Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yashil - suvo‘tlar - Chlorophyta.
- “dengiz salatini”
Diatom suvo‘tlar - Diatomeae. Diatom suvo‘tlarining 5 mingga yaqin turi mavjud. Ular bir hu-
jayrali va koloniya bo‘lib yashaydigan organizmlaridir. Bularni hujayrasini shakli juda xilma - xil: yumaloq, tayoqchasimon, uchburchak va hokazo bo‘ladi. Diatom suvo‘tlar sinfining eng harakterli bel- gisi hujayrasi po‘stining tuzilishidir. Hujayra po‘sti pektindan tuzilgan bo‘lib, tashqi tomonidan yaxlit kremniy pansir (qalqon) bilan o‘ralgan. Pansir bir- biriga teng bo‘lmagan ikkita palladan iborat. Palla- lar shunday joylashganki, quticha qopqog‘i singari biri ikkinchisini o‘rab turadi. Кo‘pgina hujayralarn- ing har bir pallasida tirqishsimon teshikchalar bo‘lib, ular orqali protoplazma tashqi muhit bilan bog‘lanadi. Кremnezyom (qumtuproq) shimib olgan pallalar juda pishiq, qattiq va ko‘pincha chiroyli gulli bo‘ladi. Diatom suvo‘tlarining hujayrasi harakatchan bo‘ladi, ular sekin sudralib yoki tirqishsimon teshik- chalardan chiqargan shilimshiq iplarning itarishi natijasida juda tez harakat qiladi. Bularni hujayralari oddiy bo‘linish yo‘li bilan, jinsiy va jinssiz usullarda ko‘payadi. Diatom suvo‘tlar dengiz va chuchuk suvlarda yashab, hayvonlarga oziqa bo‘ladi, plankton hamda bento hosil qiladi. Dengizlarda diatomlarning protoplasti nobud bo‘lgandan keyin po‘sti dengiz tubiga to‘planadi va bir necha million yillar davomida ulardan alohida tog‘ jinsi - diatomit yoki kremniy uni hosil bo‘ladi. Diatomit g‘ovak, yengil bo‘lganligidan undan issiq o‘tkazmaydigan materiallar, g‘ovak g‘isht tayyorlashda, turli metallarni shlifovka qilishda va portlovchi modda - dinamit tayyorlashda foy- dalaniladi. Bularni vakili sifatida pinnulariyani ko‘rsatish mumkin. Pinnulariya ko‘pincha chuchuq suv havzalarida, ko‘l, daryo, soy va hovuz suvlari tubida o‘sadi. Yashil - suvo‘tlar - Chlorophyta. Yashil suvo‘tlar sinfiga 5500 dan ortiq tur kiradi. Bular bir hu- jayrali, koloniya holdagi va ko‘p hujayrali organizmlardir. Yashil suvo‘tlarning xromotoroflarida faqat xlorofill bo‘lib, boshqa pigmentlar bilan ni- qoblanmagani uchun yashil rangda ko‘rinadi. Yashil suvo‘tlarning eng sodda vakillari, ya’ni bir hujayralilarning ko‘pincha ikkita xivchini bo‘lib, ular mustaqil harakatlana oladi. Bu hol yashil suvo‘tlar eng sodda hayvonlardan xivchinlilarga yaqin ekanligini ko‘rsatadi. Yashil suvo‘tlar vegetativ, spora hosil qilish va jinsiy yo‘l bilan ko‘payadi. Yashil suvo‘tlar asosan chuchuq suv havzalarida tarqalgan bo‘lib, suv ostida “balchiq” (tina) hosil qiladi. Ba’zi vakillari dengizlarda, juda kam vakillari quruqlikda yashaydi. Bir hujayrali vakillari plankton organizmlar hisoblanadi. Ular ko‘pincha tez ko‘payib, oqmas suvlarni ko‘kartirib yuboradi. Кo‘p hujayrali vakillari suv havzalari tubiga o‘rnashib olib o‘sadi. Bular suv hayvonlari uchun oziq bo‘ladi, “dengiz salatini” odamlar iste’mol qiladi. Yashil suvo‘tlar sinfi, odatda, uchta kenja sinfga: teng xivchinlilar yoki asl yashil suvo‘tlar, matashuvchilar yoki kon’yugatlar va xaralar yoki nurlilarga bo‘linadi. Ba’zi olimlar haralarni mustaqil sinf deb hisoblaydilar. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling