Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet49/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

6. Paporotniksimonlar - Pterophyta. Bular qadimiy o‘simliklar bo‘lib hisoblanadi. Qadimiyligi 
bilan ular riniofit va plaunsimonlardan keyin turadi. Geologik kelib chiqishi taxminan 
qirqbo‘g‘imsimonlar bilan bir davrga to‘g‘ri keladi. 
Poporotniklar 300 avlod va 10000 to‘rni o‘z ichiga oladi. Bular cho‘l, dasht, bot- 
qoqlik, ko‘llar, sho‘r suvlar va o‘rmonlarda hayot kechiradi. Tropik iqlim sharoitida o‘suvchi 
vakillarinnig balandligi 25 - 30 m ga, tanasining diametri 50 sm ga yetadi. Mayda vakillari bir necha 


38
mm ni tashkil qiladi. 
Paporotniklar barglari yirik patsimon bo‘lib, ular yer usti poyasida va yer osti ildiz poyasida spiral 
shaklida joylashadi. 
Poporotniksimonlar sporadan ko‘payadi. Sporalar sporangiyda, barglarda to‘p-to‘p bo‘lib joylash-
gan soruslarda yetishadi - sporalar paydo bo‘lish oldidan reduksion yo‘l bilan bo‘linadi. Sporalardan 
yangi yuraksimon o‘simta rivojlanadi. Bu o‘simtalardan urg‘ochi jinsiy organ-arxegoniy va erkak 
jinsiy organ-anteridiy vujudga keladi. Urug‘lanish nam yoki kuchli yomg‘ir, shudringda ro‘y beradi. 
Paporotniklar, suvda urug‘lanadi. Paporotniksimonlar 2 sinfga: dastlabki paporotniklar va chin 
paporotniklarga bo‘linadi. 
Dastlabki paporotniklar sinfi vakillari faqat qazilma holda topilgan. Ular hozirgi paporotniklardan 
kalta bo‘yi, barglarining maydaligi, poyasining yaxshi o‘smaganligi bilan farq qiladi. Hozir dastlabki 
paporotniklarning 60 ga yaqin turlari borligi aniqlangan. 
Chin poporotniklar sinfi. Bunga qazilma holldagi va hozirgi vaqtda uchraydigan paporotniklar 
kiradi. Polebotanika fani chin paporotniklar yuqori perm davrida paydo bo‘lgan deb hisoblaydi. Chin 
paporotniklar sinfi 2 ta tartibga bo‘linadi: chin yoki teng sporali hamda suv paporotniklar yoki har xil 
sporali paporotniklar. 
Savollar: 
1. Yuksak o‘simliklarni tuban o‘simliklardan farqi nimalardan iborat? 
2. Nima uchun arxegonial o‘simliklar deyiladi? 
3. Arxegonial o‘simliklarga qaysi bo‘lim o‘simliklari kiradi? 
4. Moxsimonlarning jinsiy ko‘payishi organlari nima deb ataladi? 
5. Plaunsimonlar qanday o‘simliklar? 
6. Qiriqbo‘g‘imlar qanday o‘simliklar? 
7. Paporotniklarning otalik jinsiy gametalari qayerda hosil bo‘ladi va qanday nomlanadi? 
8. Soruslarning hosil bo‘lishi qaysi o‘simliklarga xos? 

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling