Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”
Download 342.63 Kb. Pdf ko'rish
|
Botanika Maruza matnlari[Replica]
- Bu sahifa navigatsiya:
- Goldji apparati.
- Ribosomalar.
Endoplazmatik to‘r. Elektron mikroskop yordamida gialoplazmada juda nozik kanalchalarning
murakkab sistemasi borligi aniqlandi. Кeyinchalik endoplazmatik to‘r o‘zaro bog‘langan ultromikros- kopik kanal, pufak va sisternalar sistemasidan iborat ekanligi topildi. Uning qoplamasi ko‘p hollarda oraliq masofasi o‘zgarib turuvchi qo‘sh membrana shaklida bo‘ladi. Bunday qoplama ba’zida kengayib o‘zaro kanalchalar bilan bog‘langan pufakchalar shaklida ham bo‘lishi mumkin. Endoplazmatik to‘rning bajaradigan vazifalari har xildir. Endoplazmatik to‘r bo‘shliqlarining hujayrada joylashuvi va shakli shuni ko‘rsatadiki, bu sistema hujayra ichida moddalarning harakati va taqsimotida hamda hujayrada sodir bo‘ladigan modda al- mashinish jarayonida muhim rol o‘ynaydi. Moddalarning sarflanishi uyg‘unlashgan joylarda. Masalan: hujayra qobig‘i sintez qilinadigan qismlarda endoplazmatik to‘r kapillyarlari iste’mol zonalariga paral- lel ravishda o‘tadi. Endoplazmatik to‘r assimiliyatsiya mahsulotlarini o‘simlik bo‘ylab harakatida qatnashadi. Bulardan tashqari endoplazmatik to‘r birinchi navbatida assimiliyatorlar sintezida ishtirok yetadi, oqsillar va fermentlar sintezida ham qatnashadi. Goldji apparati. Buni birinchi marta 1898 - yilda italiyalik sitolog olim Goldji aniqlagan va dik- tiosoma nomi bilan yuritilgan. Bu organoid ham endoplazmatik to‘r bilan fuknksional bog‘langan. Ular ancha murakkab tuzilgan bo‘lib, go‘yo devorlari plazmatik membranalardan tuzilgan yassi sisternalar paketiga o‘xshaydi. Diktiosomalarda organik moddalar vaqtincha to‘planadi va hujayraning boshqa, qismlariga tarqaladi. Goldji apparatini hujayradan suyuqlikni chiqarishda, suv balansini tartibga solishda, hujayradagi chiqindi va zaharli moddalarni to‘plashda hamda hujayra vakuolasi hosil qilishda ahamiyati kattadir. Ribosomalar. Hujayradagi ribosomalarni 1955-yili G. Palade aniqlagan. Bu submikroskopik tuzilishga ega bo‘lgan organellarning diametri 20 nm gacha boradi. Bularda membranalar bo‘lmaydi va tarkibida 50 % oqsillar va shuncha miqdorda ribosom RNК (ribonuklein kislota) mavjud. Aminokislotalardan oqsillarni hosil qilish yoki sintezlash ribosomalarning asosiy vazifasidir. Download 342.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling