Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


-MAVZU: ARXEGONIAL O‘SIMLIКLAR YO‘SINLAR, PLAUNLAR, QIRQBO‘G‘IMLAR


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet46/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

17-MAVZU: ARXEGONIAL O‘SIMLIКLAR YO‘SINLAR, PLAUNLAR, QIRQBO‘G‘IMLAR, 
PAPOROTNIКLAR 
Reja: 
1. Yuksak o‘simliklar
2. Arxegonial o‘simliklarning klassifikatsiyasi. 
3. Moxsimonlar (yo‘sinlar). 
4. Plaunsimonlar. 
5. Bo‘g‘imlilar. 
6. Paporotniksimonlar. 
Adabiyotlar: 1, 2. 
1. Yuksak o‘simliklar - Cormobionta. Yuksak o‘simliklarning tuban o‘simliklardan farqi tanasi 
to‘qimalaridan tashkil topgan bo‘lib, ildiz poya va barg hosil qiladi. Ular asosan quruqda o‘sishga mos-
lashgan bo‘lib, evalusion nuqtai nazaridan suvo‘tlaridan kelib chiqqan. 
Olimlar fikricha yuksak o‘simliklarda xlorofill donachalarining mavjudligi, kraxmal hosil qilish 
xususiyatlari ularni yashil o‘simliklardan kelib chiqqan degan fikr yuritishga asos bo‘lgan. 
Yuksak o‘simliklarda anteridiy va oogoniylarning hosil bo‘lishi ularning qo‘ng‘ir suv o‘tlaridan 
kelib chiqqanligini asoslaydi. (G.Shenk, L.Кursanov, К.Meyer). Yuksak o‘simliklar Qizil suv 
o‘tlaridan kelib chiqqan degan gipotizani ilgari suruvchi olimlar ham bor. (P. Van). Bu fikirlar yuksak 
o‘simliklarni suvo‘tlarining u yoki bu guruhlardan kelib chiqqanligini isbotlaydi. 
Yuksak o‘simliklar suv o‘tlaridan kelib chiqqan bo‘lsada o‘ziga xos morfologik xususiyatlarga ega
1. Кo‘p hujayrali organizmlar bo‘lib poya, barg hosil qiladi. 
2. Suv o‘tlaridagi qat- tana o‘rniga ularda stela va epidermis hosil bo‘lgan. 
3. Yuksak o‘simliklar rizoid va ildiz hosil qiladi.
Yuksak o‘simliklar ikkita katta guruhga bo‘linadi. 1. Arxegonial o‘simliklar. 2. Gullik o‘simliklar. 
2. Arxegonial o‘simlikar, quyidagi 7 ta bo‘limga bo‘linadi. 
1. Rinofitlar bo‘limi. 2. Psilotlar bo‘limi. 3. Moxsimonlar bo‘limi. 4. Plaunsimonlar bo‘limi. 5. 
Bo‘g‘imlilar bo‘limi. 6. Paporotniksimonlar bo‘limi. 7. Ochiq urug‘lilar. 
Arxegonial o‘simliklar uchun harakterli asosiy xususiyatlardan biri ko‘p hujayrali arxegoniyning 
hosil bo‘lishidir. O‘simliklarning tarqalishi spora va urug‘ vositasida bo‘ladi. Arxegoniyning asosiy 
vazifasi tuxum hujayrasini hosil qilishga xizmat qilishdir. Arxegonial o‘simliklarning otalik organi 
anteridiy deb nomlanadi. Unda ko‘p miqdorda spermatozoid hosil bo‘ladi. 
Gulli o‘simliklarning 250000 turi mavjud. Ular uchun harakterli xususiyat ko‘payishga xizmat qi-
luvchi anteridiy va arxegoniyning qisqarib, o‘rniga gulning hosil bo‘lishidir. Guldagi tuxum hujayrasi-
ning otalanib rivojlanishidan urug‘ va meva hosil qiladi. Shuning uchun bunday o‘simliklar yopiq 
urug‘li o‘simliklar deb nomlanadi. Gullik yoki yopiq urug‘li o‘simliklar ikkita sinfga bo‘linadi. 1. Ikki 
pallalilar. 2. Bir pallalilar. 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling