Boymurodova X. Sattorova, Sh. Muslimova, F. Karimova


Download 1.26 Mb.
Pdf ko'rish
bet216/264
Sana29.10.2023
Hajmi1.26 Mb.
#1733103
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   264
III. Yangi mavzu bayoni. 
– Bugun biz sizlar bilan “Sulton Maxmud va Beruniy” hikoyasi bi-
lan tanishamiz.
O‘qituvchi o‘quvchilarga hikoyani ifodali o‘qib beradi. 
Hikoya mazmuni tushuntiriladi. O‘quvchilardan biri hikoyani ifo-
dali o‘qiydi. Qolgan o‘quvchilar kuzatib boradilar.
– Bolajonlar, qanday notanish so‘zlarga duch keldingiz?
Lug‘at ishi: 
boloxona – imoratning ikkinchi qavati va shu ikkinchi qavatdagi xona
xunibiyron – jaxli chiqdi
o‘qday tikildi – to‘g‘ri, tik, tikildi
nazari tushibdi – ko‘zi, nigohi tushibdi
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. 
Darslik bilan ishlash. “Sulton Maxmud va Beruniy” rivoyatini 
o‘quvchilar “Ichida o‘qish” usulida o‘qib, reja asosida matn mazmuni-
ni qayta hikoya qiladi.
Test topshiriqlari:
1. Sulton Mahmud G‘aznada Ming chinor bog‘idagi qasri ning
boloxonasida vazirlar, olimlar, shoirlar bilan o‘tirib, birdan 
kimga nazari tushibdi?
A) Abu Rayhon Beruniyga B) Al – Xorazmiyga
D) Abu Ali ibn Sinoga E) Sohibqiron Amir Temurga
2. Abu Rayhon usturlobni qo‘liga oldi, nimani keltirishlarini 
buyurdi? 
A) kitob va qalamni
B) qog‘oz va ruchkani
D) bo‘r va qalamni
E) bo‘r va taxtachani
3. Abu Rayhon Beruniy nimaning balandligini o‘lchadi?
A) boloxonaning B) oftobning D) devorning E) daraxtning
4. Sulton xunibiyron bo‘lib, Abu Rayhonni nima qilishni 
buyuribdi?
A) to‘n kiydirishni B) she’r o‘qishini 
D) yerga uloqtirishni E) kitob yozishini
5. Abu Rayhon Beruniy nimaning ustiga tushdi?
A) soyabonning B) yerning D) tomning E) xashakning 
“FSMU” metodi. Vazifa: 

Sulton Maxmud va Beruniy” mavzusi 
yuzasidan fikrlaringizni FSMU metodi bo‘yicha bayon eting.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.


200
O‘rganilganlar yuzasidan savol-javob o‘tkaziladi.
1. Hikoya sizga yoqdimi?
2. Abu Rayhon Beruniyning qaysi xislatlari sizga yoqdi?
Dars xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.

Download 1.26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   212   213   214   215   216   217   218   219   ...   264




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling