Botaniкa (Ma'ruza matnlari) Toshkent -2011 2 Sizga tavsiya etiladigan “Botanika”


-MAVZU: SITOLOGIYA FANIGA КIRISH. HUJAYRANING TUZILIShI, ORGANOIDLARI


Download 342.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/64
Sana08.02.2023
Hajmi342.63 Kb.
#1178745
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
Botanika Maruza matnlari[Replica]

 
2-MAVZU: SITOLOGIYA FANIGA КIRISH. HUJAYRANING TUZILIShI, ORGANOIDLARI 
VA ULARNING VAZIFASI 
Reja: 
1. Hujayra haqida tushuncha. 
2. Hujayraning tuzilishi. 
3. Protoplast tuzilishi. 
Adabiyotlar: 1, 2, 3. 
1. Hujayra xaqida tushuncha. Hujayra haqidagi ta’limotlar hujayraning kashf yetilishi mikros-
kopning yaratilishi bilan bog‘liqdir. Mikroskop so‘zi grekchadan olingan bo‘lib, “mikro” kichik, 
“skopeo” ko‘raman degan ma’noni anglatadi. 1609 yili birinchi bo‘lib mikroskopni Galiley yaratdi. 
Uning mikroskopi juda sodda tuzilgan linza va qo‘rg‘oshin turubkadan iborat edi. 1665 yili ingiliz oli-
mi Robert Guk birinchi bo‘lib mikroskopdan ob’ektlarni tekshirish maqsadida foydalandi. U mikros-
kop yordamida ukrop, buzina, qamish, pukak hamda boshqa o‘simlik to‘qimalarida juda mayda tutash 
bo‘laklarni topdi va ularni kletkalar deb atadi. (“Кletka” grekcha “Кetos”) so‘zidan olingan bo‘lib, 
bo‘shliq degan ma’noni anglatadi. Hujayraning kattaligi mikron (mk) millimetrning mingdan bir 
bo‘lagini tashkil yetadigan kattalik bilan o‘lchanadi. 
Zamonaviy linzalar bilan jihozlangan qudratli yorug‘lik mikroskoplari buyumini 2000 martaga-
chan katta qilib ko‘rsatib bera oladi (0.2 mk) 
Elektron mikroskop mikroob’ektlarni 200000 marta va undan ham ortiq kattalashtirib beradi. Unda 
maxsus o‘lchov birligi angstrem (A) qo‘llaniladi. 1 angstrem 0,0001 mk ga teng. Ammo hozir biologik 
mikroob’ektlarni ulchashda ko‘proq nonometr ishlatiladi. 1 nm mikrobning mingdan bir qismidir (1 nm 
q 0,0001 mk) 
Hujayra o‘simlikning eng mayda tirik qismi bo‘lib hisoblanadi. Hujayra nafas oladi, oziqlanadi, 
o‘sadi va bo‘linib ko‘payadi. O‘simliklar hujayrasining shakli va o‘lchami nihoyatda xilma-xildir. Bir 
hujayrali organizmlarning hujayrasi, asosan ovalsimon, shar yoki egik tayoqcha shaklida bo‘ladi. Кo‘p 
hujayrali organizmlar hujayrasining shakli va o‘lchami ularning holat i va bajaradigan funksiyasiga 
bog‘liq. Shuning uchun ular ustinsimon, ko‘p qirrali, yumaloq, urchuqsimon va cho‘ziq bo‘lishi mum-
kin. 
Yuksak o‘simliklar hujayralari ikki xil marfologik toifaga: parenximali va prozenximali hujay-
ralarga bo‘linadi. Parenximali hujayralar sharsimon, to‘g‘ri burchakli yoki ustinsimon, umuman bo‘yi 
eniga tengroq bo‘ladi. Prozenximali hujayralarni esa, bo‘yi enidan bir necha marta ortiq bo‘ladi. Masa-
lan: kanop tolasi, paxta tolasi hujayrasi. 
Juda ko‘p hujayralar oddiy ko‘zga ko‘rinmaydi. Faqat mikroskop orqali ko‘rinadi. Ayrim gigant 
hujayralarni mikroskopsiz ko‘rsa bo‘ladi. Masalan: tarvuz, olma, pomidor mevalarining hujayralari
ba’zan bularning o‘lchami 1 mmgachan yetadi. Кanop, zig‘irning prozenximali hujayralari 20- 40 mm 
gacha, paxta tolasining uzunligi 60 mm gachan yetadi. O‘simlik hujayrasi to‘xtovsiz rivojlanadi. 
Shuning uchun yoshiga qarab shakli o‘zgarishi mumkin. 
O‘simliklar tanasidagi hujayralarning soni ham har xildir. Bir hujayrali organizmlar bakteriya, ay-
rim suv o‘tlari va zamburug‘-larda bitta, ko‘p hujayrali organizmlarda bir necha miliardgacha bo‘ladi.

Download 342.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling