210
– Tug‘ilgan kunda berilgan sovg‘aning yoqmaganligini aytish shart.
– Bemor kishining holidan xabar olish uchun borganda baqirib ga-
pirish kerak.
– Kattalarga salom berish shart.
– Ertalab maktabga yuz-qo‘llarni yuvmay kelsa ham bo‘ladi.
V. Darsga yakun yasash va o‘quvchilarni baholash.
Darsga yakun yasash maqsadida o‘quvchilarga savollar bilan muro-
jaat etiladi.
1. Bolalar nima haqida bahslashdilar?
2. Qaysi bolaning javobi sizga yoqmadi? Nima uchun?
Dars
xulosalanib, faol qatnashgan o‘quvchilar baholanadi.
VI. Uyga vazifa berish. “Bolalar gurungi” ertagining I qismini ifo-
dali o‘qish.
148-d a r s
Mavzu: “Bolalar gurungi”.
(Hans Kristian Andersen). 2-qism.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy: o‘quvchilarga to‘g‘ri, ravon o‘qish,
ertak mazmuni yu-
zasidan fikrini bildirish, nutqlarida maqol va hikmatli so‘zlardan o‘rinli
foydalanish, asar qahramonlarini qiyosiy tavsiflashni o‘rgatish.
FK 1: ertak mazmunidan ta’sirlana olish.
Tarbiyaviy: o‘quvchilarga
insondagi axloqiy fazilatlarni, maqtan-
choqlik,
manmanlik, birovlarni kamsitish
yomon odat ekanligini
tushun tirish, o‘zgalar fikrini hurmat qilishni o‘rgatish.
TK 5: sinfda va oilada o‘z o‘rniga ega bo‘lish.
Rivojlantiruvchi: o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish,
rollarga bo‘linib o‘qish, asar tahlilida matndan
misollar tanlay olish
malakalarini rivojlantirish.
FK 2: ertakning nomi, mazmuni va qahramonlarini ajrata olish.
Do'stlaringiz bilan baham: