Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetirik gullar


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet27/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

1. Aktinomorf gullar. 2.Zigomorf gullar 3. Asimmetirik gullar. 
Aktinomorf gullarda (to‘g‘ri) uning yuzasidan bir necha simmetirya o‘tkazish mumkin. Zigomorf 
gullar yuzasidan faqat bitta simmetiriya o‘tkazish mumkin.
Masalan: Labguldoshlar, dukkakguldoshlar shunday gul hosil qiladi. Asimmetirik gullar yuzasidan 
birorta ham simmetriya o‘tkazish mumkin emas. (Кanna, valeriana gullari). 
Changchilar yig‘indisi andrasey deyiladi. Ular mikroskpora hosil qilishga xizmat qiladi.
Changchilarga ta’rif berishda ularning soniga, joylanish doirasiga tutashganligiga va uzunligiga 


23
e’tibor berish kerak. 
3. Changchi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi. 1. Changdon. 2. Chang ipi. 3. Bog‘lagich. 
Changdonning shakli sharsimon, lentasimon, yoysimon ko‘rinishida bo‘lib, ko‘pchiligida 6 
burchakli - paralelopiped shaklida bo‘ladi. Changdon devorning tuzilishi yaxshi o‘rganilgan bo‘lib ular 
quyidagilardan iborat 
1. Epiderma. 2. Sub epiderma. 3. O‘rta qavat. 4. Tapetum. 
Sub epiderma qavati changdon yetilgandan keyin fibroz qavatini hosil qiladi. Fibroz qavatini 
doimiy o‘lib borishi changdonni ochilishiga olib keladi. Changdonlarda yetilgan chang gulning ichiga 
(introz) va uning sirtiga (ekstroz) tushishi mumkin. 
Chang ipining tuzilishi, miqdori va uzun qisqaligi muhim sistematik belgi hisoblanadi. Кo‘pchilik 
o‘simliklarda chang ipi oddiy shoxlanmagan bo‘ladi. Piyoz, kanakunjit, kayin o‘simligida changchi ipi 
shoxlangan bo‘ladi.
Urug‘chi va uning tuzilishi. Urug‘chilar yig‘indisi ginisey deyiladi. Ular 1 ta yoki bir necha meva 
bargchaning qo‘shilishidan hosil bo‘ladi. Masalan: olxo‘ri, shaftolida 1 ta, karamda 2 ta, shoyigul
piyozda 3 ta, olma, nokda 5 ta, lolaqizg‘aldoqda 9 - 11 ta meva bargchaning qo‘shilishdan hosil 
bo‘ladi.
Urug‘chi quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi.

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling