Botanika indd
Ko’payishi. Sinflarga bo’linish asoslari
Download 1.37 Mb.
|
SUV O\'TLARINING TARQALISHI VA XUSUSIYATLARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- KSANTOTRIXSIMONLAR SINFI - XANTOTRICHOPHYCEAE
1.2. Ko’payishi. Sinflarga bo’linish asoslari.
Ksantokokksimonlar sinfi — xanthococcophyceae Bu sinfning ko‘pchilik vakillari bir hujayrali, ayrim-lari koloniya hosil qilib har xil shaklda bo‘ladi. Hujayra po‘sti pishiq tuzilganligi bilan xarakterlanadi. Ba’zi tur-larining hujayra po‘sti ikki qavatdan tashkil topgan, qum-tuproqli, silliq yoki g‘adir-budir bo‘ladi. Ko‘payishi jinssiz vegetativ yo‘l bilan boradi. Jinssiz ko‘payish vaqtida zoospora yoki aplonosporalar hosil qiladi. Ba’zan zoosporalar sox-ta oyoqlar chiqarib harakatlanadi. Noqulay sharoitda ko‘zcha va qisqaruvchi vakuola saqlanib qolgan aplonospora hosil qiladi. Bularning ba’zi vakillari ko‘p jihatdan yashil suv-o‘tlarga o‘xshaydi va xlorella, xaratsium, dssmidium suvo‘t-larni, yana ba’zilari diatom suvo‘tlarni eslatadi. Uncha katta bo‘lmagan chuchuk suv havzalarida va nam tuproq-larda botriopsis (Botrydiopsis, 142-rayem, V) turkumi vakil-laridan V. eriensis ning juda ko‘p miqdordagi tariqsimon xromatoforalari joylashgan bo‘lib, hujayra markazida bit-ta yadro bo‘ladi. Jinssiz ko‘paygan vaqtda hujayrada o‘ndan ortiq zoosporalar yetiladi. Bu zoosporalar suv yuzasida to‘p-lanib, to‘q-yashil rangli vegetativ hujayraga aylanadi. Bun-day hodisani ko‘pincha akvarium yoki suvi uzoq turib qolgan shisha idishlarda kuzatish mumkin. Odatda, bular avtospora-lar hosil qilish yo‘li bilan ko‘payadi (142-rasm, V, 3). Sfagnumli botqoqlarda o‘suvchi ipsimon edogonium va tri-bonema suvo‘tlarining tallomi ustiga mishokokkus (Mischococ-cus confervicola, 142-rasm, G) ni uchratish mumkin. Buning hu-jayrasi pishiq pust bilan qoplangan bo‘lib, koloniya xosil kiladi. Koloniya shilimshiq ustunchalarda o‘rnashadi. Koloniya shilimshiq ustunchalar yoki tortmalar sistemasidan iborat. Vegetativ ko‘payish vaqtida har qaysi vegetativ hujayra teng ikkiga bo‘linib, shilimshiqli ustunchalarda o‘rnashadi. Jinssiz ko‘payganda bir xivchinli zoospora hosil kiladi. KSANTOTRIXSIMONLAR SINFI - XANTOTRICHOPHYCEAE Bu yennf turlari tallomining oddiy yoki shoxlangan ipsimon shaklda bo‘lishi bilan xar'akterlanadi. Plastinkasimon tal-lomda hujayralar bir qator joylashgan. Bu suvo‘tlar haro-rati past bo‘lgan chuchuk suvlarda tarqalgan. Download 1.37 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling