203
Nima deb o‘ylaysiz, rivoyatning asosiy g‘oyasi nimadan iborat?
2.
Siz ham buyuk bobolarimizga o‘xshashni xohlarmidingiz?
3.
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Tanbeh” rivoyatini qayta hikoya qilish.
142-d a r s
Mavzu: “Navoiy bobomlar”
(Tursunboy Adashboyev).
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarni she’rning mazmuni bilan tanishtirish, to‘g‘-
ri, ongli o‘qish, o‘qiganini so‘zlab berish, she’rning asosiy g‘oyasini
aniqlashni o‘rgatish.
TK 3: she’riy kitoblarni o‘qib, o‘rganib borish.
FK 1: she’rni ongli, ifodali, to‘g‘ri o‘qiy olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarda Alisher Navoiyning
topqirligi va bilimdon-
ligi, do‘stlik, ilm o‘rganish va donishmandlik kabi tuyg‘ularni tarbiyalash.
TK 4: rivoyatda aks etgan vatanparvarlik
va milliy qadriyatlarni
anglash.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning ifodali o‘qish,
mavzu yuzasidan
savollarga og‘zaki
javob berish, og‘zaki nutqini rivojlantirish.
FK 2: o‘qilgan asar mazmuniga doir savol
va topshiriqlarga javob
bera olish.
Dars turi: yangi tushuncha va bilimlarni shakllantiruvchi.
Dars metodlari: suhbat, “Tanlab so‘zla”,“Kim tez topadi?” o‘yini.
Dars jihozlari:
mavzuga oid rasmlar, multimedia ilovalari.
Darsning borishi:
I. Tashkiliy qism. Salomlashish. O‘quvchilarning darsga hozirligini
tekshirish.
II. Uy vazifasini so‘rash va o‘tilgan mavzuni mustahkamlash.
Do'stlaringiz bilan baham: