Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


-MAVZU: O‘SIMLIКLAR MORFOLOGIYASIGA КIRISH VA ASOSIY QONUNIYATLARI


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

 
6-MAVZU: O‘SIMLIКLAR MORFOLOGIYASIGA КIRISH VA ASOSIY QONUNIYATLARI 
Reja: 
1. O‘simliklar morfologiyasining vazifasi. 
2. O‘simliklar morfolgiyasining tarixi. 
3. O‘simlilkar morfologiyasining qonuniyatlari. 
4. O‘simlik organlarining metamorfozi
Adabiyotlar: 1, 6. 
1. O‘simlikning tashqi ko‘rinishini, ularning ayrim organlari tuzilishini va har xil shakl 
o‘zgarishlarda bu organlarning o‘zaro munosabatini o‘simliklar morfologiyasi o‘rganadi. O‘simlilkar 
morfologiyasi faqat o‘simliklarning ayrim organlarini emas, balki ularning funksiyasiga qarab va biron 
tashqi sharoit ta’sirida kelib chiqishi tarixini ham o‘rganadi. 
O‘simliklar morfologiyasi eng avval gulli o‘simliklarga uchta asosiy organ: ildiz, poya va barg xos 
deb hisoblaydi. Boshqa organlar esa, masalan: gul, tikan, ilgakcha (gajakcha) kurtak, meva va shunga 
o‘xshashlar yuqorida aytib o‘tilgan asosiy organlardan birining shakli o‘zgarishi metamorfoz natijasi 
hisoblanadi. Shu bilan birga yuksak o‘simliklarning organlari funksiyasiga qarab ikkita asosiy guruhga 
bo‘linadi. Jumladan: o‘simliklarning individual hayotidagi funksiyalarni (masalan: oziqlanish, assimi-
lyatsiya, gazlar almashi-nuvi va hokazolarni) bajarishga xizmat qiluvchi organlar vegetativ organlar 
jinsiy ko‘payish funksiyasini bajarishga moslashgan organlar (gul, meva va urug‘) generativ organlar 
deb ataladi.


14
2. O‘simliklar morfologiyasi (yunoncha - morfo- shakl, logos - ta’limot ma’nosida) fani 
o‘simliklarning tashqi tuzilishini, ularni tashqi muhit ta’sirida ontog‘enez va filogenezda o‘zgarib bor-
ishini o‘rganadi.
Insonlar o‘simliklarning tashqi tuzilishiga ko‘ra farqlarni foydali va zararli o‘simliklarni 
taqqoslash davomida bilganlar. O‘simliklar morfologiyasi ham o‘simliklar sistematikasi singari botani-
kaning qadimiy bo‘limlaridan biri hisoblanadi. 
Qadimgi yunon tabiatshunosi Aristotelning shog‘irdi Teofrast (eramizdan avval IV - VII asr) 
o‘zining “O‘simliklar to‘g‘risimda ilmiy ishlar” asarida 480 tur o‘simlikning ildizi, poyasi, bargi va gul 
tuzilishini ko‘rsatib bergan edi. 
Sharq fanining taraqqiyotida o‘simliklarning qiyosiy morfologiyasini yaratilishida Ibn Sino 
(Avitsena) (980 - 7037) xizmatlari cheksizdir. U o‘zining 280 ilmiy ishlarining 30 tasini tabiatshunos-
likka bag‘ishlagan. Jumladan “Tibbiyot fanining qonunlari”, “Tirik organizmlarning klassifikatsiyasi 
to‘g‘risida” kabi asarlarida ko‘pchilik foydali o‘simlikning tarkibi, harakterli xususiyatlarini, davo-
lashda foydalanish yo‘larini ko‘rsatib bergan. 
XVIII asrga kelib, shved botanigi К. Linney botanik atamalar islohini amalga oshirdi. U yaratgan 
o‘simliklar sistematikasida 1000 ga yaqin atamalar mujassamlashgan.
O‘simliklar morfologiyasi fanining rivojlanishida nemis tabiatshunosi va shoiri I.V. Gyotening 
“O‘simliklar metomorfozi haqida tajribalar (1790) asari muhim o‘rin egallaydi. Кeyinchalik o‘simlik 
organlarining ko‘rinishi o‘zgarishi to‘g‘risidagi fikrlar rus akademigi К.F. Volf (1759) va Shved 
botanigi O.N. Dekandol (1827) tomonidan ham bayon yetilgan. Botanika fanining barcha tarmoqlarini 
rivojlanishida Ch. Darvinning evalyutsion ta’limoti asosiy o‘rin egallaydi. (1859). 
O‘simliklarning evalyutsion morfologiyasini rivojlanishiga Markaziy Osiyo olimlaridan Ye.P. Кo-

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling