27
otalanmasdan rivojlanishi mumkin. Bunga apomiksis deyilsa. Urug‘ va mevani otalanib hosil bo‘lishi
amfimiksis deyladi.
Apomiksis jarayonida urug‘ va mevalar urug‘ kurtaklarning nutsellusidan urug‘kurtak po‘stidan,
sinergiddan hosil bo‘ladi.
Urug‘ murtak qismining hosil bo‘lishida quyidagi jarayonlar buzilishi mumkin.
1. Partenogenez - murtakning otalanmagan tuxum hujayradan hosil bo‘lishi (qoqio‘t).
2. Apogamiya - murtakning tuxum hujayra o‘rniga sinergid va antipodning rivojlanishidan hosil
bo‘lishi (zubturum, sarimsoq piyoz)
3. Aposporiya - murtakni nutsellusning yoki urug‘kurtak po‘stining rivojlanishidan hosil bo‘lishi.
4. Poliembrioniya - urug‘da bitta murtak o‘rniga bir necha murtak hosil bo‘ladi. masalan: limon,
apelsin, mandarin.
5. Partenokarpiya - urug‘siz meva hosil qilish. Bunday o‘simliklarda vegetativ, usulda ko‘payishi
yaxshi rivojlangan bo‘ladi. Masalan: mandarin, apelsin, nok, uzumda.
Do'stlaringiz bilan baham: