Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5. Turgor va plazmoliz.
- 4-MAVZU: HUJAYRA - YADRONING BO‘LINISHI
Shilimshiqlanish. Bunda hujayra po‘stidagi sellyuloza erib shilimshiqsimon uglevodlarga ayla-
nadi. Shilimshiqlangan po‘st suvda juda bo‘rtib, unayotgan urug‘ni qurib kolishdan saqlaydigan chala suyuq shilimshiq hosil qiladi. Minerallanish. Bunda hujayra po‘sti kumtuproq, kalsiy yoki magniyli tuzlar shimadi va maxani- kaviy jihatdan juda pishiq bo‘ladi. Masalan: qamish barglari. 5. Turgor va plazmoliz. Hujayrani suvga to‘yingan taranglashgan holat i turgar, o‘zidan suvni yo‘qotgan bo‘shashgan holat i plazmoliz deyiladi. Hujayrani plazmoliz holat idan qayta turgar holat iga o‘tishi deplozmaliz hodisasi deyiladi. Hujayra turgor holat ida bo‘lganda, hujayra shirasi hujayrani markazida joylashib, qismlarini hujayra po‘stiga taqab turadi. Hujayra plazmoliz holat ida bo‘lganda, hujayrani barcha qismlari hujayrani markazida joylashib, hujayra shirasi esa hujayra po‘stiga taqalib 10 turadi. Bu jarayonni urug‘ni unib chiqishida va hujayrani suv va unda erigan mineral moddalarni shimishida ahamiyati katta. Savollar: 1. Hujayrani fiziologik faol moddalariga qaysi moddalar kiradi? 2. Hujayrani zahira oziq moddalari, qanday organik moddalar shaklida to‘planadi? 3. Nima uchun o‘simlik hujayralari zahira oziq moddalar to‘playdi? 4. Hujayra shirasini tarkibiga qanday moddalar kiradi? 5. Hujayra po‘stining ahamiyati? 6. Yogochlangan hujayralar oziqani qanday o‘tkazadi. 7. Turgor va plazmaliz hodisasini qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati. 4-MAVZU: HUJAYRA - YADRONING BO‘LINISHI Reja: 1. Yadroning tuzilishi va vazifasi 2. Yadro po‘stining, genlarning tuzilishi 3. Hujayraning bo‘linib ko‘payishi 4. Fotosintez va nafas olish jarayonlari Adabiyotlar: 1, 2, 3. 1. Yadro o‘simlik va hayvon hujayrasi ning muhim qismi hisoblanib, u irsiy belgilarni saqlashda va hujayrada oqsil sintezini boshqarishda muhim rol o‘ynaydi. Hujayraning nafas olishi ham yadro nazoratida bo‘ladi. Hujayra bo‘linishidan oldin yadro bo‘linishi ro‘y beradi. Shakillangan yadro faqat ko‘k- yashil suv o‘tlarida va bakteriyalarda bo‘lmaydi. Yadro 1831- yili ingiliz olimi R. Braun tomonidan kashf yetilgan. Yadroning shakli parenxima hujayralarida sharsimon va elipsimon, prozen- xima hujayralarida esa urchuqsimon va linzasimon ko‘rinishdadir. Yadroning kattaligi ko‘pgina o‘simlik turiga, hujayraning yoshiga, holatiga hamda to‘qimaning turlariga bog‘liq bo‘ladi. Hujayra yadrosiz yashay olmaydi. Yopiq urug‘li o‘simliklarni vegetativ hu- jayralarida yadroni kattaligi 5-20 mkm ni, mog‘or zamburug‘ida 1-2 mkm ni, hara suvo‘tlari rizoidlari- da uzunligi 2750 mkm ni, eni 5-10 mkm ni tashkil yetadi. Shilimshiqlarda katta 500-600 mk ga teng bo‘ladi. Yadro va sitoplazma kattaliklarining nisbatini o‘rganish, muayyan hajimdagi yadro moddasiga muayyan hajmdagi sitoplazma to‘g‘ri kelishi haqidagi qonuniyatni ochib berdi. Bu nisbatga yadro - plazma nisbati deyiladi. Yosh hujayralarda yadro nisbatan katta bo‘lib, uning hujayraga nisbati 1: 4-1: 5 ni tashkil etsa, shakllangan keksa hujayralarda esa bu nisbat 1: 20-1: 200 ga tengdir. Yadro fizikaviy va kimiyoviy xususiyatiga ko‘ra gidrofil kolloid tuzilishga ega bo‘lib, sitoplaz- maga qaraganda quyuq va yopishqoq bo‘ladi. Uning asosiy qismi proteidlar deb nomlanuvchi mu- rakkab oqsillardan iborat. Asosiy oqsillar yadroda 22,6%, qolgan oqsillar 51, 3%, RNК - 12,1 va DNК 15 - 30% ni tashkil yetadi. Shuningdek yadroda lipidlar, suv hamda Sa va Mg ionlari bo‘ladi. Yadroda quyidagi qismlar: yadro po‘sti, xromotin (xromosomalar); bitta, ikkita yoki bir necha yadrocha va nukleoplazma (yadro matirikasi) mavjuddir. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling