8
degan ma’noni bildiradi.
Birinchi marta mitoxondriylar o‘simliklarda, (xondriosoma nomi bilan)
1904 - yilda
Meves
tomonidan ko‘zasimon
changdon- topetum hujayrasida topilgan. Hozirgi
vaqtda mitoxondriylar
o‘simliklar-ning barcha sistematik guruhlarida uchrashligi aniqlangan.
Hujayraning xili va uning bajaradigan fuknsiyasiga ko‘ra mitoxondriylar soni 50 tadan 5000 taga-
cha bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda mitoxondriylar uglevodlarni,
qator aminokislotalarni, yog‘ va uch karbonat si-
klidagi kislotalarni parchalashi hamda nafas olish jarayonini boshqarishi uzil- kesil aniqlangan.
Mitoxondriylarning asosiy vazifasi energiyaning bosh manbai bo‘lgan
ATF ishlab chiqarilishida
ishtirok etish. Bulardan tashqari ularda fosfolipidlar va oqsil sintezi ham boradi.
Plastidalar. Plastidalar yashil o‘simliklarda uchraydi. Zamburug‘lar, bakteriyalar, shilimshiqlarda
plastidalar bo‘lmaydi.
1676 - yili
Levenguk spirogira suvo‘tlari hujayralarida
plastidalar borligini bi-
rinchi bo‘lib topdi. Plastidalarni keyinchalik
1882- yili
Shimper degan olim chuqur o‘rgandi
va ularni
uch tipga ajratdi.
1)Xloroplastlar. 2) Xromoplastlar. 3) Leykoplastlar.
Savollar:
1. Hujayra deganda nimani tushunasiz?
2. Hujayra qanday qismlardan tashkil topgan?
3. Hujayraning qanday qismlariga protoplast deyiladi?
4. Sitoplazma qanday qismlardan tashkil topgan?
5. Plastidlar hujayraning qanday organoidi?
6. Plastidalar necha xil bo‘ladi?
7. Plastidalarda qanday rang beruvchi pigmentlar bo‘ladi?
Do'stlaringiz bilan baham: