202
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
Darslik bilan ishlash. O‘quvchilar matnni bitta gapdan navbat bilan
“Zanjir” usulida o‘qiydilar.
–
Yurtimizdagi qaysi tarixiy obidalarni bilasiz?
–
Ular qaysi shaharlarda joylashgan?
–
Tarixiy obidalarni asrab qolish uchun nimalar qilishimiz kerak?
O‘quvchilar javoblari tinglanadi va to‘ldiriladi.
“Ta’rifi bo‘yicha top” mashqi. Guruhlarga navbat bilan buyuk
allomalar haqida ta’rif beriladi. O‘quvchilar gap kim haqida
borayotganini topishlari kerak. Agar birinchi ta’rifda
topa ol-
masalar, ikkinchi ta’rif, shunda ham topishga qiynalsalar, uchinchi ta’rif
o‘qib beriladi.
1-guruh uchun ta’riflar:
1. Hamadоn shahrining Afshоna qishlog‘ida tug‘ilgan. Otasining
ismi Abdulloh, onasining ismi Sitora.)
2. Jahоn fani taraqqiyotiga ulkan xissa qo‘shgan o‘rta osiyolik bu-
yuk qоmusiy оlim. O‘rta asrning buyuk allomasi.
(Abu Ali ibn Sino)
2-guruh uchun ta’riflar:
1. Andijon shahrida tug‘ilgan. Otasi – Umarshayx mirzo Farg‘ona
viloyati hokimi, onasi – Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston
xoni va
Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi.
2.
O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir tarixchi,
geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda. (Zahiriddin
Muhammad
Bobur)
3-guruh uchun ta’riflar:
1. Hirot shahrida tug‘ilgan. 4 yoshida maktabga borgan, 10–12
yoshlaridan she’r yoza boshlagan.
2. Yosh shoirning iste’dodidan mamnun bo‘lgan
mavlono Lutfiy
uning mashhur g‘azaliga o‘zining 10-12 ming forsiy va turkiy baytini
alishtirmoqchi bo‘lgan. (Alisher Navoiy)
Do'stlaringiz bilan baham: