Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

2. Hujayraning tuzilishi. Hujayrani oddiy yorug‘lik mikros-kopida va elektron mikroskoplarida 
ko‘rish mumkin. Oddiy yorug‘lik mikroskopida hujayrani quyidagi qismlari ko‘rinadi: 1) Sitoplazma; 
2) hujayra shirasi - vakuola; 3) po‘sti; 4) yadrosi. 
Elektron mikroskopda esa hujayraning yorug‘lik mikroskopida ko‘rinmagan qismlari ham 
ko‘rinadi: 1) membrana; 2) teshikcha; 3) yadro; 4) endoplazmatik tur; 5) yadrocha; 6) mitoxondriy; 7) 
plastida; 8) vakuola; 9) Goldjiy apparati; 10) ribosoma. 
Hujayraning ichki bo‘shlig‘ini to‘ldirib turgan shilimshiq modda sitoplazma - protoplazama, plaz-
ma deb ataladigan yarim suyuq kolloid massadan, ancha quyuq jisim - yadro va alohida qo‘shilmalar- 


7
plastida, mitoxondriya va ribosomalardan tuzilgan. Shu kabi hujayraning tirik qismlari, umumiy nom 
bilan protoplast deb ataladi. Hujayraning po‘sti va hujayra shirasi, uning o‘lik qismi bo‘lib hisoblanadi. 
Hujayraning har bir tirik qismi organoid deb ataladi va ma’lum bir hayotiy funksiyani bajaradi. 
Hujayraning o‘lik qismlari ham tegishli rol o‘ynaydi. Hujayraning barcha organoidlari o‘zaro 
bog‘langan juda murakkab biologik sistemadir. 
3. Sitoplazma. O‘simliklar tirik hujayrasining sitoplazma-si (protoplazmasi) tashqi ko‘rinishdan 
tuxum oqiga o‘xshaydigan shilimshiqsimon rangsiz suyuqlikdir. Uning solishtirma og‘irligi 1,01- 1,06 
bo‘lib, tarkibida 90 % gacha suv bo‘ladi. Bu suv erkin holda yoki oqsil molekulalari bilan bog‘langan 
bo‘ladi. U quyosh nurini nisbatan ko‘proq sindiradi, shu sababli mikroskop ostida yaxshi ko‘rinadi. 
Sitoplazma yorug‘lik mikroskopi yordamida gialoplazma deb ataluvchi bir xil tarkibli, suyuq 
modda va unga yopishgan mayda donachali zarrachalar granulalarga ajratiladi. Gialoplazma- sitoplaz-
maning matirikasi bo‘lib hisoblanadi. Gealoplazma elektron mikroskop orqali ko‘rilsa, endoplazmatik 
to‘r, Goldji apparati, ribosoma, sferosoma, mitoxondriy, mikrotrubka kabi organellardan tashkil top-
ganini ko‘ramiz. 
Sitoplazmaning kimiyoviy tarkibi juda murakkab. Unda anorganik moddalardan: SO
2
O
2
N


hamda kalsiy, fosfor, kaliy mikroelementlardan esa temir, marganes, natriy, xlor, magnit, brom, yod 
(suv o‘tlarida), mis, kobalt, sink va boshqalar bor. Sitoplazmada 80 % suv, 12% oqsillar, 2 %, nuklein 
kislotalar, 5 % yoglar, 1-2 % uglevod mavjud. Sitoplazmaning hujayra devoriga taqalgan qavati plaz-
malemma, vakuolalariga taqalgan qavati esa tonoplast deb ataladi. Plozmolemma bilan tonoplast 
yupqa parda, ya’ni plazmatik membrana bo‘lib, juda yopishqoq va qayishqoqdir. Uning qalinligi 75-95 
A
 ga teng.

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling