Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

YORUG

LIК
 
6 CO
16
2
 + 12H
2
O
18
 ———
 C
6
H
12
O
6
 + 6O
18
2
 + 6H
2

XLOROFILL 
Yer sharidagi o‘simliklar fotosintez natijasida har yili 120 milliard tonna organik modda hosil qi-
ladi (buning ko‘prog‘i dengiz va okean o‘simliklariga to‘g‘ri keladi), bu jarayonda 200 milliard tonna 
SO
2
qabul qilinib, havoga 145 milliard tonnaga yaqin yaqin erkin kislorod ajratiladi. 
O‘simliklarda nafas olish jarayoni ham o‘tadi. Nafas olish jarayonida ajralib chiqqan energiya en-
dodermik reaksiyalar uchun, ya’ni o‘sish, harakatlanish, rivojlanish va shu kabi hayotiy bosqichlar 
uchun sarf bo‘ladi. Nafas olish quyidagi umumiy formula bilan ifodalanadi. 
C
6
 H
12
O
6
 + O

= 6CO

+ 6H
2
O 674 kkal. 


12
Bu jarayon boshqacha dissimilyatsiya deb ham ataladi. 
Savollar: 
1. Yadroning vazifasi va tarkibi
2. Yadro membranaining tuzilishi 
3. Genlarning tarkibi va vazifasi 
4. Hujayra necha xil usulda bo‘linib ko‘payadi. 
5. Fotosintez va dissimilyasiya jarayoni deganda nimani tushunasiz. 
5-MAVZU: O‘SIMLIКLARNING TO‘QIMALARI 
Reja: 
1. To‘qima haqida tushuncha. 
2. To‘qimalarning klassifikatsiyasi. 
3. To‘qimalarning bajaradigan vazifalari va xillari. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3. 
1. O‘simliklarning tanasi har xil to‘qimalardan tashkil topgan bo‘ladi. Shakli jihatidan o‘xshash 
bo‘lgan bir yoki bir necha xil vazifani bajaradigan hujayralar guruhiga to‘qima deyiladi. To‘qimalar 
shakliga ko‘ra 2 xil bo‘ladi. Parenximatik va prozenximatik. Parenximatik hujayralardan tashkil topgan 
to‘qimalar, parenximatik to‘qimalar, prozenximatik hujayralardan tashkil topgan to‘qimalar, prozenxi-
matik to‘qimalar deyiladi. 2.To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 2 ta katta guruhga bo‘linadi. 
1. Embrional- hosil qiluvchi to‘qimalar. 2.Doimiy to‘qimalar. 
Hosil qiluvchi to‘qimalarni hujayrasini yadrosi yirik, tez- tez bo‘linish xususiyatiga ega bo‘ladi. 
Hosil qiluvchi to‘qimadan vujudga kelgan hujayralar avval o‘sadi, sungra ma’lum shaklga kirib, 
doimiy to‘qimani hosil qiladi. Bu to‘qima keyinchalik yashay beradi va kam o‘zgaradi yoki nobud 
bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimani o‘zi kelib chiqishiga ko‘ra 2 xil bo‘ladi. 
1. Birlamchi hosil qiluvchi to‘qima- prokambiy 
2. Ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qima- kambiy 
Prokambiy to‘qimasi o‘simlik organlarining o‘sish nuqtalarida ildizning va poyaning uchida, ya’ni 
o‘sish konusida bo‘ladi. O‘sish konusidagi hujayralarning bo‘linishi hisobiga ildiz va poya bo‘yiga 
o‘sadi. Birlamchi hosil qiluvchi to‘qima (meristema) o‘sish konusining eng uchida joylashgan bitta 
dastlabki hujayraning ketma- ket bo‘linishi natijasida rivojlanadi. Кeyinchalik bu hujayradan kelib chi-
qishga ko‘ra birlamchi hisoblangan har xil to‘qimalar ajraladi. Birlamchi meristemadan cho‘ziq va in-
gichka hujayralar guruhi ham ajralib chiqa boshlaydi va ular o‘sish konusidan birmuncha pastda joy-
lashadi. Har tomonga qarab zo‘r berib bo‘linish xususiyatiga ega bo‘lgan hujayraning bu guruhi pro-
kambiy deb ataladi Prokambiy hujayraning zo‘r berib bo‘linishi natijasida keyinchalik o‘tkazuvchi va 
maxanik funksiyani bajaruvchi ikkita doimiy to‘qima, birlamchi yog‘ochlik, ya’ni ksilema va birlamchi 
lub, ya’ni floema hosil bo‘ladi.
Prokambiy to‘qimasi asosan bir pallali o‘simliklarda uchraydi. Birlamchi yog‘ochlik va birlamchi 
lubni hosil qilgandan keyin bir pallali o‘simliklarda o‘zi yo‘q bo‘lib kyetadi. Ikki pallali o‘simliklarda 
esa yoshlik vaqtida bo‘ladi. Birlamchi yog‘ochlikni va birlamchi lubni hosil qilib o‘zi yo‘qola boradi. 
Yo‘qolib borayotgan bir qism prokambiy hujayralarini qayta bo‘linib ko‘payishidan kambiy to‘qimasi 
vujudga keladi. Кambiy to‘qimasi hosil qilishda davom yetadi va chetga tomon ikkilamchi lub, 
markazga tomon ikkilamchi yog‘ochlik qatlanaveradi. Natijada ikki pallali o‘simliklarni o‘q organlari 
o‘sib, yo‘g‘onlashaveradi. Yillik xalqalar kambiy to‘qimasining faoliyati tufayli, vujudga keladi. Alo-
hida qoplovchi to‘qima- po‘kak hosil qiluvchi po‘kak kambiy ham ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimaga 
kiradi.
Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklar hayotida muhim rol o‘ynaydi, chunki ularning ishtirokisiz 
o‘simliklar o‘smaydi va yangi organlar hosil qilmaydi. 
Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan o‘rniga ko‘ra 4 xil bo‘ladi. 1). Tepa- apikal 
meristema. 2). Interkalyar meristema. 3).Yon meristema. 4). Yara meristemalari. 
3. Doimiy to‘qimalar bajaradigan vazifasiga ko‘ra 5 xil bo‘ladi. 1).Qoplovchi. 2). Asosiy. 3). 
Maxanik. 4). O‘tkazuvchi. 5). Ajratuvchi to‘qimalar. 
Qoplovchi to‘qimaning vazifasi o‘simliklar tanasini eng tashqi tomondan qoplab turib, ularni tabi-
atning noqulay omillari ta’siridan asrash, hamda zararli mikroorganizmlarni ularning ichki qismlariga 


13
kirishdan saqlash. 
Qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi. 1. Birlamchi qoplovchi to‘qima-
epiderma. 2.Ikkilamchi qoplovchi to‘qima- periderma. 
3.Kochma qobiq. Epiderma bir pallali o‘simliklar hamda yosh novdalarida uchraydi. Periderma esa ikki 
pallali o‘simliklarga xos bo‘ladi. 
Asosiy to‘qimalarning vazifasi o‘zida oziqa to‘plash va o‘simliklarni oziqlantirishdan iborat. Aso-
siy to‘qimalar o‘simliklarda joylashgan o‘rniga va bajaradigan vazifasiga ko‘ra quyidagicha bo‘ladi: 
Xlorenxima, so‘ruvchi, g‘amlovchi, suv g‘amlovchi va aerenxima. 
Maxanik to‘qimaning vazifasi o‘simliklarga mustahkamlik berishdan iborat. 
Maxanik to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra 3 xil bo‘ladi, a) kollenxima, b)sklerenxima, v)sklereid- 
toshsimon hujayralar. 
Кollenxima maxanik to‘qimasi parenximali tirik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ikki pallali 
o‘simliklarga xos bo‘ladi. Sklerenxima maxanik to‘qimasi esa prozenximali o‘lik hujayralardan tashkil 
topgan bo‘lib, bir pallali o‘simliklarga xos bo‘ladi.
Sklereid maxanik to‘qimasi qattiq toshsimon hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, ularni hujayrasi-
ning po‘sti o‘ziga qumtuproq moddasini singdirgan bo‘ladi. Masalan: shaftoli, o‘rik, olcha, gilos 
danaklari va qamish barglari. 
O‘tkazuvchi to‘qimaning vazifasi o‘zidan suv va oziqani o‘tkazishdan iborat. Ya’ni ildiz orqali 
shimib olgan suv va unda erigan mineral moddalarni barggacha (ko‘tariluvchi oqim), bargda hosil 
bo‘lgan fotosintez mahsulotalrini ildizgacha (tushuvchi oqim) o‘tkazib boradi. Bu vazifani har xil 
shakldagi o‘tkazuvchi naylar, traxeidlar, traxeyalar hamda elaksimon (to‘rsimon) nay va yo‘ldosh hu-
jayralar bajaradi. Bular o‘simliklarda bitta bo‘lmasdan bir nechta bo‘ladi va o‘tkazuvchi bog‘lamlarni 
hosil qiladi. 
O‘tkazuvchi bog‘lamlar kelib chiqishiga ko‘ra ochiq- tugallanmagan va yopiq- tugallangan 
bog‘lamlarga ajratiladi. 
Savollar: 
1. To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 
2. Hosil qiluvchi va qoplovchi to‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 
3. Кollenxima maxanik to‘qimasi qaysi o‘simliklarda uchraydi? 
4. O‘tkazuvchi to‘qima qanday vazifani bajaradi? 
5. O‘tkazuvchi bog‘lam deganda nimani tushunasiz va ular floema va ksilemani joylashishiga ko‘ra 
necha xil bo‘ladi? 
6. O‘tkazuvchi bog‘lamlar kelib chiqishiga ko‘ra necha xil bo‘ladi? 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling