Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


-MAVZU: PROTOPLAST HOSILALARI VA ULARNING TARКIBI


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

 
3-MAVZU: PROTOPLAST HOSILALARI VA ULARNING TARКIBI 
Reja: 
1. Hujayraning yuqori fiziologik faol moddalari. 
2. Hujayraning zahira oziq moddalari. 
3. Vakuol, hujayra shirasi va uning tarkibi.
4. Hujayra po‘sti va uning shakl o‘zgarishlari. 
5. Turgor va plozmaliz. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3. 
1.Fermentlar, vitaminlar, gormonlar, antibiotiklar protoplast hayot faoliyatining mahsuloti bo‘lib, 
yuqori fiziologik faol moddalaridir. Ular hujayrada juda oz miqdorda bo‘lsada, ko‘pincha o‘simlik or-
ganizmlarida sodir bo‘ladigan turli jarayonlarga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Fermentlar. Hujayradagi nafas olish, fotosintez, oqsil yog‘ va uglevodlarning sintezi hamda par-
chalanishida bo‘ladigan kimiyoviy jarayonlarning hammasida ishtirok yetadi. Ular organik katalizator-
lar ham deyiladi. Kimiyoviy katalizatorlar reaksiya tezligini 70-80 martagacha oshirsa, fermentlar 10
8
martagacha oshiradi. Hozirgacha fan 2000 ga yaqin ferment borligini aniqladi. Nafas olish jarayonida 
peroksidaza va katalaza fermenti ishtirok yetadi. O‘simlik va hayvonlardagi barcha hayotiy jarayonlar 
fermentlar ishtirokida o‘tadi. Diastaza fermenti kraxmalni qand moddasiga aylantiriadi. Oqsillarga pro-
teaza, yog‘larga lipaza fermenti ta’sir yetadi.
2. Hujayraning zahira oziq moddalari. Protoplastda bo‘ladigan modda almashinishi jarayonida 
hujayrada turli xil organik moddalar hosil bo‘lib, ular o‘simlik hayotining ma’lum davrlarida - 
urug‘ning unib chiqishida, organlarni vujudga keltirish yoki boshqa turli xil jarayonlarda (nafas olish, 
oziqlanish, o‘sish va boshqalar) energiya hosil qiluvchi asosiy manba sifatida xizmat qiladi. Ana shu 
maqsadlar uchun sarf bo‘ladigan va hujayraning pro-toplastida to‘planadigan moddalar zahira oziq 
moddalar deyiladi. 
Bu moddalar o‘simlikning turli organlarida to‘planadi. Biroq urug‘ va mevalarda, tuganak, piyoz-
bosh, ildiz hamda ildizmevalarda ko‘proq bo‘ladi.
Kimiyoviy tarkibiga ko‘ra ular uchta asosiy guruhga bo‘linadi: uglevodlar, moylar va oqsillar. 
Shulardan oqsillar azotli organik moddalar bo‘lib hisoblanadi. 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling