Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
atomeae), qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta)
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
atomeae), qo‘ng‘ir suvo‘tlar (Phaeophyta) va qizil suvo‘tlar (Rodophyta) sinfi bilan tanishamiz.
Кo‘k- yashil suvo‘tlar- Cyanophyta. Bu suvo‘tlarga eng sodda, ko‘pincha bir hujayrali yoki ko- loniya bo‘lib yashaydigan organizmlar kiradi. Кamdan - kam holda ko‘p hujayrali, ipsimon shakillari ham uchraydi. Кo‘k - yashil suvo‘tlarining to‘dasi ko‘pincha shilimshiqqa o‘ralgan bo‘ladi. Bularning nomi o‘ziga xos rangiga qarab berilgan. Ularning hujayrasida har xil pigmentlar: xlorofill, fikosian, karotin va ayniqsa fikoeritrin bo‘lib, ularning o‘zaro nisbati turlicha bo‘lganligidan har xil rang hosil qiladi. Ularning hujayrasi ovval, sharsimon, ustinsimon va boshqa shakilarda bo‘ladi. Hujayralari tashqi tomondan ba’zan juda shilimshiqlanuvchi pektinli yupqa po‘st bilan o‘raladi. Hujayralarning ichki moddasi bo‘linmagan. Shuning uchun uning yadrosini ham, plastidasini ham ko‘rib bo‘lmaydi. Lekin protoplazma ikki xil pigment bilan bo‘yalgan tashqi va xromotin modda tutuvchi rangsiz ichki (markaziy tana deb ata- luvchi) qavatdan iboratligini ko‘rish mumkin. Кo‘k - yashil suvo‘tlar vegetativ va jinssiz ko‘payadi. Кoloniya bo‘lib, yashaydigan vakillarida ko- 33 loniyaning bo‘linib ketishi kuzatiladi. Ular jinsiy yo‘l bilan ko‘paymaydi, ba’zan spora hosil qilishi kuzatiladi. Bunda oddiy vegetativ hujayralar sporaga aylanadi. Sporalar ko‘payish uchun emas, balki to‘rni noqulay sharoitidan saqlash uchun xizmat qiladi. Bu suvo‘tlar butun yer yuzida tarqalgan bo‘lib, chuchuk va sho‘r suvlarda yashab, plankton, bentos hosil bo‘lishida ishtirok yetadi. Planktonda juda tez ko‘payib, suvni “gullatib” yuboradi, natijada suv ichishga yaroqsiz bo‘lib qoladi. Кo‘k - yashil su- vo‘tlar tuproq yuzasida va uning ustki qatlamlarida ham uchraydi. Ular yerda organik moddalarni to‘planishiga yordam beradi. Ba’zi turlari atmosferadagi azotni o‘zlashtirib, tuproq unumdorligini oshi- radi. Кo‘k- yashil suvo‘tlarining o‘ziga xos vakillaridan biri ossillyariyadir. Bular ko‘pincha Markaziy Osiyoda ariq bo‘ylarida, tog‘ darayolaridagi toshlarda uchrab, ko‘kish shilimshiq dog‘ hosil qiladi. Кo‘k- yashil suvo‘tlarining yana bir vakili nostok bo‘lib, u tezoqar toza suvlarda yashaydi. Markaziy Osiyo sharoitida u ko‘pincha tog‘ daryolaridagi toshlarda, kamdan- kam zax yerldarda uchraydi. Nostok koloniya bo‘lib, yashaydigan suvo‘ti bo‘lib, uning ilonizi shaklidagi ipchalari o‘z atrofida juda ko‘p shilimshiq to‘plab, tuzlangan pomidorga o‘xshash bo‘lakcha hosil qiladi. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling