi. Namlikda sista o‘sib, zoospora hosil qiladi, yangi o‘simlikka aylanadi. Ularda jinsiy ko‘payish kuzatilmagan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling