Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


(Drosera), nepentesda (Wepenthes)


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

(Drosera), nepentesda (Wepenthes), puzirchatkada (utriculata). Mimoza o‘simligining yashnab tur-
gan bargiga tegishingiz bilan barglari shalpayadi va butun o‘simlik so‘ligan ko‘rinishga ega bo‘ladi. 
Biroz vaqt o‘tgach barglar yana o‘z holiga qaytadi. MDHning Yevropa qismidagi botqoqliklarda 
o‘sadigan rosyanka o‘simligi kichik bo‘lib, balandligi 10 -15 santimetrga yyetadi. Uning ildiz 
bo‘g‘izidagi barglar to‘dasida mayda suyuqlik chiqaruvchi tuklar joylashgan. Hashoratlar bargga 
qo‘nishi bilan ularni o‘rab oladi. Tuklar chiqargan suyuqlik tarkibidagi pepsin fermenti yordamida 
“asir” nobud bo‘ladi. Undagi moddalar parchalanib hazm bo‘lib kyetadi. Кeyin tuklar yana qayta ochi-
lib navbatdagi o‘ljani ovlashga tayyorgarlik ko‘radi. 
Кalkuttalik hind olimi Boz o‘simliklar odamlarning eng sezuvchi organlari- til va ko‘ziga qaragan-
da ham o‘ta sezuvchan ekanligini aniqlay oldi. Lekin bu sezuvchanlik hamma vaqt ham hayvonlard-
agidek ko‘zga tashlanmaydi. O‘simliklarda sezuvchanlik sitoplazma orqali bir hujayradan ikkinchi hu-
jayraga zudlik bilan o‘tadi. Mimozada bu tezlik sekundiga 20 mm tashkil qiladi. 
O‘simliklarda harakatdan tashqari hayvonlar arteriyasidagi pulsga o‘xshash avtomatik puls 
mavjudligini ham Boz aniqladi. U (desmodium gurans) o‘simliklardagi hatti- harakatni tekshirib 
shunday xulosaga keldi: o‘simlikning murakkab bargidagi bargchalar doimo harakatda ekan, ana shu 
harakat maxsus asboblar orqali yozib olinganda u insonning yurak urishiga o‘xshashligi ma’lum 
bo‘ladi. Yashil o‘simliklardagi xloroplastlar tuzilishiga ko‘ra hayvonlar qonidagi eritrosidlarga 
o‘xshash bo‘lar ekan. Kimiyoviyviy tarkibi jihatidan xlorofill gemoglobinga juda yaqin turadi. Azot 
to‘plovchi bakteriyalar bilan simbioz hayot kechiradigan ba’zi o‘simliklarninig tuganagida gemoglobin 
sintezi vujudga kelishi aniqlangan. O‘simliklarda zahira oziq modda sifatida to‘planadigan kraxmal, 
hayvonlardagi glikogen moddasiga juda yaqin turadi. Bakteriya va zamburug‘ hujayralarida zahira 
moddalar kraxmal emas, balki glikogen sifatida to‘planadi. Odatda o‘simliklar hujayrasi qattiq hujayra 
po‘sti bilan o‘ralgan bo‘ladi. Lekin o‘simliklar orasida shunday hujayralar, ba’zan butun organizmlar 
borki, ularda hujayra po‘sti yo‘q. Bularga suv o‘tlarning zoosporalari, shilimshiqlar va o‘simliklarning 
jinsiy hujayralari (gametalar) kiradi. 
Zamburug‘larning hujayra po‘sti tarkibida hayvonlar hujayrasida uchraydigan xitin moddasiga 
o‘xshash moddalar bo‘lsa, ba’zi bir hayvonlar hujayrasida (assidiy) kletchatka (o‘simliklar hujayrasida 
bo‘ladigan) uchraydi. 
O‘simliklar ham hayvonlar ham metobolizm (modda almashinish) natijasida uglevodlar, oqsillar 
va yoglardan ajralib chiqqan energiyadan foydalanadilar. Ana shu modda almashinish jarayonini 
o‘simlik va hayvonlarda fermentlar, gormonlar va vitaminlar tartibga solib turadi.
Jinsiy hujayralarning hosil bo‘lishi, ularning hatti- harakati hayvonlar va o‘simliklarda deyarli bir 
xil, ularni hujayralarini fizikaviy va kimiyoviy tuzilishlari ham o‘xshashdir. 
Savollar: 
1. Botanika fani nimani o‘rgatadi? 


6
2. Botanika fanining qanday bo‘limlarini bilasiz? 
3. O‘simliklarning sezuvchanligi deganda nimani tushunasiz? 
4. Aftotrof o‘simliklar qanday o‘simliklar? 
5. Geterotrof organizmlar deganda nimani tushinasiz? 
6. Parazit o‘simliklar qanday o‘simliklar? 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling