Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Ostki tuguncha. 2. Ustki tuguncha. 3. O‘rta tuguncha.
- 1. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullar. 2. Simpodial shox- lanuvchi to‘pgullar.
- 1. Oddiy monopodial to‘pgullar. 2. Murakkab monopodial to‘pgullar.
1. tumshiqcha. 2. Ustuncha. 3. Tuguncha.
Tumshiqchaning vazifasi changni qabul qilishga xizmat qilishdir. Buning uchun unda ishlab chi- qilgan suyuqlik yordam beradi.Ustuncha tuguncha va tumshuqchani bir biriga bog‘lab turadi. Ustun- chalar soni meva bargchalar miqdoriga bog‘liq. Masalan: olma, nok 5 ta meva bargcha va 5 ta ustuncha hosil qilsa, chinnigulda 3 ta, labiguldoshlar va butguldoshlarda bitta ustuncha hosil qiladi. Uning rivojlanishidan urug‘ hosil bo‘ladi. Tuguncha gul qismlarining joylashgan o‘rniga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Ostki tuguncha. 2. Ustki tuguncha. 3. O‘rta tuguncha. Gul tuzilishida changchi va urug‘chini gulda joylanishiga qarab, gullar bir jinsli va ikki jinsli gullarga bo‘linadi. Tabiatdagi yopiq urug‘li o‘simliklarning 75 % ikki jinsli gul hosil qilsa, 25 % bir jinsli gul hosil qiladi. Bir jinsli gullar changchi va urug‘chining qatnashishiga qarab otalik va onalik gullariga bo‘linadi. 4. To‘pgullar. Bir necha gulning birgalashib joylashishi to‘pgul deyiladi.. To‘pgullarni shoxlanish usuliga qarab 2 guruhga ajratamiz. 1. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullar. 2. Simpodial shox- lanuvchi to‘pgullar. Monopodial shoxlanuvchi to‘pgullarda o‘sish nuqtasi cheksiz o‘sish xususiyatiga ega bo‘lib, yon shoxlarining soni noaniq bo‘ladi. Bunday to‘pgullarda gulning asosiy o‘q qismi yaxshi ifodalangan bo‘lib, gullar gulning asosidan uchiga doimiy ravishda ochilib boradi. Simpodial shoxlanuvchi gullarning o‘sishi chegaralangan bo‘lib, hatto har bir tur va oilaga kiru- vchi, o‘simlikda farq qiladi. Bunday to‘pgullarda guli uchidan asosiga qarab ochiladi. Monopadial to‘pgullar o‘z navbatida quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Oddiy monopodial to‘pgullar. 2. Murakkab monopodial to‘pgullar. Oddiy monopodial to‘pgullarga quyidagilar kiradi. 1. Shingil (shoda). Uzun asosi tepada bo‘lib bir xil uzunlikdagi gulbandlarda ayrim gullar hosil bo‘ladi. Masalan: beda, shirach, yer yong‘oq, oq akatsiya va hokazo. 2. Oddiy boshoq-uzun asosida, gul bandsiz gullar joylashgan bo‘ladi. Masalan: zubturum, qiyoq guli. 3. Dasta to‘pgul bitta gul bandida bir necha gul joylashgan bo‘ladi. Masalan: olma, nok. 4. Soyabon - piyoz va olcha gulida hosil bo‘lib gullar bir asosida bir xil uzunlikda gumbaz bo‘lib joylashadi. 5. Кuchala - Yong‘oq, tol, qayin kabi o‘simliklarda pastga qarab osilib turadi. 6. Savatcha to‘pgulda tarelkasimon gul o‘rnida cheksiz gul joylashgan bo‘ladi. Masalan: kunga boqar, qoqio‘t, bo‘tako‘z va hokazo. Murakkab monopodial to‘p gullar quyidagi guruhlarga ajratiladi. 1. Murakkab boshoq (bug‘doy, arpa) 2. Murakkab soyavon (ukrop sabzi) 3. Ro‘vak (nastarin). Simpodial to‘pgullarda gullarning asosiy tanasi gul bilan tugaydi. Asosiy novdaning tugashi yon 24 novdani hosil bo‘lishiga olib keladi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi. 1. Monoxaziy to‘pgullar. a) Gajak to‘pgul. Asosi strelkasimon buralgan bo‘lib, uning asosiy tanasi gul bilan tugaydi va hosil bo‘lgan gullar bir tomonda joylashgan bo‘ladi. (kampirchoponlar oilasi). b) Burma to‘pgul gulsafsar, ilongul mingdevona kabi o‘simliklarda gullar bir -biriga qarama qarshi tomonga kyetadi. 2. Dixaziy - ayri to‘pgul 2 ta shoxlangan bo‘ladi. Ular o‘z navbatida shoxlanib 1 ta gul bilan tugaydi. (chinnigul, qoramiq). 3. Pleyoxaziy (sutlamadosh). Bunig asosiy o‘qi ancha qisqargan bo‘lib, uning atrofida doira holida o‘rnashgan bir qancha o‘qlardan tashkil topgan to‘pgullar joylashadi.To‘pgullar muhim biologik ahamiyatga ega. 1. Navbat bilan ochilishi sovuq urishidan saqlaydi. 2. Кo‘p urug‘ hosil qiladi. 3. Hashorat tezda changlatadi. Savollar: 1. Gul qaysi qismlardan tashkil topgan? 2. Changchi va urug‘chi qaysi qismlardan tashkil topgan? 3. Bir jinsli va ikki jinsli gullar deganda qanday gullarni tushinasiz? 4. Bir uyli va 2 uyli o‘simliklar deganda qanday o‘simliklarni tushinasiz? 5. Monopodial va simpodial shoxlanuvchi to‘pgullarni bir- biridan farqini bilasizmi? Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling