Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

Anorganik moddalar. Hujayra shirasi tarkibida ko‘pgina mineral moddalar bo‘lib, ularga nitratlar 
kiradi. Ular shuradoshlar, dukkakdoshlar oilasi vakillarida ko‘p uchraydi. Кalsiy va kaliy fosfotlar 
o‘simliklarning barcha qismlarida, xlorid tuzlar sho‘r yerlarda o‘suvchi o‘simliklarda ko‘p uchraydi. 
Hujayra shirasi tarkibida kalsiy oksalat kristallari to‘planadi va ular kubik, ninasimon, ba’zan druzlar 
deb ataladigan murakkab hosilalar shaklida bo‘ladi. Ninasimon kristallar birikib, rafidlar hosil qiladi. 
4. Hujayra po‘sti. Yuksak o‘simliklarning hujayrasi tashqi tomonidan ancha qattiq po‘st bilan 
o‘ralgan bo‘ladi. Bu po‘st hujayraga ma’lum bir shakl beradi va uni tashqi noqulay ta’sirlardan 
saqlaydi. Faqat jinsiy hujayralarda, harakatchan sporalarda va ba’zi tuban o‘simliklarda bunday qattiq 
po‘st bo‘lmaydi. 
Har xil turga kiradigan o‘simliklar hujayrasi po‘stining kimiyoviy tarkibi turlicha bo‘lib, organiz-
mlarning yoshiga qarab o‘zgarishi mumkin. Lekin har qanday holda ham hujayralar devorini hosil qi-
luvchi asosiy modda sellyulozadir. 
Hujayra po‘sti lignin moddasini singdirsa yog‘ochlanadi. Bunda u suv va gazlarni 
o‘tkazadi.Protoplast nobud bo‘ladi, kamdan- kam holda tirik qoladi, yogochlanish qaytar jarayondir. 
Masalan: bexi, nok mevalari. Pishmaganda qatiq bo‘lib, etila borishi bilan yumshaydi. 
Po‘kaklanish. Hujayra po‘sti moysimon suberin moddasini singdirsa pukaklanish jarayoni ro‘y be-
radi. O‘zidan suv va gazlarni o‘tkazish xususiyatini yo‘qotadi. Protoplast nobud bo‘ladi. Masalan: 
probka (po‘kak). 
Кutinlanish. Кo‘pchilik o‘simliklar hujayrasining po‘sti tashqi tomondan suberinga o‘xshash 
maxsus modda yupqa kutin (plenka) bilan o‘raladi. Bu jarayondan kegin hujayra po‘stining egiluvchan-
likk xususiyati saqlansa ham, biroq suv va gazlarni yomon o‘tkazadi. Masalan: ko‘pchilik o‘simliklarni 
bargining yuzasi. 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling