Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

2. Bargning tuzilishi. Barg quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi va barg bandi, plastinkasi, yon 
bargcha va barg asosi. Barg asosi bilan novdaga birlashib turadi. Barg bandi barg asosi va yaprog‘ini 
orasida hosil bo‘ladi. Uning vazifasi bargni yorug‘likka qaratib, maxanik vazifani bajarishidir. U ayrim 
o‘simliklarda yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ayrimlarida bo‘lmaydi, bunday barglar o‘troq barglar deyiladi. 
Bunday barglar g‘allagulli o‘simliklarda hosil bo‘lib, barg qinchasi, tilchasini hosil qilib bo‘g‘indan 
bo‘g‘ingacha masofada joylashadi. 
Yon bargchalar mayda bo‘lib, asosan 2 tadan bo‘ladi. Vazifasi kurtakni himoya qilishidir. Ayrim 
o‘simliklarda ular tushib kyetadi. (qamish, olma, nok). Masalan: moshda, g‘o‘zada uch burchakli 
bo‘lsa, akatsiyada tikanaklarga aylanadi. Vegetatsiya davrida har bir o‘simlikda quyidagi toyifadagi 
barglar hosil bo‘ladi. 
1. Pastki yarusdagi barglarga kurtakdagi, ildizpoyadagi, piyoz boshlardagi barglar kiradi. 


21
2. O‘rtayarusdagi barglar haqiqiy yashil barglar hisoblanadi. 
3. Yuqori yarusdagi barglarga. G‘unchani va to‘p gullarni o‘rab turuvchi barglar kiradi. 
Bargni o‘lchami har xil. Masalan: Butguldoshlar oilasi vakillari bir necha mm barg hosil qilsa
tropik o‘simliklar 10 - 22 mga yetadigan barglar hosil qiladi. Makkajo‘xori 1 m gacha, bananniki 1 m, 
eni 40 - 50 sm, Afrika, Amerikada o‘sadigan Palmaniki uzunligi 20- 22 m. eni 10 - 12 m va h.k. 
Bargni miqdori o‘simlik yuzasini ko‘paytirib beradi. Masalan: 1 ga maydondagi makkajo‘xori 
bargi 12 ga yuzaga ega bo‘lsa, kartoshka bargi 40 ga yuzani hosil qiladi. 
O‘simliklarda morfologik tuzilishga ko‘ra oddiy va murakkab barglar hosil bo‘ladi. Oddiy barg 
deb faqat bitta barg plastinkasi bo‘lgan barglarga aytiladi. Bir necha barg plastinkasi bo‘lsa murakkab 
barg deyiladi. Murakkab barglarda dastlab plastinkasi so‘ngra bandi to‘kiladi. 
Odiiy barglar barg yaprog‘ining shakliga qarab: dumalok, ovalsimon, tuxumsimon, uzunchoq, 
nashtarsimon, nayzasimon kabi barglarga ajratiladi. Barg qirrasining tuzilishiga ko‘ra: tekis qirrali, 
tishsimon, arrasimon bo‘ladi. Murakkab barglarda o‘zining kichkina barglari bilan barg asosiy bandga 
birikib turadi. Ular quyidagi turlarga bo‘linadi: 1. Uchbarglilar (dukkakdoshlar) 2. Panjasimon 
(akatsiya, no‘xot) 3. Tok patsimon (yongoqda) 4. Juft patsimon (yasmiq, no‘xotak) 
3. Bargni tomirlanishi. Bargdagi o‘tkazuvchi bog‘lamlarni tarmoqlanib joylanishdan hosil 
bo‘ladi. 
Ular quyidagi turlarga bo‘linadi. 
1. Parallel tomirlanish. (bir pallali o‘simliklarda) 
2. Yoysimon tomirlanish. (zupturumda) 
3. To‘rsimon tomirlanish (Ikki pallalilarda) 
4. Patsimon tomirlanish (tol, olma, otquloqda) 
5. Oddiy tomirlanish (mox, plaun, ochiq urug‘liklarda) 
Oddiy tomirlanishda bargning asosidan barg uchigacha bitta barg tomiri hosil bo‘ladi. Bunday 
tomirlanish yuksak sporali o‘simliklar, mox, plaun, ochiq urug‘lilar (igna barglilar) va yopiq 
urug‘liklardan elodiya o‘simligida uchraydi. 
4. Bargning hayot kechirish davri. Bargning hayot kechirish davri turlichadir. Ayrim 
o‘simliklarda barg atigi bir necha oy hayot kechirib keyin tushib kyetadi. Ayrim o‘simliklarda 1,5-5 yil 
hatto 12-15 yildan keyin tushadi. Bunday o‘simliklar doimiy yashil o‘simliklar deb nomlanadi. Ularda 
barglar almashinuvi muntazam, uzoq vaqt davom yetadi. (Masalan qarag‘ayda, emanda 1-3 yil, lavr 
daraxtida 4 yil). Velvichi daraxtida (Afrika cho‘lida o‘sadi) 100 yil hayot kechiradi. 
Barg to‘kilishi yoki xazonrezgilik me’yoriy biologik jarayon hisoblanadi. Кuzga kelib o‘simlikni 
suv va mineral moddalarni qabul qilishi qiyinlashib qoladi natijada organik moddalarni sintezi sekin-
lashadi. Кuzda barglar dastlab sargayib keyin qizara boshlaydi. Bu xlorofill pigmentlarining 
hayotchanligini susayishi asosida amalga oshadi. To‘kilgan barglar tuproqda mineral moddalar tarkibi-
ni oshishiga, ildizni sovuq urishidan saqlashga, urug‘larni himoya qilishga xizmat qiladi.
5. Bargning shakl o‘zgarishi - metamarfozi. Evolyutsiya jaryonida ko‘pchilik yuksak o‘simliklar 
vegetativ organlarida bo‘lgani singari barg ham o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib boshqa fiziologik 
funksiyani bajaradigan bo‘lgan. 
Barg metomorfoziga tikanaklar, mo‘ylovlar, zahira oziq modda to‘plovchi barglar, tangacha bar-
glar va hashoratxo‘r o‘simlik barglari misol bo‘ladi. 
Кo‘pchilik hashoratxo‘r o‘simliklarda barg bandi barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga fil-
lodiya deyiladi. Кaktus, astragal, qushqo‘nmas o‘simliklarida barg plastinkasi tikanaklarga aylanadi. 
Mosh, no‘xot, qovoq, yovvoyi no‘xot o‘simliklarida barg plastinkasi o‘ziga xos mo‘ylovlar hosil qiladi. 
Oq akatsiyada kovil, qarag‘ayda yon barglar tikanlar hosil qiladi. Hashoratxo‘r o‘simliklarda bezli 
to‘qimalar bo‘lib, ulardan ishlab chiqarilgan sekretlar hashoratlarni jalb qilish va parchalash 
xususiyatiga ega. Hashoratxo‘r o‘simliklarni 450 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ular rossiyankalilar, 
puzirchatkalilar, nepentesoviklar oilasiga mansubdir. 
Savollar. 
1. Barg qanday vazifalarni bajaradi? 
2. Barg qaysi qismlardan tashkil topgan? 
3. Barglarni tomirlanish xillarini tushuntirib bering? 
4. Barg mezofili deganda nimani tushunasiz? 


22
5. Barglar necha yil hayot kechiradi? 
6. Metamorfozlashgan barglarga nimalar kiradi? 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling