Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
Lishayniklar. Lishayniklar tanasi zamburug‘ va suv o‘tlarining simbioz bir - biriga moslashgan
holatda yashashi natijasida paydo bo‘lgan organizm bo‘lib hisoblanadi. Lishayniklar tarkibiga zambu- rug‘lardan xaltachali, bazidiyali, suvo‘tlardan ko‘k, yashil suvo‘tlari vakillari kiradi. Zamburug‘ gifala- ri bilan suvo‘tini o‘rab olib, u bilan birga o‘sadi. Lishayniklar avtotrof o‘simliklardir. Lishayniklar tashqi ko‘rinishi jihatidan xilma- xil ular kulrang, sariq, qo‘ng‘ir, qizil ba’zan qoramtir ranglarda bo‘ladi. Lishayniklar tanasining morfologik tuzilishiga ko‘ra 3 guruhga bo‘linadi. 1. Yopishqoq yoki po‘stloqsimon - ular eng sodda tuzilgan keng tarqalgan tollomi yupqa, qobiqsimon, substratga juda mahkam yopishadi. 2. Bargsimon yoki plastinkasimon tollomi oddiy yaproq ko‘rinishda bo‘lib, rizoidga o‘xshash o‘simtasi bilan birikadi. Ularni butunligicha ajratib olsa bo‘ladi. 3. Butasimon yoki shoxlangan. Tallomi birmuncha murakkab tuzilgan, tik o‘sadi, butaga o‘xshab shoxlaydi. Tog‘larda uchraydigan kladoniya, shimolda o‘sadigan bug‘i lishaynigi va yolli lishayniklar shular jumlasidandir. Lishayniklar tabiiy sharoitda asosan vegetativ ko‘payadi. Ularning mo‘rt tallomi qurib oson maydalanadi, shamol va hayvon vositasida uzoq yerlarga tarqaladi. Shuningdek ular maxsus ko‘payish organi-soriydiy va izidiylar vositasida ham ko‘payadi. Кladoniya lishaynigi 10-15 s biomassa beradi. Bo‘yi 20 smgacha yetadi. Bug‘ular uchun oziq- ovqat hisoblanadi. Lishayniklarda uglevodlar to‘planadi. Shuning uchun oziq-ovqat sifatida, dori tayyorlashda foydalaniladi. Ulardan efirmoyi, glukoza, spirt, lakmus, bo‘yoqlar olinadi. Savollar: 36 1. Zamburug‘lar qanday o‘simliklar? 2. Zamburug‘lar qanday sinflarga bo‘linadi? 3. Zamburug‘lar madaniy o‘simliklarda qanday kasalliklarni keltirib chiqaradi? 4. Zamburug‘larning ahamiyati? 5. Lishayniklar qanday o‘simliklar? 6. Lishayniklar nechta guruhga bo‘linadi? 7. Lishayniklarning ahamiyati? Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling