Botanika va dorivor o’simliklar kafedrasi


Tapinambur o'simligi tuganagining labaratoriya tahlili


Download 0.86 Mb.
bet12/14
Sana08.01.2022
Hajmi0.86 Mb.
#252298
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Tayyori

2.3. Tapinambur o'simligi tuganagining labaratoriya tahlili.

Topinambur tuganaklari 22 martda ekildi. Birinchi maysalar 2 aprelda ommaviy maysalar chiqish esa, 14 aprelda bo‘ldi. Ekingarchilik to‘xtagandan so‘ng sug‘orishni boshladik (iyul o‘rtasida).

Sug‘orish me’yoriga ko‘ra kuzatishlar olib bordik. Ildiz sistemasining shakllanish dinamikasini o‘rgandik. Kuzatishlar natijalari ildizlar soni va hosil bo‘lgan stolonlar soni tuproq namligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi haqida guvohlik bo‘ldik.

Har uch kunda sug‘orilganda topinambur o‘simligi 6 novda hosil qiladi, har 30 kunda esa 2 ta. Har 3 kunda bir o‘simlikda o‘rtacha 120,8 dona ildiz bo‘lib, har 30 kunda sug‘orilganda o‘rtacha 50,1 dona ildiz hosil bo‘ladi.

Stolonlar va tuganaklar shakllanishini ham sug‘orish rejimiga bog‘liq ravishda o‘rgandik Kuzatishlar natijalari ildizlar soni va hosil bo‘lgan stolonlar soni tuproq namligi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liqligi haqida guvohlik bo‘ldik.

Har uch kunda sug‘orilganda topinambur o‘simligi 6 novda hosil qiladi, har 30 kunda esa 2 ta. Har 3 kunda bir o‘simlikda o‘rtacha 120,8 dona ildiz bo‘lib, har 30 kunda sug‘orilganda o‘rtacha 50,1 dona ildiz hosil bo‘ladi. Stolonlar va tuganaklar shakllanishini ham sug‘orish rejimiga bog‘liq ravishda o‘rgatadi.

O ‘zbekistonda yernok uchun yaxshi o'tmishdoshlar beda, sebarga, dukkakli don ekinlari, g‘o‘za, kuzgi g‘alla ekinlari hisoblanadi. Yer nokni ildizmevalar, tuganakmevalar, kungaboqardan keyin joylashtirish yaramaydi. Sklerotinya bilan kasallanadigan ekinlardan keyin yer nokini joylashtirish tavsiya etilmaydi. Yer nokini bir o'stirilgan maydonga 4—5 yildan oldin joylashtirishga yo‘l qo'yilmaydi. Tuproqni ishlash. Yer nok ekiladigan dala 25—27 sm chuqurlikda kuzgi shudgor qilinadi, bahorda boronalanadi, chizellanadi yoki otvalsiz pluglar bilan haydalib disklash yoki kultivatsiya o'tkaziladi. O‘g‘itlash. Yerni haydash oldidan gektariga 20—40 t chirigan go'ng, azot, fosfor, kaliy 80—90 kg solinadi. Fosforli, kaliyli o'g'itlar yerni haydash oldidan, azotli o'g'itlar ekishdan oldin kultivatsiya bilan beriladi. Ma’danli o'g'itlar solish har yili, organik o'g'itlarni qo'llash 4—5 yildan keyin takrorlanadi. Ekish. Yer nokning bahorda va kuzda Naxodka, Skorospelka navlari ekiladi. 0 ‘zbekiston sharoitida yer nok fevralning oxiri, martning birinchi yarmida yer yetilishi bilan ekiladi. Ekishni kechiktirish hosildorlikning pasayishiga olib keladi. Ekish qator oralari 60—70 sm qilib o‘tqaziladi. Qatordagi tuganaklar orasi 30—60 sm bo'lishi mumkin. Sug'oriladigan yerlarda gektariga 50—60 ming tuganak ekiladi. Tup qalinligi navning biologik xususiyatlariga bog'liq holda belgilanadi. Ekish uchun vazni 40—50 g tuganaklardan foydalanish ma’qul. Tuganaklar juda yirik bo'lsa, kesib chiqish mumkin. Kuzda ekilganda tuganaklar kesilmaydi. Ekish me’yori 0,6—2 t/ga o'zgaradi. Ekish uchun tuganaklar ekiladigan kuni kovlab olinadi. Erta kovlab olinsa tuganaklar so'lib qoladi. So'lishning oldini olish uchun tuganaklar qum bilan yupqa qilib ko'miladi. So'ligan tuganaklar 1—1,5 sutka suvga solinsa, ular o'z massasini tiklaydi. Ekish kartoshka seyalkalarida yoki qo'lda bajariladi. Ekish chuqurligi 6—8 sm, yengil tuproqlarda 8—10 sm. Yer noki urug'lari 8—10 °C da unib chiqa boshlaydi. Ekilgandan keyin 20—30 kun o'tgach maysalar hosil bo'ladi. Maysalar hosil bo'lguncha boronalash 1—2 marta o'tkaziladi. Maysalar hosil bo'lgandan keyin qator oralari kultivatsiya qilinadi, o'simlik bo'yi 40—50 sm ga yetganda tup tagiga tuproq uyumlanadi. Yashil massa hosilini oshirish uchun chekanka qilinadi. Hosil oktabrning oxiri, noyabrda Moral, KS-2,6 kombaynlarida 5—6 sm balandlikda o'riladi. Tuganaklar kuzda va bahorda yig‘ishtirilishi mumkin. Tuganak hosil yig'ishtirilganda 8—10 tuganak 1 m2 qoldiriladi. Bahorda jo ‘yaklar olinib o‘g‘it!anadi, sug'oriladi. Plantatsiyani yo'qotishda gerbitsidlar qo'llaniladi, yoki ko'k no'xat, xashaki no'xat yashil massa uchun ekilib, o'rib olinadi yoki o'simlik hali tuganak hosil qilmasdan savatlar hosil bo'lishdan oldin o'rib olinadi.

XULOSA

1. Helianthus tuberosus L. – ko‘p yillik tuganakli o‘simlik. Er ustki qismi kungaboqarni eslatadi. Birinchi tartib stolon, tik o‘suvchi, shoxlagan, 3-5 metr

uzunlikda, kalta tolachalari bo‘lganligi sababli g‘adir-budir. O‘simlikda tuganakli kalta er osti stolonlar rivojlanadi. Pastki barglar qarma-qarshi, bandli, braksimon – tuxumsimon yoki lantsetsimon.

2. Topinambur, yernok (Helianthus tuberosus L.) — murakkabguldoshlarga mansub koʻp yillik oʻsimlik, tuganak mevali yemxashak ekini. Vatani — Shim. Amerika. Yevropaga 17-asr boshlarida keltirilgan. Rossiyada 18-asrda tarqalgan. Oʻzbekistonda silosbop ekin sifatida ekiladi.

3. Tapinambur o’simligi tuganaklarini nechchi marta ekilishini va qay tartibda ekilishini qator oraliqlari qancha bo’lishini va labaratoriya tahlilini o’rgandik.


Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling