Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Adabiyotlar: 1, 3.
16-MAVZU: ZAMBURUG‘LAR, LISHAYNIКLAR VA ULARNING КLASSIFIКATSIYASI
Reja: 1. Zamburug‘lar haqida tushuncha. 2. Zamburug‘larning klassifiktsiyasi. 3. Zamburug‘larning ahamiyati. 4. Lishayniklar haqida tushuncha. 5. Lishayniklarning klassifikatsiyasi Adabiyotlar: 1, 3. 1. Tuban o‘simliklarning xlorofilsiz va tuzilishi juda turli - tuman bo‘lgan juda ko‘p turi zambu- rug‘lar deb ataladi. Ular o‘z ichiga 100 mingdan ortiq to‘rni oladi. Zamburug‘lar tallofit o‘simliklardir, chunki ular ham hech qachon suvo‘tlari singari haqiqiy to‘qima hosil qilmaydi va ularni tanasi qismlarga (barg, poya, ildizga) bo‘linmaydi. Ularning ko‘pchiligi mikroskopik mayda bo‘lib, nonda mog‘or, o‘simlik barglarida zangsimon dog‘lar va shunga o‘xshash shakllarda ham ko‘rinadi. Zamburug‘ tanasini mikroskop ostidan qarasak, uni chalkashib ketgan juda ko‘p ipchalar yoki gi- falardan iboratligini, gifalar to‘planib mitseliy hosil qilganini ko‘ramiz. Gifalar shoxlangan va shox- lanmagan, bir hujayrali yoki ko‘p hujayrali bo‘lishi mumkin. Zamburug‘ ba’zi turlarining gifalari tinim holatiga o‘tishi mumkin. Bunda ular juda zich chalkashib olib sklerosiy deb ataladigan o‘ziga xos tuga- nak hosil qiladi. Bir hujayrali zamburug‘lar, ular yumaloq yoki ellipis shakldagi alohida - alohida hu- jayralardir. Masalan: achitqi zamburug‘lari. Hujayrasi qobig‘ining kimiyoviy tarkibi bir xil emas. Po‘st hech qachon sellulozali bo‘lmay, unga 35 turli azotli moddalar aralashgan bo‘lib, ularda bir nechta yadro bo‘ladi. Ular kraxmal hosil qilmaydi, uning o‘rniga boshqa uglevod glikogen hosil qiladi. Alohida tuzilmalar - meva tanalar ko‘payish funksyasini bajaradi. Parazit zamburug‘larda - gaustoriya hosil bo‘ladi. Zamburug‘lar jinsiy, jinssiz va vegetativ usullarda ko‘payadi. Vegetativ ko‘payish oidiyalar -mitseliy ipchalarining parchalanishidan hosil bo‘ladigan ovalsimon hujayralar yordamida ro‘y beradi. Achitqi zamburug‘i -kurtaklanish yo‘li bilan ko‘payadi. Zamburug‘lar asosan sporalar yordamida ko‘payadi. Gifalar uchida konidiya bandlarda yoki sporangiyda spora hosil bo‘ladi. Zamburug‘larda jinsiy ko‘payish- izogamiya, oogamiya, usulida ro‘y beradi. Tanasining tuzilishi va ko‘payish xususiyatlariga qarab, zamburug‘lar tipi quyidagi 6 ta sinfga bo‘linadi. 1. Arximisetlar yoki xitridiomisetlar sinfi. 2. Oomisetlar. 3. Zigomisetlar (bular tuban zambu- rug‘lar) 4. Xaltachali zamburug‘lar yoki askomisetlar 5. Bazidiyeli zamburug‘lar yoki bazidiyamisetlar (bular yuksak zamburug‘lar). 6. Takomillashmagan zamburug‘lar. 1. Arximisetlar sinfi - tanasi yalong‘och - yaxshi rivojlanmagan mitseliy rizomitseliydan iborat 3 xil ko‘payadi (vegetativ, jinsiy, jinssiz). Ular yosh karamni ildiz bo‘g‘zini zararlaydi. Qora oyoq kasalligini keltirib chiqaradi. Unga qarshi ko‘rashish uchun tuproqqa ishlov berib nam- likni kamaytirish kerak. 2. Oomisetlar sinfi mitseliysi shoxlangan alohida hujayralarga bo‘lingan bo‘ladi. Masalan: Fitoftora zamburug‘i kartoshka, pomidor va poliz ekinlari bargida qo‘ng‘ir dog‘lar hosil bo‘ladi. 3. Zigomisetlar sinfi. Namiqib qolgan nonda, go‘ngda va boshqa organik substrotlarda oq tuksi- mon g‘ubor shaklda paydo bo‘ladi. (Mog‘or zamburug‘i). 4. Xaltachali zamburug‘lar - bularda hosil bo‘lgan zigota xaltachaga aylanadi. Xaltachani ichida sporalar hosil bo‘ladi. Ular unshudring, o‘simlik raki kasalligini keltirib chiqaradi, yana achish ja- rayonida ishtirok yetadi. Shaftoli tafrinasi-shaftoli bargini sarg‘aytirib bujmaytirib yuboradi. Penisill - zamburug‘i, shoxkuya zamburug‘i, qo‘ziqorin ham shu sinfga mansubdir. 5. Bazidiyali zamburug‘lar-sporalari maxsus bazidiyalarda etiladi. Qorakuya, zang, chang qorakuyasi kasalliklarini keltirib chiqaradi. G‘allaguldoshlar oilasi vakillarida ko‘p uchraydi. 6. Takomillashmagan zamburug‘lar. Bu sinf vakillari vilt kasalligini keltirib chiqaradi. Organik moddalarni chiritishda ishtirok etadi. Simbioz hayot kechiradi. (mikoriza). Qo‘ziqorin va qalpoqchali zamburug‘lar oziq-ovqat sifatida foydalaniladi. Achituvchi zamburug‘lar spirtli ichimliklar tayyor- lashda, novvoychilikda, ulardan olingan fermentlar, yengil sanoat va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi, hamda achituvchi zamburug‘lardan polivitaminlar tayyorlanadi. Salbiy tomoni, oziq-ovqatlarni buza- di, yog‘ochlarni chiritadi. Кasalliklarni keltirib chiqaradi Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling